๐ณ๐ง๐ค ๐ฒ๐ค๐ฎ๐ด๐ซ ๐ข๐จ๐ณ๐ธ
๐๐ข๐๐๐ข๐ง๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐๐'๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐
๐๐ฉ๐ข๐ฌ๐จ๐๐ | ๐
Raniya va Suji.. Bir biriga hech yaxshi munosabatda bo'lmaydigan bu qizlar avvallari yaqin dugona bo'lgan desam ishonarmidingiz?
8 yil avval โ biz yuqori sinfda o'qishni boshlaganimizda safimizga bir yangi o'quvchi qo'shildi. Seoul millatlarga to'la shahar bo'lgani uchun bu yerda chet elliklarni uchratish oddiy hol edi. O'sha kuni maktabimizga yangi o'quvchi keldi. Uning sochlari jingalak, ko'zlari ko'm ko'k, ozg'zin va juda chiroyli yigit edi. O'sha kuni biz Raniya bilan urishib qolganimiz uchun boshqa boshqa o'tirardik, yonim bo'shligi uchun u mening yonimda o'tirdi avvaliga unga etibor bermadim ammo u avvaliroq tanishish taklifini berdi. Kunlari otar u esa darsda doim men bilan o'tiradigan bo'lib qoldi. Biz Raniya bilan yarashdik ammo doim "Will" bilan o'tirganim uchun u mendan xafa bo'lib yura boshladi. Will yaxshi yigit edi, ilk bora uchrashishni taklif qilganida yosh va muhabbatga oshno bo'lganimdanmi rozi bo'ldim, odatda birga uyga borardik, juda kam gaplashar bazida smslashib turardik. Raniya u bilan uchrashayotganimni eshitgach men bilan deyarli gaplashmay qoydi. U mendan xafa men esa undan ammo sababini bilmasdim. Bir oy davomida Will bilan hammasi yaxshi edi. Uni judayam yaxshi ko'rib qoldim ammo u ozgara boshladi, men bilan gaplashishni kamaytirdi va bahonalar bilan mendan uzoqlasha boshladi. Bir kuni maktabga erta keldim, Will bilan uchrashayotganimizning 2 oyligi uchun tort sotib oldim, uni hayron qoldirishni istab sinfga borardim ammo sinfdagi ovozlar sabab to'xtab qoldim. Will uchrashganimizga ikki oy bo'lgan kuni Raniyaga sevgi izhor qilib turardi. Kozlarim qanday yoshlanganiyu u yerdan qanday ketganimni hatto eslolmayman ammo osha kuni maktabga bormadim, uyga ham bormadim kun boyi tashqarida yurdim kimdir meni izlarmi deya kuttim ammo ish bilan Chet el ketgan dadam ham, Will ham, yaqin dugonam Raniya ham menga qongiroq qilmadi, kuni boyi yiglab kech uyga bordim, meni tarbiyalash uchun yonlangan ayol, faqatgina u uyga kirganimda nega yiglaganimni soradi aytmadm u ham hech narsa demadi, oshanda onamni juda sogindim ehtimol onam bolganda bunday bolmasdi. Ikki kun maktabga bormadim, hech kim mendan hatto xabar ham olmadi, oshanda tushunib yettimki men hech kimga kerak emasdim, jizzakilik ana oshandan so'ng paydo boldi. Will bilan Raniyaga kelsak Raniya Willni qabul qilmagani uchun Will alamzada menga kelib boshqasini yoqtirib qolganini aytib shunchaki ketti. Ichimda xuddi muzli tosh paydo bo'lgandek, hamma narsadan nafratlana boshladim va siz ko'rib turgan Suji ga aylandim, Raniya bilan esa gaplashmadik, men unga borishni istamadm u ham kelmadi, ehtimol ikkimizga ham Will yoqardi ammo ikkimiz ham uni tanlamadik.
โ xaxa xavotir olmang koreaga yetib keldik deyapmanku oyi
โ seni sog'inishni boshladim, biroz kutganingda birga borardik o'g'lim
โ oyijon meni haliyam 18 yoshli og'lingiz deb o'ylaysiz, o'g'lingiz koreaga qizlarning boshini aylantirishga keldi axir
โ voy senimi yaramas bola! Qizlarni o'ylab aqling ishlamay qoladi yaqinda
โ Saranghaeee Ommaa
โ yetib borib qo'ngiroq qil
โ albatta sizni o'pdim
Qo'ngiroqni yakunlagan Jungkook yuklarini mashina haydovchisiga berib ozi taksiga joylashadi. Sujining intagram sahifasi tomon otlangan barmoqlari uni bugungi vogue BTS ortidagi jarayonlar haqida bo'lishgan suratlari qarshisida to'xtati.
โ aisshh Jungkook nima qilyapsan ozi? Uni na raqamini bilasan na uy manzilini, ammo topding ham deylik keyin nima deysan, men Jungkook man deysanmi? U ham seni ja kutib turibtida, lkn meni sevganku har xolda birinchi muhabbati bolsam
Yo'l boyi hayollari bilan ovora bo'lgan Jungkook bolalik xotiralari saqlanib qolgan osha uyi qarshisiga yetib keldi.
Suratga olish jarayoni yakunlandi, bu orada Raniya bilan umuman gaplashmagan Suji kiyinish xonasidan chiqdi.
- bugungi tashrifing uchun tashakkur gozalim, endi borib damingni ol - Sujining manageri uning sochlarini togirlash bomaynida u bilan suhbatlashadi
- qornim och
- go'zalim uyingga yeguliklar yuboraman endi muammo chiqarmay jim uyingga bor
- xavotir olmang, otam tansoqchi qoygan
- eshitdim yarim guruhimiz azolari almashibti, seni deb kimlardir ishsiz qolayotganini ham oyla Suji
- Yaxshi yaxshi boldi..
Suji menegeriga qol siltab tashqariga otlandi, uning buyumlari esa Yujinning qolida.
Mashxurlar doim paparazzi lar tomonidan taqib ostiga olinishi barchamizga ayon bugun ham Suji va Raniyani kutib turgan olomon orasida paparazzi lar ham bor edi.
Eshik ochilib dastavval Suji undan keyin esa Raniya chiqadi. Muxlislar esa ularning ismlarini chaqirib dasxat soray boshladi.
- Raniya!! Raniyaa!!
- Xayrli kun, Salom
Muxlislari bilan salomlasha boshlagan Raniya oz suratlariga birma bir imzo cheka boshladi.
- Suji!! Suji!! Imzo ber!!
- Heyy, qalaysizlar!!
Suji ham odatdagi kabi o'z suratlariga imzo qoya boshladi.
Muxlislar orasidagi paparazzilar ishoraga ko'ra doim muammolarga o'ralashib yuradigan Sujini bugun nishon qilishgan.
- Sen ham odammisan! - muxlislar orasidan uchib kelgan bakalashka Sujining yuziga tegadi, Sujining qolidan ruchka tushib ketadi. Muxlislar ortga ogirilib bakalashka otgan odamni izlashga urinadi ammo kop odam ichida uni topish ham qiyin
Raniya hayron bolib Suji tomon ogiriladi. U eski dugonasining holiga achinish bilan qaraydi.
Qayerdandir bir soniyada paydo bolgan muhbirlar uni ayovsiz savollar ostiga olishadi.
- Suji, eshitishimizcha Jeon Jungkook bilan aloqada ekansiz, uni aeroportda korishibti, yoningizga keldimi? Demak uchrashar ekansizda
- Suji Onangiz ham shunday bolgan ekan, onangiz va otangiz xiyonat sabab ajralganmi? Javob bering
- oshirib yuborishdiku! - Suji tomon yurmoqchi bolgan Raniyani menegeri toxtatadi
- aralashma, sen muammolardan uzoq bol
"Xiyonat" "Jungkook fransiyadan siz uchun keldimi? " "Onasi ham ozidek bolgan ekanda" " Voy sharmanda "
Turli xil ovozlar quloqlarim ostida jaranglardi.. Onam kasallikdan vafot etgan.. Jim boling bas qiling.. - harakatsiz qolgan Suji uzatilgan yana bir buyum, Ammo bu gal uni Jimin oz gavdasi bilan to'sdi - shovqinlar orasida Suji ko'rgan yagona najot Jiminning ko'zlariga aylandi, Bir soniya ulashilgan nigohlar tutashuvi Sujining yuragini tez urdirdi, Sujini kastyumi ostiga olgan Jimin quloqchinlarda sheriklariga gapirar, qoriqchilar muhbirlarni mashina yonidan olib ketardi, Jimin Sujini mashinaga otirishiga yordam berdida uni bu daxshatli joydan olib ketti.
Muxbirlaru boshqa odamlardan mashina ancha uzoqlashdi.
- Mashinani toxtat
- Uyga boramiz
- Toxtat deyapman
- Xonim, sizni uyga olib borishim kk
Suji oylab otirmay yurib ketayotgan mashina eshigini ochdi
- toxtat yoki sakrayman
- Nima qilyapsiz!
Jimin tezlik bilan yol chetida mashinani toxtatti. Mashinadan tushgan Suji oyoq kiyimini uloqtirib yugura boshlaydi.
Sujining tuflilarini yerdan olgan Jimin uning ortidan yuguradi.
- Suji!
- Yo'qol hammang! Hammangizni yomon koraman!
Yarim yolda baqirib yiglab yuborgan Suji yerga otirib oladi.
- Oyim meni deb o'lgan!! Tug'ish mumkin bo'lmasa ham meni tug'gan!! Kasallik ortirgan!! Lekin ular!! - batarroq yiglay boshlagan Sujining yoniga yetib kelgan Jimin uning yoniga kelib qolidan tutib turg'izadi
- Tinchlaning - Yiglayotgan Sujining yanoqlarini ushlagan Jimin uning yuzini oziga qaratadi
- Suji ozingizga keling, ular paparazzi edi. Buni atay uyushtirishdi - ) Suji Jiminning kozlariga shunchaki tikilar uning koz kosasi yosh bilan to'la edi.
Sujing nigohlarini kuzatgan Jimin bu gal sekin uni ozining bagriga oldi. Taskin berish maqsadida qilingan bu ish Sujining muzlab qolgan yuragini yana bir bor goyo boshashtirdi.
Pov Suji : Erkak kishi beradigan taskin... Bu shunday hismidi? Uning xavotirli kozlari shunday bolishi kerakmidi? Issiq quchog'i shunchalar taskin beruvchi va qulay bolishi mumkin emas.. Sochlarimni silagan bu barmoqlar menga taskin berardi.. Seni.. Oshanda, ehtimol sevib qolibman.. Men ilk bora erkak kishiga suyansa bolishini angladim aynan sening qollaring orasida.
Ancha yillardan beri hech kim yashamayotgan uyning ahvoli biroz yomon, hamma yoq chang va biroz eskirgan holatda edi, uy ichiga kirgan Jungkook vaziyatni korib qattiq uff tortdi.
- uyga kelishdan oldin bu muammo haqida hatto o'ylamapman ham - ) jamadonini pastda qoldirgan Jungkook zinalar boylab kotariladi. Ozining yoshligidagi xonasiga kirarkan labiga jilmayish yuguradi. Kichik yotoqda otirib olgach mato ustiga qol yugurtiradi.
- shunday kichik bo'lganmanmi? - ) oziga ozi kulgan Jungkook bu gal tortmalar tomon otlanadi.
Har bir tortmani ochib korib eski oyinchoqlari va rasm daftarlarini tomosha qiladi, u yaxshi rassom bolgan yoshligida qasoskorlar jamolasining suratlaridan karikaturalar chizgan Jungkook ularni yana bir bora eslab xotiralarini yodga oladi. Yana bir tortmaga qol cho'zadi u yerdan, qizlarning soch to'g'nog'ichi, qoli singan qo'g'irchoq va Jungkook bilan tushgan bir qizning suratini topadi.
- bular nima boldi? - ) narsalarni qoliga olgan Jungkook, qizni kimligini tanigach ishonqiramay ornidan turib kula boshlaydi.
- to'xta!! Sujimi bu? Unga o'xshaydi, buncha xunuk -) baland ovozda kulayotgan Jungkook eski xotiralarini yodga oladi.
- nahotki uni men ham yoqtirgan bo'lsam.. Qanday unutdim. Mening ilk muhabbatim Suji bolganmi -) derazadan qoshni uyga qaraydi Jungkook
- yodimda xonalarimiz yonmayon edi, uni derazasiga tosh otib doim jig'iga tegardim , haliyam shu xonada turarmikan -) Jungkook chindan oziga qiziq mashg'ulot topdi u endi Sujini tinch qoymasligi aniq.
Sujini amallab uyga olib kelgan Jimin unga eshikni ochib beradi va tushishi uchun qolini uzatadi, Jiminning qolini etiborsiz qoldirgan Suji uyga yugurib kirib ketadi.
- Suv ber -) soraydi Suji oshxonadagi xizmatchidan
- dadam keldimi? -) Suv ichayotgan Suji xizmarchidan soraydi.
- Janob Go, Dadangiz ish bilan Xitoyga ketganini aytdi , Menegeringiz yegulik va shirinliklar yuboribti xonim.
- ozingiz yeng -) dadasi yoqligini eshitgan Sujining ishtaxasi ham tushib ketadi va xonasiga chiqadi.
- kimga ham keragim bor.. , aish boshim og'riyapti -) bir ikki soniya yotog'iga yotgan Suji sekin ornidan turadi va xonasining derazasidan mo'ralaydi.
Bu paytda Sujining derazasiga qarab turgan Jungkook uni koradi , yuragi tez urgan Jungkook qolini koksi ustiga qoyib shivirlaydi.
Pastda sheriklari bilan suhbatlashib jilmayib turgan Jiminni derazasi ortidan kuzatayotgan Suji, unga uzoq tikiladi, yigitning kulgulari uning yuragiga ajib notanish hislarni berar Suji esa hech narsaga tushunmasdi.
Pov Suji : U chindan chiroyli kuladimi.. Yoki kozimga korinyaptimi.. Tushunmasdim.. Ammo bu yuragimni juda tez urdirayotganini his qilardim.. U qopol hatto menga qiziqmasdi ham ammo unda nimadr meni unga qarashga uni atrofida aylanishga va har soniyada korib turish istagi paydo bolishiga undardi.. Uni kuzatish menga yoqa boshlagandi.
Uyiga yetib kelgan Raniya dastlab buyumlarini xizmatchilariga topshiradi.
- Omma, Omma qayerdasiz? - baland ovozda onasini chaqiradi.
- Xonim ish bilan Xitoyga uchib ketti
- Shunaqami? Nega menga aytmadi qiziq - ) hayron bolib har doim ichadigan qulupnayli sharbatni xizmatchidan oladida xonasiga chiqadi.
Sharbatdan bir hoplam uchgan Raniya uni stol ustiga qoyib yotog'ining bir chekkasiga o'tiradida etiklarini yechib gavdasini yotogi ustiga tashlaydi, va telefoniga bolayotgan qo'ng'iroqni oladi.
- Xayrli kech, farishtam
- Salom John
- bugun Vogue ni yondiribsan
- qoysangizchi doimgi ishim
- sen eng zorisan ilhom pariyim
- nega qo'ng'iroq qildingiz
- ertangi rejalarni toxtat, Celine ga borasan
- Fransiyagami?
- xa, suratga olish ishlari boladi. Sen bilan birga Park Bogum va Kim Taehyung ham osha yerda boladi
- Kim Taehyung? Bogum hammi?
- xaa azizam
- mayli tushunarli
- xayrli tun
Suhbatni yakunlagan Raniya telefonini otib sharbatni qoliga oladida yuvinish xonasiga kirib ketadi.
Deyarli bir soatdan beri xonasida yotgan Suji zerikayotganini his qiladi. Dadasi uyda yoq, Jimindan esa qochib ketish yolini qila oladi.
Ornidan turgan Suji kiyinib sumkasiga telefon, hamyoni va sigaretlarini solgach qulayroq kiyinadida derazasi yonida o'sgan katta emanga qadam qoyadi. Daraxt ancha katta va u orqali Jungkook larning uyiga o'tish mumkin. Daraxtga tirmashib Jungkook larning tomiga o'tayotgan Suji Jungkook aynan uydaligidan butunlay bexabar va doim qochganidek bugun ham shu orqali qochib keta olaman deb oylardi.
Amallab qoshni uyning tomiga o'tgan Suji kichik devorchalar orqali yura boshladi.
- qoyil o'ta olding, o'rgimchak odam bop kete - ) bir soatdan beri Sujini kuzatib turgan Jungkook kartoshka frilaridan birini og'ziga solib unga qarsak chaladi.
- Omo!! - ) Jungkook ning ovozidan chochib ketgan Suji tirqishni qoyib yuborib qayta ushlaydi va Jungkookka jim bol deya ishora qiladi.
- sen osmondan tushdingmi!! Baqirmaa!!
Birdan Jim bolgan Jungkook har yoqqa alanglaydi va Suji yugurib ketgan tomonga qarab ketadi.
Tomdan tushib uyga kirgan Suji Jungkook ni yelkasidan ushlab nariroqqa olib ketadi.
- og'rilik qilyapmizmi? - ) soraydi Jungkook
- sen..! Huf.. Qanaqa ogrilik qochayotgandim
- qochayotgandim? Men oylabmanki kelganimni eshitib yonimga kelyapsan deb - ) Sujining yuziga yaqinlashib qoshini qoqadi Jungkook
- aaiish Seni boshimga uramanmi?
- yuragimni yaralading
- ma yopishtirib ol -) cho'ntagidan plaster chiqarib beradi Suji Jungkookka, plasterga qarab qolgan Jungkook jilmayish bilan uni chontagiga solib oladi.
- qayerga qochayotgandik, yoki kimdan? Dadangdanmi
- Aniiyaa, bir yigitdan.. Ozimdan, yuragimdan, uying buncha iflos - ) qoshib qoyadi Suji gap oxirida
- hali tozalab ulgurmadm, senn qanday yigit!? Kimu? -) yuz tuzilishi ozgargan Jungkook Sujiga ergashadi.
- senga nima?
- men haligi.. Bilishim kerak..
Jungkook past ovozda aytgan gaplariga etibor bermagan Suji uydan chiqadi va bir kalitni Jungkookka otadi.
- Bu nima?!
- Uyingni kaliti ozing qulflab ol
- Kalit senda nima qilyapti?? - ) Hayron bolib soraydi Jungkook
- bu uyingdan birinchi qochishim emasdi endi ozing yopib ola olasan -) Jungkookka jilmaygan Suji Anyongg degancha unga qol silkib uydan chiqib ketadi.
- u g'irt bezori.. - ) alla qachon ketib bolgan Sujining ortidan qarab qolgan Jungkook yana tez urgan yuragi ustiga qolini qoyadi..