Jarqo`rg`on tumani "Polvonlar yurti" MFYda yashovchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollarga Jarqo'rg'on tumani YXKM bosh yuristkonsulti S.Shaymanova tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Jarqo`rg`on tumani "Polvonlar yurti" MFY raisi O.Maxmudov ishtirokida mahallada yashovchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar: Ismatova Muqaddas, Normo`minova Feruza, Abulqosimova Sevara, Chorshanbiyeva Munavvar, Xo`jamqulova Xayitgullarga Jarqo'rg'on tumani YXKM bosh yuristkonsulti S.Shaymanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarorlari mazmun mohiyati va ahamiyati yuzasidan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlari belgilanishi haqida tushuntirishlar berildi.