bandlik_maqola
October 18, 2022

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Kimyogarlar qo’rg’onida joylashgan "Samarqand qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi"da bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi tashkil etlidi.

Unda 28 ta mahalliy korxona va tashkilotlar o’zlaridagi 265 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Xorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalar ishtirokida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Bolgariya (sherstni qayta ishlash), Germaniya (yuk mashinalari haydovchisi) va Rossiya federasiyasining («Velribprom» ( baliqni qayta ishlash) va «OKN Servis» ) korxonalari ish beruvchilari qatnashdi.


Bundan tashqari, 57 nafa fuqaro Rossiya federasiyasining «OKN Servis»korxonasida ishlash uchun, 25 nafar fuqaro mahalliy ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlariga qiziqish bildirilib ish beruvchilar tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.