March 1, 2023

Ijodkorlar maydoni. 3‐qism

Tayyorladi: Uchquduq tuman 7-MFChO'IDUMning ijodiy madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Sarvar Qosimov

Sizni xotirladim

Sizni xotirladim buvijon

Endi yo‘qsiz oramizda

Dunyolardan kechib ketgansiz

Endi yo‘qsiz yonimizda

Osmonlarga borib yetgansiz

O‘g‘lingizni ko‘rmay ketgansiz

Qizingizni quchmay ketgansiz

Qo‘l siltadiz bariga

Beshavqat bu hayotda

Kelib nima ko‘rdingiz

Bu to‘rt kunlik dunyoda

“Bolam bo‘tam” dedingiz

Endi rohat kelganda

Tugadimi sabringiz

Kelin keldi keng botli

Oq libosda qizingiz

Tazim qilar suratga

Dasturxon to‘la tortiq

Kimdir yetmas baribir

Farzandlar uyli joyli

Taglarida mashina

Lekin bir kam dunyoda

Yetishmaysiz buvijon

Ko‘rmaganman men sizni

His qilarman doimo

Qalbimga yashar har on

Sizdan yagona meros

Menga tumor nomingiz

Endi yo‘qsiz oramizda

Jannatlarni quchib yetgansiz

Muallif: Uchquduq tuman 7-MFChO‘IDUMning 11-sinf o‘quvchisi Shamsiddinova Gulchehra Quvondiq qizi

Muhammad Yusuf

She’rlari, madhida bir olam ma’no,

Ul zotning so’zidan xalqimdir dono,

Andijon ko’rkidir o’zlari daho,

Dardimga darmonim MUHAMMAD YUSUF.

Quloqqa olamiz har bir so’zlarin,

Gohida qumsaymiz bosgan izlarin

To’g’ri ko’rolmadim afsus o’zlarin,

Qalbimda armonim MUHAMMAD YUSUF.

Nomini yod etsam burro tillarim,

Termulsam quvnaydi mahzun dillarim,

Sizsiz o’tar yana qancha yillarim,

Yodimda har onim MUHAMMAD YUSUF.

Bir necha qalblarni shod-xurram etgan,

Orqasidan xalqni yig’larib ketgan,

Bugun asl shoir jannatga yetgan,

Jonim ichra jonim MUHAMMAD YUSUF.

Yoshlarga bir qancha berdilar imkon

Jannatlar endi ul zotlarga makon,

Qurdirgan dargohi ilmgadir kon,

Ko’ngillarda borim MUHAMMAD YUSUF.

Muallif: Uchquduq tuman 7-MFChO‘IDUMning 9-"B" sinf o‘quvchisi Ibrohimova Halima Vahobjonovna.

Matematika

Fanlar aro shoh matematika ,

Barcha fanga asos matematika .

Sirlarini o'rganib charchamaymiz ,

Balki tolib qolarmiz lek zerikmaymiz.

Masala-yu misollar,

Insonni qiziqtirar,

Ildiz osti sistema

Bizni o'ziga tortar.

Qiyin emas biling

Shunchaki o'rganamiz,

Menimcha hozirdan ham

Matematik bo'lamiz.

Muallif: Uchquduq tuman 7-MFChO‘IDUMning 7-"A" sinf o'quvchisi Jumanqulova Farangiz.

Serquyosh Uchquduq

Oltinga boy zo‘r makon,

Quchog‘ingda yayrayman

Mening uchun jonajon,

Uchquduqni o‘ylayman.

Bag‘ringda nafas olib,

Yashayapmiz yosh avlod.

Qalbimizda mehrimiz,

Bitmas tuganmas nahot.

Ko‘rklaringga ko‘rk berib,

"Oltin ko‘l" ham qurildi.

Yo‘llaring ta‘mirlanib,

Yangi shahar qilindi.

Hokim bobom bor bo‘lsin,

Har lahzada biz bilan.

El koriga yaraydi

Uchquduqni o‘ylaydi.

Qayga ketsam shoshaman,

Taftingni sog‘inaman.

Seni issiq bag‘ringni

Alishmasman aslo man.

O‘zbekiston boyligi,

Oltin to‘la konligi.

Ozod elning dilbandi,

Men Uchquduq farzandi!

Muallif: Uchquduq tuman 7-MFChO‘IDUMning 6-"D" sinf o‘quvchisi Nusratilloyeva Farangiz.