May 15, 2023

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi YXKM tomonidan 2023-yil 12-may kuni Tibbiyot bo‘limi kasaba uyushmasi raisi B.Namozovna va Oila va xotin-qizlar faollari ishtirokida  seminar tashkillashtirildi.

Ushbu tadbir davomida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-dekabrdagi O‘RQ-809-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonuni hamda yangi Konstitutsiyaning xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi.