December 13, 2021

Ishsiz,nogironligi bo'lgan (mehnatga layoqatli) xotin-qizlarning bandligini ta' minlash

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 13-dekabr kuni Samarqand shahridagi "Edition tekstil" MCHJ tikuv fabrikasi bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi "Ishga marhamat monomarkazi bitiruvchilari, ishsiz va band bo`lmagan hamda nogironligi bo’lgan (mehnatga layoqatli) xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 100 nafarga yaqin xotin-qizlar "Edition tekstil" MCHJ korxonasiga taklif etildi hamda ish beruvchi tomonidan tadbir ishtirokchilariga korxonada yaratilgan ish sharoitlari va ish haqlari to`g`risida batafsil ma`lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishlash istagida bo`lgan xotin-qizlar bilan mehnat shartnomasi tuzish bo`yicha kelishib olindi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova