bandlik_maqola
December 30, 2021

Rasmiy munosabat

Kuni kecha https://t.me/zarnews_uz kanalida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” hisobot uchun o‘tkaziladimi? (https://t.me/zarnews_uz/48817 -) Deb chiqarilgan maqolasi yuzasidan.

Misol sifatida Oqdaryo tumani 14 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga xoreograf ular atigi 0,25 shtat birligi uchun ishga olinar ekan. Oliy ma’lumot talab etiladigan ushbu kasbga 400 ming so‘m to‘lanarkan deya keltirgan so‘zingizga asosan O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017-yil 23-oktabrdagi “Mehnat organlariga bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi to‘g‘risida va mo‘ljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
30-B-sonli buyrug‘i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil
10-noyabrda 858-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mazkur Nizom talablariga muvofiq korxona, tashkilat va muassasalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mavjud ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har hisobot oyining
5 sanasidan kechiktirmay mahalliy mehnat organlariga elektron ko‘rinishda taqdim etilishi belgilangan.
Ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan www.ish.mehnat.uz veb-sayti joriy etilib, unda korxona, tashkilat va muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish to‘g‘risida ma’lumotlarni korxonaning elektron kaliti orqali amalga oshiriladi.
Korxona tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga va ko‘rsatilgan ish haqlariga asosan shahar va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashi markazlari oliy , o‘rta-maxsus va o‘rta ma’lumotli fuqarolarga taklif qilishadi. Taklif qilingan ishlar maqbul kelgan taqdirda yo‘llanma beriladi yoki bo‘lmasa https://vacancy.argos.uz/ - dasturi orqali tanlovda qatnashish shartlari tushuntiriladi.
Chortut mahallasida yashovchi Zamira Mahmudova har oyning 6 sanasida Samarqand shaharidagi chiqayotgan bo‘sh ish o‘rinlari kelib tanishishi yoki bo‘lmasa www.ish.mehnat.uz veb-sayti orqali e’lon qilinayotgan bo‘sh ish o‘rinlariga asosan bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirishi mumkin. Ya’ni 6-dekabrda Samarqand shahridagi viloyat onkologiya dispanseri, 1-son oilaviy polikilinikada va bolalar shifoxonasi tomonidan hamshira lavozimi ishlari taklif qilingan. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi shifoxonalarda o‘rta-maxsus hamshiralar tanlov asosida ishga qabul qilinmoqda. Haqiqatda Pastdarg‘om tumanida dekabr oyidagi bo‘sh ish o‘rinlarida hamshiralar uchun bo‘sh ish o‘rni tibbiyot birlashmasi tomonidan ko‘rsatilmagan.
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida o‘zlari maqbul kelgan ishlarga ro‘yxatga olinib shahar va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar haqiqatda berilgan.
Bandlik bosh boshqarmasi hisobot uchun bo‘sh ish o‘rinlari o‘tkazmasligi va Aholi bandligi to‘g‘risida qonunga asosan shahar va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari fuqaroga ko‘maklashadi. Bu bilan fuqarolarga o‘zida mavjud xizmatlarni taklif qilish va xizmat ko‘rsatishlari belgilangan.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik