April 23, 2023

Jarqo‘rg‘on tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikalarda  referendum bo‘yicha  targ‘ibot tadbiri o‘tqazildi.

Joriy yilning 19-aprel kuni Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikalarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni hamda 30.04.2023-yilda o'tkazilishi kutilayotgan "Referendum" bo'yicha targʻiboti tadbiri oʻtkazildi.

Ushbu targ‘ibot jarayonida yig'ilganlarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta'kidlandi. Xususan, konstitutsiyaviy huquqlar doirasi tibbiyot, ta'lim, ekologik huquqlar, sog‘liqni saqlash, gender tenglik, erkin harakatlanish kabi huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi aytib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilarini konstitutsiyaviy islohotlar va referendumga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.