January 13

๐–ณ๐–ง๐–ค ๐–ฒ๐–ค๐–ฎ๐–ด๐–ซ ๐–ข๐–จ๐–ณ๐–ธ

๐‘Œ๐‘ข๐‘™๐‘‘๐‘ข๐‘ง๐‘™๐‘Ž๐‘Ÿ ๐‘๐‘œ๐‘Ÿ๐‘™๐‘Ž๐‘”๐‘Ž๐‘›๐‘‘๐‘Ž ๐‘š๐‘’๐‘›๐‘– ๐‘๐‘Ž๐‘”'๐‘Ÿ๐‘–๐‘›๐‘”๐‘”๐‘Ž ๐‘๐‘œ๐‘ 

๐„๐ | ๐Ÿ”

๐–ช๐—ˆ๐—‹๐–พ๐–บ ๐–ฒ๐–พ๐—Ž๐—… | ๐–จ๐—‡๐–ผ๐—๐–พ๐—ˆ๐—‡ ๐–บ๐–พ๐—‹๐—ˆ๐—‰๐—ˆ๐—‹๐—๐—‚ :

- qani bering yordamlashaman
- katta rahmat -) sochlarini quloqlari ortiga olgan ayol, erkakning tirsagi bo'ylab qolini aylantirib oldi, xizmatchilar yuklarni olib keta boshlashgan ayol va erkak suhbatlashgancha aeroportdan chiqib kelishardi.


- mashinadan tushmang, men avval atrofni ko'zdan kechiray, keyin chiqasizlar
- yaxshi

Birozdan song eshik oynasini taqillatadi Jimin va tushavering deya ishora qiladi. Mashina ochilgach Sujining chiqishiga yordamlashadi.

- niqob qani? -) jiddiy ohangda savol beradi Jimin ozining otkir kozlari bilan singlisiga, biroz shoshib qolgan Yujin uni Jiminga uztatadi
- niqobsiz yurmang deb necha marta aytishim kerak -) Suji hech narsa demay Jimin uning yuziga niqob taqib sochlarini togirlab qoyishini tomosha qildi, yigitning lablari kozlari barchasini shunchaki kuzatdi
- tikilma, suratga olishadi -) shivirlaydi Jimin
- unda menga bunday g'amxo'rlik qilma -) Jiminning yonidan ketishga tushadi Suji.

Aeroport atrofida muxlislarni korish mumkin bazilari Suji deya suratga olar bazilar shunchaki etiborsiz o'tib ketardi.

Nihoyat aerport ichidan chiqib kelayotgan dadasiga ko'zi tushgan Suji dastavval jilmaydi ammo uning yonidagi ayolni korib hayron qoldi. Sekin ular tomon borgan Suji dastlab otasi bilan korishdi.

- dadajon !
- Oh Sujiyim -) qizi uchun bag'rini ochgan janob Yoo uning sochlarini silab bag'riga bosdi.
Dadasining bag'ridan chiqqan Suji unga qarab jilmayib turgan ayolga yuz burdi.
- Xayrli kun xolajon
- Suji ancha bo'lgandi ko'rishmaganimizga, hayotda suratlardagidan ham go'zalroq ekansan
- qoysangizchi, siz esa haliyam yoshsiz
- aaiish hozir undaymas -) Youngmi xonim va Suji quchoqlashib ko'rishishadi.

- bir biringizni taniysizmi? -) hayron bolgan janob Yoo qiziga yuzlanadi
- Ular Raniya bilan sinfdosh va eng yaqin dugonalar bo'lishgan -) javobsiz qolgan Sujing savoliga Raniyaning onasi Youngmi xonim javob beradi
Suji hech nima demaslikni maqul ko'radi.

- unda bugun Raniya ham kelsin
- afsuski u hozir Fransiyada kela olmaydi
- ha.. Mayli hechqisi yoq keyingi safar

Pov Suji : Dadam va Youngmi xolam juda iliq suhbatni davom etgancha oldinlab ketishardi, qiziq bu tasodifmi.. Ular xitoydan birga kelishdimi.. Bugun keladigan mehmon ham u midi.. Xudoyim meni qutqar.. Ularning zerikarli suhbatini eshitishga xohishim yoq..

๐–ฅ๐—‹๐–บ๐—‡๐—Œ๐—‚๐—’๐–บ ๐–ฏ๐–บ๐—‹๐—‚๐—ƒ |

Korea va Fransiya bir biridan ancha uzoqda joylashgan, Yevropaning 7 gozal shaharlaridan biri bo'lgan Parijda tun yaqinlashgan bo'lsa, Osiyoning eng go'zal davlatlaridan biri bo'lmish koreada esa hali tong edi.

Mashhur brendlardan biri Celine ning katta modalar namoyishi festivali ham boshlangan, taqdir hazl qilgandek Taehyung va Raniya deyarli bir joyda o'tirishardi. Raniyaning introvert harakteri uni boshqalar bilan muloqot qilmay jim festivalni kuzatishga undasa Taehyung va Bogum bu vaqtda miriqib suhbat qurishardi. Goh gohida kozi bir biriga tushib qoladigan Raniya va Taehyung hech narsa haqida gaplashishmas ammo Taehyung qizga takror qarashdan o'zini tiyib turganini inkor ham etib bolmasdi, paparazzilargina bunga tosiq xolos.

Ajoyib yangi liboslar, minglab sumkalar, oyoq kiyimlari bilan tanilgan Celine ning yana bir ozgacha festivali yakunlandi, mamnuniyat bilan kechani kuzatgan Raniyaning lablaridan tabassum tushmas, modellarga qarsak chalishni ham unutmasdi, hamon bu qizda oziga tortayotgan qiziqishlari bilan kurashayotgan Kim Taehyung ham kechadan zavqlangan lablari esa jilmayib kozlari begubor bolalarniki kabi porlab turardi.

๐– ๐–ฟ๐—๐–พ๐—‹ ๐–ฏ๐–บ๐—‹๐—๐—’ ๐–ข๐–พ๐—…๐—‚๐—‡๐–พ |

Har doim showlardan keyin bolib o'tadigan "after party" lar muxlislar uchun juda qiziq bo'lib kelgan, bu ziyofat eng zavqli va mashxurlar hordiq oladigan ziyofatlardan biri, mehmonlar asta sekin kela boshlagan ammo bu gal Taehyung hammadan oldin keldi va muxlislari bilan salomlashib ziyofatga kirdi, Raniya biroz keyin keldi uning korinishi juda chiroyli muxlislar ham baqirishlar bilan uni ziyofatga kuzatib yuborishdi.

Ziyofat aynidamda ancha maroqlilasha boshlagan har bir mashxurlar sheriklari bilan vaqtichog'lik qilishardi. Kimlardir shampan kimlardir vino ichar kimlardir miriqib raqs tushardi. Bular orasidagi bizning Raniya ham Vino ichish bilan ovora.

- yetadi boshqa ichma -) Menegeri qolidan olgan qadaqqa qarab turgan Raniya kozlarini suzadi.
- hali 2 qadaq ichdim xolos
- mast bolib qolasan
- bugun mast bolishgayam haqqim yoqmi?
- Raniya?!
- bugun onam va dadam ajrashganiga 10 yil bo'ldi, zavqlanishim kerak -) Alice ning qolidan qadaqni qayta olgan Raniya uni bir urinishda ichdi va kuldi. Sochlarini qoli bilan yuqoriga kotarib oyin kulgu qilish uchun odamlar orasiga qoshildi.

- eshitishimcha yangi albom chiqarayotgan ekansizlar -) shovqin sabab Taehyung ning qulogiga baqiradi Bogum
- U alla qachon tayyor bo'lay degan -) Taehyung kozlarini bir nuqtadan uzlay qolidagi shampan vinosidan bir qultum simiradi.
- hoy qarayvermasangchi qizni yeb qoyasan bunaqada -) Taehyung ning nigohlarini payqab bolgandi u
- nimalar deyapsan
- sariq sochlini deyapman, kuzatib turgandan kora yoniga bor
- uni kuzatmayapman..
- qoysangchi korib boldim, modellar yoqadimi?
- anii modellar emas , u.., unga qiziqyapman, ilk uchrashuvdayoq menga hatto etibor ham qilmadi
- biz erkaklar ozi bizni etiborsiz qoldiradigan ayollarga qiziqamiz, seni tushunaman oshna
Taehyung uning gapiga javoban kulib qoyadi va yana bir qultum ichadi.

๐–ค๐–ซ๐–ซ๐–ค ๐–ฏ๐—๐—ˆ๐—๐—ˆ๐—Œ๐—๐—ˆ๐—ˆ๐— ๐–ช๐—ˆ๐—‹๐–พ๐–บ |

Sujini Elle Korea ning studiyasiga olib kelgan Jimin uning mashinadan tushishiga yordam beradi. Ularning yana bir qizg'in kuni oz maromida davom etar Yujin Sujining manageri sifatida unga " photoshoot " haqida malumot berib borardi.

- Suratga olish yakunlanganidan song " Behind the scenes " uchun interview berasiz, har bir libos bilan alohida
- ingliz tilida gapirishim kerakmi?
- yoq koreys tili bo'laveradi
- aha tushunarli
- men dizaynerni chaqiraman

Jarayon boshlangan, Jimin tashqarida vaziyatni kuzatib turar, Yujin oz ishining ustasi menegerlikni yaxshi uddalayotgandi, dizaynerlar yaratgan image va Suji ham alla qachon jarayonga sho'ng'ib bo'lgan.

Keyingi jarayon uchun Koreys milliy libosi bo'lmish Hanbok kiyib chiqqan Suji bugun jamoaning hayrat va havasli nigohlar bilan boqishiga sabab bo'ldi. Uni uzoqdan tomosha qilib turgan Jimin ilk bora bu qizni korib tanasida mayin vijirlash his qildi.

- Suji.. Juda gozal, milliy libos senga juda yarasharkan
- Ajoyibsiz Suji

O'zining ko'rinishidan mamnun bo'lgan qiz ko'zlari bilan Jiminni izladi nihoyat ko'zlari uni topganda Jimin tabassum bilan unga zo'r ishorasini berganda dunyo qadar quvonib ketti.

Suratga olish jarayoni davom etardi, Sujining telefoniga begona raqamdan qo'ng'iroq bo'la boshlaganini ko'rgan Yujin unga javob beradi.

- Xayrli kun Suji - ayol kishining ovozi eshitiladi
- Park Yujin Lee xonimning manageriman, bu raqamni qayerdan oldingiz?
- Tashvishga tushmang unga dugonang Barbara qo'ng'iroq qildi deb qoysangiz kifoya
Qo'ng'iroqqa javob berishga ulgurmagan Yujin u yakulanganini eshitib raqam egasidan taajjubga tushdi va raqamni Sujiga bildirmay yozib oldi.

๐–ฅ๐—‹๐–บ๐—‡๐—Œ๐—‚๐—’๐–บ ๐–ฏ๐–บ๐—‹๐—‚๐—ƒ |

Bugun Celine rahbari nabirasining tug'ilgan kuni sharafiga party tug'ilgan kun ziyofatiga aylanib ketti, president badavlat bo'lgani uchun nabirasi sharafiga Parijning eng yaxshi mehmonxonalaridan bo'lmish " Four Seasons Hotel George V " mehmonxonasi ziyofatga kelgan mehmonlar uchun band qilindi, ziyofat tugagach barcha o'z mashinasida Parijning eng hashamatli mehmonxonasiga yo'l olishdi.

Xonalar yulduzlarning yonalishlari va yaqinliklarga qarab bo'linib chiqilgan Koreys mehmonlar ham aynan bir qavatta joylashyirilgan, shuningdek Model Raniya Manobal, Bts azosi Kim Taehyung, aktyor Park Bogum, NewJeans azosi Danielle va TWS kpop guruhi azolarini bir qavatda ko'rish mumkin edi.

Four Seasons Hotel George V, Parij shahridagi mashhur va juda hashamatli 5 yulduz mehmonxona boโ€˜lib, u 8 qavatli binodan iborat va hashamdor xona va suit larni o'z ichiga oladi, binoning 5 - qavati 521 chi xonasida Raniya Chap tomonida Danielle o'ng tomonida Bogum undan keyin esa Kim Taehyungning xonalari mavjud.

- Tashakkur azizlar ammo endi Raniyamiz dam olishi kerak - ) mast bo'lib qolgan Raniyani qolidan tutib olib chiqayotgan Alice muxlislarga uni charchagan deya Hotel ning ichiga olib kirdi


- bugun mehmonxonada qoling ertaga soat 9 ga chipta oldim Koreaga qaytamiz, bugun charchadingiz
- Rahmat janob Sejin, siz ham dam oling - ) Manageri janob Sejin bilan xayrlashgan Taehyung u liftga yetib olgunicha uning ortidan qarab turardi, lift eshigi ochilib Mast bo'lib qolgan Raniyani olib kelayotgan Alice liftdan chiqishdi
- oh.. Yordam kerakmi?
- yoq yoq tashvishlanmang ozim -) janob Sejin ga tashakkur aytgan Alice uni 521 xonagacha olib keldi, Taehyung esa haliyam uyga kirmay ularni kuzatib turardi.
- istasangiz yordam beraman -) Taehyung uzoqdan yordam kerakmi deya soradi
- Seni yordamingga muxtoj emasman olifta.. -) mast bolib qolgan Raniya o'rta barmog'ini Taehyung ga ko'taradi, shoshib qolgan Alice uning qolini tezda tushuradi
- ahh mazur tutasiz u mast, ozini bilmayapti uzur, xonaga kiring! -) Raniyani xonaga itarib olib kirib ketadi Alice , holatga labini tishlab jilmaygan Taehyung eshigini ochadi va xonasiga kiradi, u tinmay jilmayar va labini tishlardi.
- bu qiz juda ajoyib ekan -) ust kiymini yechib divandan biriga tashlagan Taehyung suv ichish uchun oshxonaga kirib ketadi u haliyam ozini kulishdan toxtata olmasdi.

๐–ค๐–ซ๐–ซ๐–ค ๐–ฏ๐—๐—ˆ๐—๐—ˆ๐—Œ๐—๐—ˆ๐—ˆ๐— ๐–ช๐—ˆ๐—‹๐–พ๐–บ |

- do'stlar hamma yaxshi ishladi, Suji senga esa alohida rahmat -) Photoshoot ning rejissiori talabi bilan jarayon nihoyat yakunlanganini aytib hammaga ketish uchun ruhsat berdi.

- biroz charchadim, Yujin orqamni ochib yubor -) Kiyim almashtirish xonasiga Suji bilan birga kirgan Yujin uning koylagining orqasini ochib berdi
- haligi.. Suji sizga bir qo'ng'iroq bo'ldi -) ikkilanib gapini boshlaydi Yujin
- qanday? Kimdan
- ismini Barbara dedi
Suji kiyimini almashtirar ekan bu ismni eshitgach orga ogirildi uning yuzi sezilarli darajada ozgardi. Ammo buni Yujinga bildirmadi
- nima dedi?
- dugonasiman ismimni ayt boldi dedi
- ha.. Uncha eslolmadim birorta dugonammikan? -) ozini eslolmayotgandek korsatishni uddalaydi Suji
- shunday bolsa kerak
- qoyaver kerak bo'lsam o'zi yana qiladi, men boldim
- yaxshi unda hozir uyga boramiz, kech uchun tayyorlashadi

Suji boshini silkib qoydiva telefonini qoliga olib nomalum raqamga xavotirli qarab qoydi va telefonni sumkasiga soldi.

- Aka biz tayyormiz -) Yujinga xop deb ishora qilgan Jimin orqadan kelayotgan Sujining yoniga borib unga qolini berdi
- toliqqan korinasan
- biroz charchadim -) Jiminning qolidan tutgan Suji uning yordami bilan mashinaga otiradi.
- tushlik qilmadingiz
- yegim yoq, mashinani tezroq paparazzi yo'q joyga olib bor - ) Sujing xohishi bilan Jimin mashinani tez haydan Ellening studiyasidan uzoqlashdi. Sumkasini biroz qaragan Suji yana sigaret va yondirgichini oldi va sigaretini yoqdi.

Yalt etib bir biriga qaragan Jimin va Yujin ning nigohini sezgan Suji kinoyali jilmaydi.

- unday qaramang, chekishni tashlamayman
- Ammo bu yaxshi emas
- men uchun yaxshi

Sujining nigohi boshqa bu mavzuni ochma degandek boldi.

๐–ฅ๐—‹๐–บ๐—‡๐—Œ๐—‚๐—’๐–บ ๐–ฏ๐–บ๐—‹๐—‚๐—ƒ |

Soat kechki soat 3 : 00 lar arafasi, qattiq bosh og'rig'i sabab uyg'ongan Raniya qorong'uda chiroqni topishga urindi, topa olmagach telefonini oldi va uning chirog'ini yoqti.

Oziga begona xonada kozini ochgach har yoqqa qarab chiqdi u hech narsani eslay olmaydi.

- ziyofatdan bu yerga qanday kelib qoldim - ) mehmonxonaning tungi kiyimi bilan almashtirilgan tanasiga qaradi.
- kiyimlarim!? -) u shoshib xona ni aylandi ammo u uyga yolgiz, xavotir bilan xonasiga kirgach chiroq ustiga yopishtirilgan qogozni topdi.

- Uygonganingizda qo'ng'iroqib ketmang, sizni men olib keldim, ko'p ichib yubordingiz, mehmonxona esa Janob Presidentning sovg'asi, yotoqxona shikafida mashinadan olgan shim va hoodiyingiz bor ularni kiyib oling, Alice ๐Ÿค - โœ‰๏ธ

Alicening xabarini korib ancha oziga kelgan Raniyaning bosh ogrig'i yana yodiga tushib orindiqqa o'tirib oldi.

- aishh shiballsekkiyaaa*! Yomon narsalarni o'ylab yubordim. Bu yerda bosh og'riq dori bormikan -) ornidan turgan Raniya dori bolishi mumkin bolgan joylarni kozdan kechirib chiqdi ammo hech nima topolmay yana xonaga qaytib keldi, uxlay desa bu bosh ogrig'i bilan uxlash imkonsiz, mehmonxona xizmati uchun juda kech, yagona chora dorixona topish bo'ladi.

Alice qoldirgan kiyimlarni kiyib sumkasida doim olib yuradigan niqobini va soatini taqqan Raniya soat 3:18 daqiqa o'tganda xonadan chiqdi va lift eshigini tomon yurdi, liftga kirib 1 qavat tugmasini bosdida eshiklar yopilishini kutdi ammo eshik yopilmasdan niqob va kepka kiyib olgan yigit liftga kirdi, jingalak va qora sochlari kepkaning har yonidan chiqib turgan yigit allaqachon bosilgan 1 qavat tugmasini korib bir qizga qarab oldi avvaliga bir birini tanimagan Raniya va Taehyung birdan bir birini tanishgach bir biriga qaradi.

- SEN!

Ikkalasi bir xil savol bilan bir biriga yuzlandi ham liftning chirog'i o'chib lift to'xtadi.

๐–ช๐—ˆ๐—‹๐–พ๐–บ ๐—„๐–พ๐–ผ๐—๐—„๐—‚ ๐Ÿฃ๐Ÿซ : ๐Ÿข๐Ÿข ๐—…๐–บ๐—‹ ๐–บ๐—๐—‹๐—ˆ๐–ฟ๐—‚ |

Bugungi oilaviy uchrashuv uchun Sujiga biroz yengil pardoz va uncha hashandor bo'lmagan ko'ylaklardan tanlab bergan stilistlar ishini yakunlab ketishdi. Xonada hech kim yo'qligidan foydalangan Suji yuvinish xonasiga kirib, bugungi raqamga qo'ng'iroq qiladi.

- Lee Suji xayrli kech
- ha.. Barbara salom
- seni boshqa kormayman deb qorqqandim
- kechir, fransiyada edim bora olmadim
- xa xabarlarni kordim -) kulgi ovozi yangraydi telefon ortidan
- yigit juda kelishgan edi -) davom etadi
- u anglashilmovchilik bolgan oramizda hech nima yoq
- hechqisi yoq bu seni shaxsiy xayoting menga qizig'i bugun kelasanmi yoki yo'q
- borishga harakat qilaman, dadam tansoqchi yo'lladi ortimdan ergashib yuribti.
- menga aniq javob kerak
- boraman
- yaxshi, kutamiz, tansoqchingsiz kelasan degan umiddaman o'pdim

Qo'ng'iroq yakunlandi, Suji yuvinish xonasidan chiqishi bilan xizmatchi kirib keldi.

- xonim mehmonlar kelishdi.
- tushyapman.

Katta uyning zinasidan tushayotgan Suji Youngmi xonim dadasi va anchadan beri kormagan Jeon amakisi va xolasi Jeon Jihye ni korgach hayron boldi va kozlariga ishonmay u tomon yugurdi bu ayol tasavvurida onasi siymosini gavdalantirgandek boldi.

- Xolajon!!
- Sujii!!

Ular quchoqlashib korishishdi, Jihye xonim qizning gozalligi va ulgayganiga ishonmasdi

- Suji qizim yaxshimisan -) janob Jeon bn ham quchoqlashib korishgan Suji hozir juda mamnun edi ammo bir muammo Jungkook yo'q. Suji oylanib u haqida sorashga uyalgani uchun soramadi qolganlar uy ichiga suhbatlashgancha kira boshlashdi, Suji esa sekin tashqariga chiqdi kozi tashqarida turgan Jiminga tushdi

- u haliyam shu yerda undan qanday qochib ketaman -) deya o'ylagan Suji belini orab olgan qol sabab qorqib ketdi.
- meni izlayapsanmi -) Sujining belini orab olgan Jungkook uning qulog'iga shivirladi.
- AXMOQQQ!! -) u Jungkook ekanini anglagan Suji Jungkook tomon ogirilib uning koksiga urdi. Ularni kuzatib turgan Jiminning qo'llari o'z o'zidan mushtga aylandi.

6 - qism tugadi.