July 14, 2022

Jarqoʻrgʻon tumanidagi Maktabgacha ta’lim bo`limida Jarqo'rg'on tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Mamayusupov ishtirokida тarg`ibot tadbiri o`tkazildi.

Joriy yilning 14-iyul kuni Jarqoʻrgʻon tumanidagi Maktabgacha ta’lim bo`limida Jarqo'rg'on tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Mamayusupov ishtirokida тarg`ibot tadbiri o`tkazildi. Targ‘ibot tadbirida Konstitutsiyaviy isloxotlarni umumhalq referendumi orqali amalga oshirilishida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman xududidagi maxallalarda, tashkilotlarida Referendumning xalq hayotidagi o‘rni va uni o‘tkazish jarayonlarining ahamiyati to‘g‘risida so`z olib borildi.

Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritilayotganligi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqlandi xujjat Qonunchilik palatasida 11 iyun kuni qabul qilinib, 13 iyun kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Qonunning 1-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda referendumda qabul qilingan qarorlar, agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa (bundan oldin faqat referendum yo‘li bilan edi) bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkinligi haqida hamda 8-moddaga kiritilgan o‘zgartirishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda siyosiy partiyalar, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar bilan bir qatorda qatnashish huquqini berishi haqida tushunchalar berildi.