Bitiruvchilar bandligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur ijrosi taʼminlanyaptimi?
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazdi. Bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari(ABKM), tasarrufiy tashkilotlar faoliyati samaradorligini yana-da oshirish apparat yig‘ilishining asosiy mavzusi sifatida muhokama qilindi.
Bitiruvchilari bandligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur ijrosini taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalarini 2020-2021 0ʼquv yilida tamomlagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha Payariq, Oqdaryo, Pastdarg‘om tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari sustkashlikka yo‘l bo‘yayotgan bo‘lsa reja taqsimoti yuqori bo‘lsada Samarqand shahar, Ishtixon, Bulung‘ur tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari dastur ijrosini samarali tashkil qilmoqda.
Apparat yig‘ilishi davomida barcha masʼullarga tanqidiy o‘rganishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aytib o‘tildi.
Shuningdek, quyidagi masalalar alohida muhokama qilindi;
I. Barcha yo‘nalishlarda belgilangan rejaga asosan olib borilayotgan ishlarning ahvoli
II. Fuqarolarning barcha turdagi murojaatlari ijrosi taʼminlanish holati, doc.ijro.uz va ijro.srdv.uz dasturlari ijrosini taʼminlash
III. Kasb-hunarga o‘qitilgan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili;
Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunarga o‘qitish markazida kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta'mirlash ishlarida o‘quv jarayonlarini samarali davom ettirish maqsadida Ingichka qo‘rg‘onida markaz filiali faoliyatini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
IV. Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qo‘llanilgan jarimalarning undirilishi;
-abkm.mehnat.uz dasturiga kiritilayotgan xizmatlar
V. 2020-2021 o‘quv yili Bitiruvchilari bandligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur ijrosini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
VI. “Yagona milliy mehnat tizimi” ni yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati
Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova