bandlik_maqola
December 29, 2021

Markaziy harbiy okrugda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4-sonli Farmoyishi ijrosini taminlash maqsadida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida 2021-yil 28-dekabr kuni Samarqand shahridagi Markaziy harbiy okrug hududida joylashgan “Ma’naviyat va ma’rifat markazida”da Viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Ushbu yarmarkada Markaziy harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni Aybek Saidov, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Sulaymonov Najmiddin Baxriyevich, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi, Asaka bank, Agro bank, Xalq bank mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 486 dan ortiq fuqarolar qatnashdi. Shundan 323 nafar harbiy xizmatni o‘tab qaytganlar, 42 nafar harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va 121 nafar boshqa toifadagi fuqarolar jalb etildi.

Ushbu bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida viloyatimizning barcha shahar va tumandan 475 ta tashkilotlar, birlashmalar, muassasalar va yirik ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, qurilish korxonalari, tijorat banklari o‘zlarining faoliyat yo‘nalishlariga doir amaliy va ko‘rgazmalari ish faoliyat namunalari bilan 1634 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Bundan tashqari, tadbirga jalb qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan maqbul kelgan ishsiz fuqarolarni shu joyning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga tayyor holda korxonalar rahbarlari va kadrlar bo‘limi boshliqlari ham ishtirok etdi.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 486 nafar fuqarolar jalb qilinib, yarmarkada ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning 83 nafariga ( 40 nafar yoshlar va 37 nafar xotin qizlar) ishga joylashdi. Ulardan 10 nafari harbiy xizmatni o‘tab qaytganlar va 11 nafari harbiylarning oila a’zolarini tashkil qildi

Yarmarkalarda mehnat organlarining malakali mutaxassislari tomonidan
403 nafar fuqarolarga talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik