Jarqo‘rg‘on tumani "Ulug‘bek", "Surxon soxili", "Nurli diyor", "Navro`z" mahallalari xotin-qizlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi, "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" gi 145-sonli qarori, "Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida"gi 561-sonli qonunchilik hujjatlarining va mazmun-mohiyatini va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati hamda Referendum o‘tkazish tartibini Jarqo‘rg‘on tumani "Ulug‘bek", "Surxon soxili", "Nurli diyor", "Navro`z" mahallalari xotin-qizlariga yetkazish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti S.Shaymanova tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Mustanova, Jarqo‘rg‘on tumani IIB JXX XPB XKMB katta inspektori podpolkovnik Yu.Imomovalar ishtirokida seminar tashkil etildi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, jumladan, 5 bob, 31 moddadan iboratligi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu sohadagi ishini sifat jihatidan yuqori darajaga ko'tarish imkonini berganligi, murojaat qilish tartibi va muddatlari, murojaatlar og'zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo'lishi, Murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslarining huquq va erkinliklari haqida atrofilcha tushuntirishlar berib o'tildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati hamda Referendum o‘tkazish tartibi, Referendum va saylovning farqlari haqida hamda Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o'zgarishlar, xususan davlat suvereniteti, inson huquqlari, ijtimoiy himoya, iqtisodiyot, ta'lim va boshqa ko'plab huquqiy munosabatlar to'g'risidagi normalar haqida atrofilcha tushuntirishlar berib o'tildi.
"Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" gi 145-sonli qarori, "Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida"gi 561-sonli qonunchilik hujjatlarining va mazmun-mohiyatini haqida atrofilcha tushuntirishlar berib o'tildi.
Tadbir qatnashchilari o`zlarini qiziqtirgan mavzuga oid savollariga javoblar berildi.
Tadbir so`ngida qatnashchilarga mavzuga oid infografik materiallar tarqatildi.
S.Shaymanova Jarqo‘rg‘on tumani
adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti