April 4, 2023

Jarqo`rg`on tumandagi 66-ta Referendum uchastkalariga  yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinishi munosabati bilan Referendum qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv smenar tashkil etildi.

Jarqo`rg`on tuman adliya bo’limi YXKM boshlig`i M.T.Mamayusupov tomonidan tumandagi barcha 66-ta Referendum uchastka komissiya raislari, Referendum uchastka komissiya raislarining o`rinbosarlari va kotiblariga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinishi munosabati bilan 2023-yil 30-aprelda o‘tkaziladigan referendumni o`tkazish bo‘yicha 2-kun davomida Referendum qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv smenar tashkil etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Qonun umumxalq referendumida ovozga qo‘yiladi. Referendum 30 aprel, yakshanba kuniga belgilandi.

Yangi tahrirga asosan, O‘zbekiston konstitutsiyasidagi moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilyapti. 128 ta moddaning 91 tasiga konseptual o‘zgarishlar kiritilmoqda. Umuman olganda, konstitutsiya 65 foizga o`zgartirilmoqda.

O‘zgarishlar qatoridan prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish, senatorlar sonini 100 nafardan 65 nafarga tushirish, O‘zbekistonni ijtimoiy davlat deb e’lon qilish, mahalliy kengashlar va hokimlarning vakolatlarini bir-biridan ajratish va boshqalar o‘rin olgan.

Konstitutsiya islohoti haqida birinchi marta prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil noyabr oyida, ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishidagi inauguratsiya nutqida e`lon qilingan edi. Davlat rahbari o‘sha yili 7 dekabr kuni, Konstitutsiya kuni arafasida yo‘llagan tabrigida asosiy qonunni 2022 yili, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilishni taklif qilgandi.

Jarqo`rg`on tumani yuridik xizmat

ko`rsatish markazi boshlig`i

2-darajali yurist: M.T.Mamayusupov