Yoshlar uchun sport — “Dolzarb 90 kun” doirasida mahorat darslari o‘tkazildi
✅ Navoiy yuridik texnikumida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
📆 Joriy hafta texnikumda talabalar uchun sportning stol tennisi va darts turlari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Mazkur mahorat darslarini tajribali mutaxassis Quvondiq Qo‘ldoshev olib bordi.
⚡️ Mashg‘ulot davomida talabalar ushbu sport turlari bo‘yicha nazariy tushunchalar bilan tanishib, o‘z qiziqishlarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi. Quvondiq Qo‘ldoshev o‘z tajribasi asosida o‘yin qoidalari, texnika va tezkorlik bo‘yicha muhim maslahatlar berdi hamda talabalarni sog‘lom raqobatga undadi.
🏆 Mahorat darslari ishtirokchilarga nafaqat sport ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki bo‘sh vaqtlarini sog‘lom va foydali o‘tkazish yo‘llarini o‘rgatdi. Yoshlar bu kabi mashg‘ulotlar do‘stlik va jamoaviy muhitni mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar.
🇺🇿 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bundan buyon ham yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jismoniy chiniqtirish va sog‘lom turmush tarziga jalb etish maqsadida turli sport va madaniy tadbirlar davom ettiriladi.