March 16, 2022

Viloyatdagi barcha diniy tashkilotlar rahbarlari bilan davra suhbati oʻtkazildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Zoom platformasi orqali O‘zbekiston musulmonlar idorasi Andijon viloyat vakilligi binosida viloyat bosh imom xatibi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitaning Andijon viloyati boshqarmasi mutaxassislari hamda viloyatdagi barcha diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati, hisobotlarda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, internet jahon axborot tarmog‘ida chiqishlarida amaldagi qonunchilik va ustav talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda qonunchilikdagi o‘zgarishlar va qo‘shimchalar, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
mazmun-mohiyati to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Diniy tashkilotlar vakillarining internet jahon axborot tarmog‘ida chiqishlarida amaldagi qonunchilik va ustav talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, diniy tashkilotlarining 2021-yildagi faoliyati yuzasidan topshirgan hisobotlari tahlili natijasida aniqlangan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi