bandlik_maqola
October 20, 2021

Ochiq mustaqil tanlovning suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasida vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovning suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi.Unda ochiq mustaqil tanlovda ishtirok etib, belgilangan malaka talablari hamda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ishtirok etdi.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod bilan suhbat jarayoni

Tanlov jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida suhbat jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari Rustam Qobilov mas’ul xodimlari bilan birgalikda Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Suhbat yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyati filiali rahbari Rustam Qobilov tizimdagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov asosida nomzodlarni qabul qilinayotganligi hamda Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan samarali amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari Rustam Qobilov

Bosh boshqarma boshlig‘i I.Jabborov Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligini turli sohalarda malakali mutaxassislarni tayyorlab kelayotgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda Samarqand shahridagi «Ishga marhamat”monomarkazi faoliyati bilan tanishish maqsadida hamkorlikda amaliy seminar treninglar tashkil qilish taklifini bildirdi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova