Jarqoʻrgʻon tumanidagi "Gulxovuz"MFYda Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi xodimlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti S.Shaymanova ishtirokida тarg`ibot tadbiri o`tkazildi.
Joriy yilning 14-iyul kuni Jarqoʻrgʻon tumanidagi "Gulxovuz"MFYda Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi xodimlari T.Ismatullayev va yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti S.Shaymanova tomonidan тarg`ibot tadbiri o`tkazildi. Targ‘ibot tadbirida Konstitutsiyaviy isloxotlarni umumhalq referendumi orqali amalga oshirilishida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman xududidagi maxallalarda, tashkilotlarida Referendumning xalq hayotidagi o‘rni va uni o‘tkazish jarayonlarining ahamiyati to‘g‘risida so`z olib borildi.
Targ`ibot tadbiri davomida ishtirokchilarga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan,“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, 29.06.2022-yildagi O‘RQ-781-son “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022-yildagi PQ-138-son “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 30.05.2022-yildagi PQ–263-son “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022-yildagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati haqida tanishtirib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasining 17.08.2020 yildagi “Odam savdosiga qarshi kurashash to‘g‘risida”gi, 23.06.2022 yildagi "Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-780-sonli, 06.06.2022 yildagi "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerag bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-775-sonli va 07.06.2022 yildagi "Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-sonli qonunlari va 02.07.2022 yildagi “Hudud komendaturasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-305-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli va 16.05.2022 yildagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqi ymadaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 4 va 44-bandlari bilan belgilangan qonunchilik hujjatlari mazmun mohiyati va ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.