bandlik_maqola
October 20, 2021
Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o`rtasida tanlov o‘tkazildi.
Joriy yilning 15-18 oktabr kunlari Samarqand shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Rossiya Federatsiyasining AO "PIK-Industriya" korxonasi vakillari tomonidan viloyatda vaqtincha xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o`rtasida tanlov o‘tkazildi.
O`tkazilgan tanlov yakunlariga ko`ra 34 nafar fuqaro tanlovdan o`tib, dastlabki tibbiy ko`rikdan o`tish maqsadida Toshkent shahriga jo`nab ketishdi.
Ma`lumot o`rnida shuni ta`kidlash lozimki, tanlovdan o`tgan nomzodlarning 21 nafari ayni kunda Samarqand shahridagi Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi tinglovchilari hisoblanadi.
Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova