bandlik_maqola
October 16, 2021

Kattaqo'rg'on shahar kasb-hunarga o‘qitish markazida kapital taʼmirlash ishlari boshlandi

Kuni kecha Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Baxodir Umrzakov, Samarqand viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Isroil Jabborov shahar hokimi Gavhar Alimova bilan birgalikda kasb-hunar markazida bo‘ldi.

Amalga oshiriladigan xayrli ish yo‘lida qo‘y so‘yilib, tilovat qilindi.

Markazda ayni vaqtda xotin-qizlar tikuvchilik, sartaroshlik, hunarmandchilik bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

Mamlakatimizda ishsiz yoshlar, xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taʼminlash yo‘lidagi ushbu saʼy-harakatlar bugun o‘z natijasini bermoqda.

Markaz o‘quvchilari bilan bo‘lgan uchrashuvda so‘zga chiqqanlar bugun bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, markazni rekonstruksiya qilish va jihozlash natijasida zamonaviy qiyofadagi, barcha shart-sharoitlar yaratilgan kasb-hunar markaziga aylanishini va ushbu maskan kelgusida ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni bandligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Baxodir Umrzakov markazda boshlanadigan qurilish-taʼmirlash ishlari borasidagi ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova