November 9, 2021

Viloyat adliya boshqarmasi hamda nodavlat notijorat tashkilot "Hamroh" bilan hamkorlik tadbirlari o'tkazilmoqda

Joriy yilning 9 noyabr kuni Andijon shahridagi Barkamol avlod bolalar maktabi binosida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “#Yoshstan-mahalliy qarorlarni qabul qilishda yoshlarning rolini oshirish” loyihasi doirasida rejalashtirilgan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir ishtirokchilari

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, ''Hamroh" nodavlat notijorat tashkiloti, Search for common ground xalqaro tashkilotining Markaziy Osiyo loyihalari direktori hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i S. Otajonov va Search for common ground xalqaro tashkilotining Markaziy Osiyo loyihalari direktori K. Saynazarov
Tadbir tashkilotchilari bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining rahbarlari.

  Mazkur loyiha Hamroh nodavlat notijorat tashkiloti va Umumiy manfaatlarni izlab Xalqaro nodavlat tashkiloti (SEARCH FOR COMMON GROUND) hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 144 069 yevroni tashkil etadi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i S. Otajonov

Ushbu loyiha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan bo'lib, loyihaning tadbiq etilishidan maqsad: yoshlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, yoshlarda liderlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, yoshlar va boshqaruv idoralari o‘rtasidagi hamkorlik hamda hamjihatlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda tadbirkorlik faoliyatlarini shakllantirishdan iborat.

#YoshStan loyihasi liderlari
#YoshStan loyihasi liderlari

Shuningdek, olingan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish maqsadida yoshlar tomonidan taklif etiladigan kichik loyiha ishlarini (minigrantlarni) moliyalashtirish ham ko‘zda tutilgan.  Loyihaning maqsadli guruhi sifatida Andijon viloyati Asaka tumanining 7 ta mahallasi tanlab olingan. Bular - Fayziobod, Abu Ali Ibn Sino, Qadim, Navoiy, Kujgan va Saidobod mahallalaridir.

Tadbirdan lavhalar

Ushbu tadbirda loyiha doirasida ishtirok etgan yoshlar o'zlarining, erishgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari to'g'risida batafsil chiqishlar bilan ishtirok etdi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi