July 15, 2022

Jarqoʻrgʻon tumanidagi Irrigatsiya bo`limida Jarqo'rg'on tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti S.Shaymanova ishtirokida тarg`ibot tadbiri o`tkazildi.

Joriy yilning 15-iyul kuni Jarqoʻrgʻon tumanidagi Irrigatsiya bo`limida Jarqo'rg'on tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti S.Shaymanova tomonidan тarg`ibot tadbiri o`tkazildi. Targ‘ibot tadbirida Konstitutsiyaviy isloxotlarni umumhalq referendumi orqali amalga oshirilishida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman xududidagi maxallalarda, tashkilotlarida Referendumning xalq hayotidagi o‘rni va uni o‘tkazish jarayonlarining ahamiyati to‘g‘risida so`z olib borildi.

Targ`ibot tadbiri davomida ishtirokchilarga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, 29.06.2022-yildagi O‘RQ-781-son “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022-yildagi PQ-138-son “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 30.05.2022-yildagi PQ–263-son “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022-yildagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati haqida tanishtirib o‘tildi.

Bundan tashqariIrrigatsiya bo`limida aksariyat hollarda xodimlarga yillik mexnat ta’tiliga chiqishiga ruxsat etish to‘g‘risidagi buyruqlar, xodimlar mexnat ta’tiliga chiqib ketganidan so‘ng ishlab chiqilayotganligi ta’til uchun xaq to‘lash ta’tilning o‘rtasida yoki oxirida to‘lanayotganligi Mexnat qonunchiligi talablariga mos emasligi, ushbu xolatlarni mexnat qonunchiligiga moslashtirish zarurligi to‘g‘risida gapildi jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi talabiga ko‘ra, mexnat ta’tili, xodim dam olishi va mexnat qobiliyatini tiklashi (133-m) maqsadida beriladi, shu sababli ham xodim mexnat ta’tiliga chiqishidan 15 kun oldin xabardor (144-m) qilinadi va Ta’til uchun haq to‘lash ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay (148-m) amalga oshirilishi mexnat kodeksida belgilab qo‘yilganligi kodeks talablariga amal qilmaslik oqibatlari xaqida gapirildi.