July 16

Axborot resurs markazi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Mushoira tadbiri tashkil etildi

✅ Navoiy yuridik texnikumida yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Axborot resurs markazi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Mushoira tadbiri tashkil etildi.

📝 Mazkur mushoirada 10 ga yaqin talaba ishtirok etib, o‘z she’riy ijodi, yodlangan she’rlar va adabiy chiqishlari bilan yig‘ilganlarga iliq kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida talabalar orasida ijodga bo‘lgan qiziqish va o‘z ustida ishlash istagi yanada ortdi.

📚 Tadbirni Norboyeva Gullola Qahramonovna olib bordi. U mushoira davomida talabalarni qo‘llab-quvvatlab, adabiyot va she’riyatning inson ma’naviyatini boyitishdagi o‘rni haqida qisqacha fikrlar bildirib o‘tdi.

⚡️ Mushoira talabalarga ijodkorlik qobiliyatini namoyish etish, erkin fikr va hissiyotlarini ifoda etish imkonini berdi. Tadbir ishtirokchilari kelgusida bunday adabiy uchrashuvlar muntazam tashkil etilishini istashdi.