October 13, 2021

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami 20 mlndan oshdi

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 57,8 foizini, ya’ni 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda. Mehnatga yoshigacha bo‘lganlar 31,1 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 11,1 foizga yetgan.

Davlat statistika qo‘mitasi 1-oktabr holatiga O‘zbekiston doimiy aholisining mehnatga layoqatli qatlami haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Aholining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi:

  • mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar — 31,1% (10 mln kishidan ko‘p);
  • mehnatga layoqatli yoshdagilar — 57,8% (20 mln kishidan ortiq);
  • mehnatga layoqatli yoshdan kattalar — 11,1% (qariyb 4 mln kishi).

Qo‘mita mazkur ma’lumotlar dastlabki hisob-kitoblar asosida tuzilganini qo‘shimcha qilgan.

sentabrning yettinchi kunida O‘zbekiston aholisining soni 35 mln nafardan oshgani haqida yozgan edik. 12-oktabr holatiga aholi soni 35 mln 107 ming 371 kishini tashkil qilayapti.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyulida bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov 13 mln mehnatga layoqatli aholining 4,6 mlni soliq to‘lashini ma’lum qilgan edi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova Manba: https://www.gazeta.uz/ rasmiy sayti hamda Davlat statistika qo‘mitasi