April 28, 2022

Jarqo`rg`on tumani SEO va JS bo`limida Jarqo`rg`on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultilari X.Saodatov R.Nazarov, M.Mamayusupov, S.Shaymanovalar ishtirokida huquqiy targ`bot tadbiri o`tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsultilari X.Saodatov, R.Nazarov, M.T.Mamayusupov, S.R.Shaymanovalar ishtirokida 2022 yil “ 28 ” aprel kuni Jarqo‘rg‘on tuman SEO va JS bo`limida Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

“Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–764-son, 15.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunda sohadagi asosiy tushunchalarga taʼrif berilgan. Unga koʻra, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa koʻplab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan.

Qonunga koʻra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini taʼminlashda ustuvor hisoblanadi. Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini Prezident belgilaydi.

“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–763-son, 12.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat: vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik – majburiyatni 3 oyda bajara olmaslik (shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa 6 oy chida bajarolmaslik); doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik – sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketishi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning oʻzi va kreditor ega.

Jumladan, targ'ibot tadbiri davomida Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan 2022 - yilning 15 - martidan 15 - mayiga qadar "Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi yuzasidan hamda Adliya vaziri tomonidan qabul qilingan "2022 - yil 31 - martdagi 50 - um-son buyrug'i va mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy targ'ibot o'tkazildi.

Tadbirda, 2022 yil 09 fevral kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-752-son qonuni, 2022 yil 14 mart kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-759-son qonuni, 2022 yil 29 mart kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-761-son qonuni, 2022 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 31-martdagi ““Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.