March 16, 2023

Prezident aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan boshlab benefitsiari budjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi (yig‘imlar) to‘lov shaklidan qat’i nazar to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.

Bunda, vositachilik haqi miqdori to‘lov summasining bir foizigacha, biroq jami summasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan chegaraviy miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 mayga qadar muddatga Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish xizmatini ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi.

Qarorda “HUMO” va “UZCARD” to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyasini bosqichma-bosqich, jumladan 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023 yil yakuniga qadar to‘lov terminallari tizimini integratsiya qilish ishlarini yakunlash topshirilgan.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuristkonsulti O.Qurbonov