April 28, 2022

Jarqo`rg`on tumani Maktabgacha ta`lim tashkilotida Jarqo`rg`on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultilari R.Nazarov, M.Mamayusupovlar ishtirokida huquqiy targ`bot tadbiri o`tkazildi.

Joriy yilning 28-aprel kuni Jarqo`rg`on tumani Maktabgacha ta`lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi. Targ'ibot davomida, mehnat qonunchiligi yuzasidan bugungi kunda ko‘'plab uchrayotgan muammo va kamchiliklar yuzasidan hamda yurtimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini berib kelayotganligi, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat tashkilotlarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratilganligi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirishtirilganligi, shuningdek ushbu tizimdan foydalalanishning asosiy yo'nalishlari haqida maruza qilindi hamda monitoring olib borildi.