July 8, 2022

Jarqoʻrgʻon tumani Irrigatsiya bo`limi xodimlari va Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.R.Shaymanova ishtirokida 07.07.2022 yilda davra suxbati o'tkazildi.

Davra suxbati davomida Mamlakatimizda bo`layotgan muxim siyosiy jarayon Konstitutsiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida so`z bordi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar «inson-jamiyat-davlat» prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy Konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

«Amaldagi Konstitutsiyaning 83-moddasiga muvofiq, loyiha deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida quyi palataga kiritildi. Qonun Konstitutsiyaning 66 ta moddasiga 170 dan ortiq tuzatishlar kiritishni nazarda tutmoqda»

Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritilayotganligi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqladi. Hujjat Qonunchilik palatasida 11 iyun kuni qabul qilinib, 13 iyun kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021 yildagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli, 21.02.2022 yildagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-sonli, 22.02.2022 yildagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-sonli qarorlari mazmun mohiyati va ahamiyati yuzasidan va konstitusiyamizga kiritilayotgan o`zgartirishlar va qo`shimchalar to`g`risida tushunchalar berildi.