Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkalari
shbu hafda davomida Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shaman” shiori ostida Samarqand, Kattaqo’rg’on shaharlari, Samarqand, Payariq, Narpay, Urgut, Tayloq Kattaqo’rg’on tumalarida kesimida ‘’Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmakasi’’ bo’lib o’tdi. Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarida ishsiz fuqarolar, oliy ta'lim muassasasini bitirganlar, kasb-hunar kollejini tugatganlar, harbiy xizmatdan qaytganlar, harbiy xizmatchilarning oila azolari bugungi kunda bandligi ta’minlanmagan ishsiz kambag‘al oila vakillari, yoshlar, xotin-qizlar, tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan fuqarolar ishtirok etdi.
Bu kabi yarmarkalarni doimiy tashkil etishdan asosiy maqsadi ishsiz aholi qatlamini kamaytirishdir.
Jumladan Samarqand tumanida bo’lib o’tgan yarmarkada tumanda faoliyat olib borayotgan 15 ta ishlab chiqarish va sanoat korxonalari mavjud 98 ta bo‘sh (vakant) va zahiradagi (kvotalangan) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek Kattaqo'rg'on shahrida 2021-yil 15-dekabr kuni 4-sektor hududida Vatanparvar mahallasi 02855-sonli Harbiy qism ichida Harbiy qumondon tashabbusi bilan harbiy ishchilarni oila a’zolari uchun shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 26 ta tashkilotlar, birlashmalar, muassasalar va yirik ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, qurilish korxonalari, tijorat banklari o‘zlarining faoliyat yo‘nalishlariga doir amaliy va ko‘rgazmalari ish faoliyat namunalari bilan 130 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Payariq tumani Yoshlar istirohat bog‘ida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, tuman Hokimligi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman Prokuraturasi, tuman IIB, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Payariq tuman Kengashi, Mudofaa ishlari bo‘limi va tijorat banklari hamkorligida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 20 ta korxona, tashkilot, muassasa va fermer xo‘jaliklari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari 289 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Mazkur mehnat yarmarkasida 89 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar qatnashdilar. Shundan 45 nafari xotin-qizlar va 34 nafarini yoshlar tashkil etdi.
21 nafar ishsiz fuqarolarga iqtisodiyotning turli sohalariga ishlash uchun yo‘llanmalar berilib, kasb mutaxassisligi bo‘yicha mos ish o‘rinlarga ishga joylashtirildi.
Shuningdek, yarmarkada faol ishtirok etgan tumandagi 50-son DMTTga 5 kishi, 13-son DMTTga 3 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi, korxonalar tomonidan fuqarolar ishga qabul qilinib, mehnat shartnomalari rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Narpay tumanida o'tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi ishsiz fuqarolarning 22 nafariga, Toyloq tumanida o'tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi ishsiz fuqarolarning 9 nafariga bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan yo'llanmalar berildi.
Urgut tumanida o'tkazilgan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi malakali mutaxassislari tomonidan 13 nafar fuqarolarga talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.