October 28, 2021

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rilmoqda

Viloyatda 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga hududiy tayyorlov tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish orqali bozorlarda narx-navoning sun’iy oshib ketishini oldini olgan holda aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishdan iboratdir.

Bugungi kunda tuman va shaharlardagi 681 ta korxonalar tomonidan 73 300 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) zaxira qilish ishlari boshlangan.

Kuz-qish mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida Samarqand vioyati Bandlik bosh boshqarmasi xodimlariga ham qishloq xo’jaligi mahsulotlari tarqatildi.

Bosh boshqarma xodimlariga jami 1300 kg kartoshka, 780 kg piyoz, 1300 kg sabzi, shuningdek 10 kgdan guruch, 5 litrdan yog', 30 tadan tuxum zaxira qilindi

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik