November 17, 2021

Assalomu alaykum hurmatli talabalar

Sizlarni bugungi talabalar kuni bayrami bilan tabriklayman. Har bir talaba bejizga Oliy ta'lim olishga intilmaydi, ular kelgusida yaxshi yashashga intiluvchilardir. Faqat hammasi mehnatingizga yarasha bo‘ladi. Barchalaringizni kelgusida avvalo yurt uchun, xalq uchun muhim mutaxassislar bo‘lib chiqishlaringizni, qolaversa o‘zlaringiz yaxshi kasbda ishlab, kasblaringiz orqali halol mehnat qilib ro‘zg‘or tebratib, boy bo‘lishlaringizni tilab qolaman. Ota-onalaringjz rohatlaringizni ko‘rsin. Ilm olishdan charchamangizlar, har qanday holatda ham sizlarni tabassum tark etmasin, yoshlarga xos xushchaqchaqlik va shijoat sizlarga hamroh bo‘lsin.

Bayram muborak bo‘lsin, talabalar!

TDIU SF "Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti" kafedrasi katta o‘qituvchisi, Menejment to‘garagi rahbari G‘ayrat IBRAGIMOV

👉 Menejment to‘garagi telegram manzili: https://t.me/joinchat/yrRRZQcvQogyOWEy