bandlik_maqola
October 20, 2021

Qurolli kuchlardan bo‘shatilgan fuqarolar bandligi ta'minlanadimi?

Joriy yilning 18-oktabr kuni Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazdi. Bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari(ABKM), tasarrufiy tashkilotlar faoliyati samaradorligini yana-da oshirish apparat yig‘ilishining asosiy mavzusi sifatida muhokama qilindi.

Shuningdek joriy yil Muddatli harbiy xizmatni o'tagan fuqarolarning bandligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'grisida to'xtalib o'tildi.

Muddatli harbiy xizmatni o'tab jami zaxiraga bo'shatilganlar 2378 nafarni tashkil etadi shundan 37 nafari harbiy xizmatda qolgan. Biz esa bu yil hisobidan 2341 nafar harbiy xizmatni o'tab qaytgan yigitlarimiz bandligini ta'minlash choralarini ko'rib 1737 nafarini ishga joylashtirdik, deydi Ishsizlani hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash shoʻbasi boshlig‘i Feruz Boliyev

Apparat yig‘ilishi davomida barcha masʼullarga tanqidiy o‘rganishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aytib o‘tildi.

Shuningdek, quyidagi masalalar alohida muhokama qilindi;

I. Barcha yo‘nalishlarda belgilangan rejaga asosan olib borilayotgan ishlarning ahvoli

II. Fuqarolarning barcha turdagi murojaatlari ijrosi taʼminlanish holati, doc.ijro.uz va ijro.srdv.uz dasturlari ijrosini taʼminlash

III. Kasb-hunarga o‘qitilgan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili;

IV. Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qo‘llanilgan jarimalarning undirilishi;

-abkm.mehnat.uz dasturiga kiritilayotgan xizmatlar

V. 2020-2021 o‘quv yili Bitiruvchilari bandligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur ijrosini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

VI. “Yagona milliy mehnat tizimi” ni yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova