Jarqoʻrgʻon tumani Aholi bandligiga ko`maklashish markazida Jarqo`rg`on tuman Adliya xodimi B.Maxsumov va Jarqo'rg'on tumani YXKM boshlig`i S.Allanazarov va bosh yuriskonsulti S.Shaymanovalar ishtirokida targ`ibot tadbiri o'tkazildi.
Joriy yilning 07-may kuni Jarqo`rg`on tumani Aholi bandligiga ko`maklashish markazida Adliya xodimi B.Maxsumov va Jarqo'rg'on tumani YXKM boshlig`i S.Allanazarov va bosh yuriskonsulti S.Shaymanovalar ishtirokida targ`ibot tadbiri o'tkazildi.
Dastlab tadbir ishtirokchilariga yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig`i S.Allanazarov Yiridik xizmat ko`rsatish faoliyati va ustuvor maqsad vazifalari yuzasidan batavsil tushunririshlar berdi. 18.03.22-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZLARI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA 173-Qarori mazmum-mohiyatini yuzasidan tushuntirishlar berilib, buyruq va sahrtnoma loyihalarini jo`natish jarayonida ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjudligi yoki mavjud emasligi yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berib o`tildi.
Tadbirda “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–764-son, 15.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunda sohadagi asosiy tushunchalarga taʼrif berilgan. Unga koʻra, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa koʻplab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan.
Qonunga koʻra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini taʼminlashda ustuvor hisoblanadi. Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini Prezident belgilaydi.
Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–763-son, 12.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat: vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik – majburiyatni 3 oyda bajara olmaslik (shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa 6 oy ichida bajarolmaslik); doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik – sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketishi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan koʻrib chiqilishi haqida tushunchalar berildi.