Jarqo`rg`on tumani "Yangiobod" MFYda yashovchi Xotin qizlarga Adliya bo`limi YXKM "Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish" to`g`risida targ`ibor tadbiri o`tkazildi.
Ushbu targ`ibot tadbirida Jarqo`rg`on tumani Adliya bo`limi yuridik xizmat kursatish markazi bosh yuristkonsulti S.Shaymanova, bosh imom xatibi yordamchisi A.Normurodov tuman IIB JXX XPB XKMB katta inspektor mayor Yu.Imomova, tuman xokimiyati Oila va xotin-kizlar masalalari buyicha bosh mutaxassisi A.Toshmurodova va Yangiobod maxallasi faollari va fuqarolari bilan tumanda tazyiq va zo`rovonlikka uchrayotgan xotin-qizlarni zo`rovonlikdan ximoya qilish, xozirgi kunda Yangiobod maxallasida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar,notinch oilalar ro`yhatiga olingan nizoli oilalar tomonidan o`zaro kelishmovchilik va huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi yuzasidan ma`ruzalar bo`ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli qarori, 02.09.2019 dagi 'Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida' qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 01-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 07-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo`llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 31-martdagi ““Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.