Jarqo‘rg‘on tuman Adliya bo‘limi Yuridik markaz xodimlari ishtirokida Tibbiyot birlashmasida «Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan smenar tashkil etildi.
Unda Jarqo‘rg‘on tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Jarqo‘rg‘on tuman Adliya bo`limi Yuridik markaz boshlig‘I M.Mamayusupov va yuridik markaz boshyuristkonsulti S.Shaymanovalar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar «inson-jamiyat-davlat» prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy Konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettirishi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartirishlar kiritilayotganli hamda Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali o‘tkazish tartiblari haqida huquqiy tushunchalar berildi.
Jumladan, O‘zbekiston konstitutsiyasidagi moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilyapti. 128 ta moddaning 91 tasiga konseptual o‘zgarishlar kiritilmoqda. Umuman olganda, konstitutsiya 65 foizga o‘zgartirilayotganligi to`g`risida;
O‘zgarishlar qatoridan prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish, senatorlar sonini 100 nafardan 65 nafarga tushirish, O‘zbekistonni ijtimoiy davlat deb e’lon qilish, mahalliy kengashlar va hokimlarning vakolatlarini bir-biridan ajratish va boshqalar o‘rin olganligi to`g`rida;
Shuningdek, konstitutsiya islohoti haqida birinchi marta prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil noyabr oyida, ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishidagi inauguratsiya nutqida e‘lon qilgan edi. Davlat rahbari o‘sha yili 7 dekabr kuni, Konstitutsiya kuni arafasida yo‘llagan tabrigida asosiy qonunni 2022 yili, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilishni taklif qilganligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.