June 16, 2022

702,7 mlrd so'mlik investitsiya loyihalari doirasida 2 mingdan ziyod ish o'rni yaratildi

Hududiy investitsiya dasturlari doirasida joriy yilning yanvar-may oylari 702,7 mlrd so‘mlik 233 ta loyihalar ishga tushurilib, 2,1 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan

Bu viloyatimizda faoliyat yuritayotgan quyidagi MCHJ larga to'g'ri keladi.

Samarqand tumanida "Feed finansing team" MCHJ tomonidan 65,4 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo'lib, yiliga 50 ming bosh parranda yetishtirish yo‘lga qo‘yildi, hozirda 45 nafar fuqarolarni ish bilan taʼminlashga erishildi.

▫️Toyloq tumanida "Pet agro oil" MCHJ tomonidan 30,0 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2 ming tonna don mahsulotlarini qayta ishlab un ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, hosirda 90 nafar qishloq yoshlarini ish bilan taʼminlashga erishildi