๐ณ๐ง๐ค ๐ฒ๐ค๐ฎ๐ด๐ซ ๐ข๐จ๐ณ๐ธ
๐๐ข๐๐๐ข๐ง๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐๐'๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐ .
Haqiqatlaru ogriqlardan qochish mening doimgi odatlarimdan biri , onamning yo'qligi har gal menga ogir botadi, vaholanki men onasi yoq yagona inson emasdim, yoxud otamning ishqiy munosabatta ekanligini uzoqdan ko'rib turish ammo bu ham faqatgina men bilan sodir bo'lmayapti , bu dunyoda minglab oilasiz insonlar bor ammo men o'z hayotimda yashayman bu sabablarning bari meni yaralab keladi, sevgi borasi ham shunaqa edi, ilk bora sevib qolganimda xiyonatga uchrashim xatto hayolimga ham kelmasdi ammo bu sodir bo'lganda yuragimda paydo bo'lgan ogriq hamon yodimda balki shuning uchun ham men sevishga intilmadim, istamadim, va qiziqmadim ammo yo'q, men chegaralarni oshib o'ttim, bir yigitning qora ko'zlari va uning qarashlari har tun uxlashdan oldin ko'z o'ngimda gavdalanadi va yurak zarblari paydo bo'ladi.. Va men qo'rqaman, nahot takror sevib qolgan bo'lsam.. Unimi?
Niqob ortida u borligini hatto hayolimga ham keltirmadim, shunchaki g'ururimni saqlash, "kimsan Lee Suji mag'lubiyat badalidan qochdi " kabi muqobalalar ortida qolish men uchun eng daxshati, tan olaman qo'rqdim chunki qizlar uchun muhim bo'lgan ilk bo'sam begona bir yovvoyiga berib yuborilayotgandi, kaftimni musht qilib olgandim toki ular qarshimdagini urib yubormasin ammo u yuzini ko'rsatganda nafas olishdan to'xtab qoldim.. Chunki bu men oshiq bo'lgan osha yigit edi. Yuragimdagi kuchli hayajonni ehtimol u ham eshitdi, hayotim davomida hech qachon bunchalik titramadim ammo u kelib , malikasini o'ziga tortib bag'riga olgan shahzoda kabi meni ham quchog'iga oldi, u joylashtirgan kaft boynim sohasida egalik qilingan kabi o'rnashdi va nafis bo'sa meni es hushimdan ayirdi. Eng daxshatlisi esa bu menga yoqqani edi, uni bir zum yonimda ushlab, keng yelkalaridan qollarimni orash hissi bir soniyaga meni aqildan ozdirdi ammo yoq.. Suji.. Sen bunday qilolmaysan.
Biroz kilometrga uzoqlashib u shunday dedi " Seni o'zim olib ketaman " va kozlarimga tabassum bilan tikildi. U bunday qilmasligi kerak axir, bu nafis tabassum ham menga juda yoqib qolgandi.
Go'yo endi tuxumdan chiqqan polapon sozlash uchun jumla topolmay qolgan kabi kozlariga tikildim u esa osongina bu joyni tark etti, olomon orasida qolgan men, yuragim esa u bilan ketib bolgan faqatgina tanam odamlar orasida mudrab yotardi.
O'yin haliyam boshqa o'yinchilar tomonidan davom etilardi, biroz u yerda qolgan Suji odamlar etiboridan qolgach Barbara bilan shunchaki ishora orqali xayrlashdi, moviy dengizni oz joyida joylashtirgach qora mashinaga suyanib turgan yigitga kozi tushdi.
Jiminning bir qolida mashinaning kaliti ikkinchisi esa cho'ntagida egnida qora kamzul va qora rangli jensy shim kiyib olgandi.
Ohistalik bilan qadam tashlab kelayotgan Sujini korgach unga eshikni ochib berdi va Suji ortiqcha sozsiz mashinaga otirdi.
- ahvoling yaxshimi? -) o'lik sukutni buzgan Jimin boyagi qilgan ishi uchun hamon dakki eshitmaganiga hayron, ora orada tashqaridan koz uzmayotgan Sujiga qarab qoyardi.
Sujidan hech qanday sado kelmasdi, u eshitmadimi?
- Ahvoling yaxshimi dedim? -) ehtiyotkorlik bilan takror soradi Jimin, bu gal Suji eshitdi ammo yana javob bermadi u nimalardir haqida chuqur o'ylardi.
Masofa ancha qisqara boshlagan mashina deyarli yolning yarmida ammo haliyam Sujidan javob ololmayotgan Jimin tobora sabrsizlanardi, uning nigohlari tashvishli, u qiziqishi kerak bolmagan insondan hozirgina tashvishga tushdi, nahot xato qildi?
- nimadir demaysanmi -) svetaforning qizil chirog'ida toxtagan Jimin Sujini korish uchun orqa o'rindiqqa yarim egilib qaradi. U haliyam umid bilan qarab turardi.
Nihoyat Jimin etibor ola oldi, Suji yashil chiroq yonganini aytdi , Jimin yana mashinani yolga soldi.
- nega meni o'pding.. Hislarimni chalkashtirib yubording... -) Suji o'ychan savolini o'ngida ham aytib yuborganini tushundi ammo u bu savolni inkor etmadi.
- men u joy haqida qanday bilding degan savol kutgandim..
- bu ham qiziq.. Ammo bundan muhimroq narsalar bor miyyamda
- qanday savollar -) yana bir qizil chiroq sababli toxtaydi mashina
- menimcha.. -) Suji biroz sukut saqladi u aytishga jurat eta olarmikan, mashina es yana yo'lga tushdi.
- seningcha Nima Suji?
- menimcha menga yoqasan.. -) va mashina yol ortasida tormoz bilan toxtadi. Hali bunga tayyor bolmagan Jimin ortga qaradi..
- tashvishlanma, meni sevishga majbur emassan... -) dedi Suji darhol
Ularning ikkisi ham bir biriga jim tikildi, ortdan eshitilgan sabrsiz signallar sabab Jimin burildi ammo Sujiga hech qanday javob bera olmadi. U shunchaki rulni siqdi. U oz qasosiga etibor berishi kerak bolgan bir onda, ozining hislarini nazorat qilishi kerak ammo negadir tez urgan yuragini etiborsiz qoldirishga urindi.
"Yoq Jimin jim.. " bu ichki ovoz faqatgina Jiminga ayon xolos.
Mashina tanish kocha boylab kirib kelardi, shu fursat borasida umuman suhhatlashmagan Suji va Jiminning xayollari oz mavzulari bilan band.
Qorg'on ichiga kirishgach Jimin Suji o'tirgan tomon eshigini ochdi. Oyog'idagi poshnalarini togirlab olgan Suji mashinadan tushdi ammo hali ketmasidan Jimin uning bilagidan tutdi. Ammo nega hatto ozi ham bilmaydi.
- aaa.. Men.. Seni osha kuni kuzatgandim -) nega bunday qilganining sababini shu bilan oqalagan Jimin Sujining bilagini hamon siqib turardi.
- Janob Yoo, kuzatishimni soragani uchun ortingizdan bordim ammo sen boshqa joyga ketting, bu shubxali edi, seni poygada korib aqildan ozishimga oz qoldi. -) songgi jumlalarni hazl tariqasida aytgan Jimin Sujining bilagini qoyib yubordi.
- tushundim.. Ortimdan kelishing mumkinligini hatto o'ylamapman. Hozir savoling kop bolsa kerak.. Men poygani oydinlashtiraman, Barbara har chorshanba Kuni sen korib turgan poygani uyushtiradi, poyga noqonuniy bolishiga qaramay u vaqti chog'lik uchun o'tkaziladi, tushgan mablag'lar " Mehr " jamg'armasining fondiga yuboriladi. Bu fond uysiz va yetim bolalarni ayollarni qollab ularni himoya qiladigan jamg'arma.. Bilishing kerak bo'lgani shular.. Mashinada aytganlarim haqida esa unutsang ham mayli.. -) Suji shunchaki tabassum qildi va keta boshladi.
- kechir -) hali endi 2 qadam uzoqlashgan qizning ortidan sado keldi...
- nima uchun
- ruxsatingsiz.. Seni o'pdim..
Ammo bu ham Sujini tabassum qildirdi..
- ilk bo'sam.. Qandaydir begona emas sen bo'lganingdan xursand man, xayrli tun.
- ilk..? Men birinchisimidim..? -) allaqachon uyiga kirib bolgan Sujinung ortida qolgan Jimin oziga ozi shivirladi.
Harorat ancha ko'tarilgan kuz fasli Koreaga kirib kelganidan beri havolar ham ancha sovuqlashgandi. Har doim ishkallaru muammolar bilan o'ralashib yuradigan men, osoyishta va sokin insonga aylanib qolgandim, endi qochishni emas biroz muttad uni yonida qolishni istardim, xuddi quvnoq va shovqinli yoz uzoqlashib harorat kabi men ham kuzga moslashgandek edim, tabiatni tomosha qilish, qushlarni, osmonni kuzatish va hamma narsadan uning yuz tasvirini topa boshladim, uyg'onganimda ilk bora uning ismini eslab, uyquga yotganda ham faqat uni o'ylab qoladigan bo'lib qoldim, men avvalgi Lee Sujidan o'zgarib qolgandek edim. Bu gal sokin va jimroq..
Oradan kunlar o'ta boshlagandi, Men Jungkook bilan ishlay boshladim, hamkorligimiz foydali bolish bilan birga hayotim qiziqroq bola boshlagandi, odatda kechgacha U bilan qolib ketaman va uyim u muammolar biroz unutiladi, yana moda namoyishlariga ham arang vaqt ajratardim, Jungkook meni hech yolg'iz qoymasdi, Jeon kampaniyasining CEO si bolishiga qaramay vaqti men bilan o'tardi.. Bilaman u meni yoqtiradi ammo ayta olmaydi, uning ko'zlarida men Jiminga his qiladigan tuyg'ularni ko'rganimda qo'rquvga tushaman men uning tuyg'ularini jarohatlashni, uning beg'ubor va pok yuragiga ozor berishni istamayman, u yaxshi inson, hatto Jimindan ham yaxshi, u juda mehribon va g'amxo'r ammo qalbim meni qo'limda emas men tanlab seva olmayman axir. Yuragim uni emas buni sev deya olmaymanku.. Axir siz ham sevgansiz yuragingizga buni sevma uni sev deya olmagansiz. Chunki biz sevgini boshqara olmaymiz, sevgi bizni boshqarar ekan..
Park Jiminning nigohlarini bazida kuzataman ular sovuq , u meni yaxshi ko'rmaydi buni bilaman ammo undan kecha olmayapman.. Uni har kun yaxshi ko'rib qolyapman, u hech narsa qilmaydi hech nima ammo men ozimni tushuna olmayapman, balki u har gal yomon kunimda yonimda bo'lgani uchundir.
***
Oradan ikki hafta o'tibti hamki biz Kim Taehyung bilan na uchrash va na gaplashdik.. Ammo bu vaqt men uchun u allaqachon yaqin odamga aylanib qolganini anglash uchun yetarli bo'ldi.
Barchasi men u haqidagi shou larni korishni boshlashim bilan boshlandi. Ularning guruhi " Run Bts " nomli kundalik korsatuvlarni joylab borgan ekan, undan tashqari men muxlislar orasidan Weverse nomli ilova haqida bilib oldim, u bu ilovada jonli efirlarga chiqqan ekan, men ikki hafta mobaynida har kuni har daqiqa u bilan bog'liq har bir ko'rsatuvni ko'rib chiqdim, uning "Layover" deb nomlangan albomidagi har bir qo'shiq menga xush yoqti. Ularni har daqiqa eshitardim, Spotify playlistim Bts va uning qo'shiqlari bilan to'lib qolgandi. Ehtimol men bu yigitga muxlislari kabi g'oyibona oshiq bo'ldim yoki bu shunchaki qiziqish ammo bilmadim, men shu oqimga tushib qoldim, xuddi " obsessiya yoki addiction " kabi bu bog'lanib qolishga o'xshaydi ammo juda kuchli his tuyg'u edi.
Bugun aktyor Kim Woo Bin va Aktrisa Shin Mina ning toyi kuni, bundan ikki oycha avval men Kim Woo Bin bilan bir reklama shouida suratga tushdim, biz oshanda yaqindan tanishdik, bugun uning toyiga taklifnoma oldim, aslida borishga uncha xushim yog'u ammo bormaslik hurmatsizlik bo'ladi, ularga toyona sifatida katta gul va pul yubordim, Koreada doim toyga mana shunday tuxfalar qilishadi, bu milliy odatoni onamdan o'rganganman.
Toy uchun ortiqcha yasan tusan qilish bu koreyslarga xos ishlardan emas, ular zeb berishadi ammo meyor bilan, Raniya ham kecha uchun oddiyroq ammo yorqin ko'rinish tanladi, mashxurlar odatda bir xil sochlardan zerikishadi va imij larini tez tez o'zgartirib turishadi, Raniya ham ikki kun oldin sochlarini butunlay qora rangga bo'yadi, ammo bu korinish hali omma etiboriga tushmagan ammo bugun shock xabarlardan biriga aylanishi turgan gap. Oddiylik bilan yuqoriga olingan sochlar " messy bun " uslubida turmaklangan, egnidagi kalta libos esa uning uzun oyoqlarini arang yopib turardi, libosdagi chiroyli kungaboqar bezaklar esa Raniyaning korinishini yorqinlashtirib turardi. U egnidan oddiy kamzul kiydi va Kim Woobin va Shin Minaning toyiga yo'l oldi.
Zerikarli toy ham boshlangan, zerikarli deyishni o'zi balki nojo'yadir nima bolganda ham bu dostimning toyi kuni, muhimi esa ular baxtli edi, ammo atrofimda juftliklarni korib hasad ham qilayotganim rost, men yolg'izman axir.., va shu payt marosim rahbari elon qildi " Sizlarni er va xotin deb e'lon qilaman, kelinni tabriklashingiz mumkin " men bu soniyalarga qaray olmasdim, ular hammamning yonimizda o'pishishdi , bu ajoyib his bolsa kerak.. Mana men hali biror bir ayolni o'pib ham ko'rmadim, yagona bo'sam esa Run Bts da bo'lgan osha daxshatli bosa xolos, naqadar yolg'izman
Kelin va kuyovni tomosha qilayotgan Taehyung ning xayoliga faqat shu o'ylargina kelardi, u yon tomonga biroz nazar tashlab chiqdi va qizlar orasida qarsak chalayotgan Raniyani ko'rib qoldi.
- u ham shu yerdamimi?? -) Taehyung benihoya xursand bo'ldi, ehtimol u ozi uchun umid uchqunlarini faqatgina undan topa oldi. Endi qizni ham oziga qaratish kerak.
- yigitlar men hozir kelaman, davom etavering -) Taehyung aktyor dostlarining yonidan arang chiqib oldi.
Va Qoliga ikki qadah ichimlik olib Raniyaning yoniga bordi. Ikki haftadan beri korishmagan va ehtimol biroz sogingan Taehyungini korgan Raniya biroz hayratlangan bolsada u bu uchrashuvdan xafa emasdi.
- xayrli kech Raniya, bu senga -) qadahni qizga uzatdi
- Xayrli kech sengayam
- anchadan beri korishmagan edik
- ikki hafta -) dedi Raniya kozini kelin va kuyovga qadarkan biroz ichkilik simirib. Marosim esa kelin kuyovdan musiqa kechasi qismiga o'tdi, zal ichida musiqa yangrar, mehmonlarning shovqini esa uzoqdan eshitilayotgandek tuyulardi. Taehyung esa Raniyaning yonida turib, bir muddat indamay uni kuzatdi.
- Ikki haftaโฆ ammo menga ancha uzoqdek tuyuldi, -) dedi Taehyung Raniya tomon yengil egilib.
Raniya uning soโzlariga javoban yengil kulib qoโydi, ammo koโzlari hanuz kelin bilan kuyov tomonda edi.
- Sen doim shunaqa gapirasan, โ dedi u sokin ohangda.
- Ikki hafta unchalik ham uzoq emas.
Taehyung yelkasini qisdi.
- Balki sen uchun. Lekin men uchun emas.
Bir lahza sukunat choโkdi. Musiqa kuchayib, raqs maydonchasida juftliklar aylana boshladi. Taehyung esa qadahidagi ichimlikni sekin aylantirib turar, goโyo nimanidir oโylayotgandek edi.
- Raniyaโฆ -) dedi u nihoyat.
- Rostini aytsam, seni sogโindim -) Taehyung dan bunday keskinlik kutmagan Raniya bu safar unga qaradi. Chaqnoq ko'zlar va keng lablar bilan
- bir birimizni sog'inadigan daraja yaqinmidik? -) dedi u kinoya bilan qadahini chayib.
- yaqin bolmagan bolsak, kel bo'lamiz? Sen ham yolg'izsan, men ham, urinib korish ortiqchalik qilmas.
Raniya jim bir muddat unga tikildi " U jiddiy gapiryaptimi? Bu uchrashaylik deganimi? Aniya Raniya dramatik bo'lma "
- mayli, yana bir do'st ortiqchalik qilmaydi. -) Raniya bosh qolini Taehyung tomon chozdi. " Do'st? U meni tushunmadi yoki atay shunday dedi " - Taehyung ham qolini berdi.
- unda dostim, seni bu zerikarli toydan qutqarishimga nima deysan
- qanday?
Taehyung hech nima demay uni qolidan ushlab olib keta boshladi.
- qayerga ketyapmiz. Axir tashqarida Paparazzi bor! -) Raniyaning keskin ogohlantiruvi Taehyung ni joyida toxtatdi.
Taehyung jim bolib qoldi, u nimalarnidir xayol qilardi. " Qaniydi, oddiy odam bo'lganimda.. " u ozi tomon qarab turgan Raniyaning chaqnoq kozlariga tikilib bir muddat mashxur bolmaslikni xohladi.
- bopti, balki orqa tomonmi, oshxonami boridr chiqib ketamiz.
Ular yana birga toyxonani tark etishdi.
- bo'ldi men boshqa suratga tushishni istamayman, charchab kettim, axir kech ham tushib bo'ldi. -) Suji suratga olish studiyasida o'tirardi, yangi kalleksiya uchun ishlar biroz ko'p va U asosiy model bo'lgani uchun kampaniya uning suratlari bilan to'ldirilishi kerak edi.
- Janoblar menimcha tugatsak bo'ladi xonim charchadi, kimdir Janob Jeonga xabar bersin -) Yujinning tashabbusi bilan odamlar tarqala boshlashdi, u esa Sujini qolidan tutib kiyinish xonasiga olib ketti.
Birozdan so'ng - Jungkook ham keldi, ishni yakunlash aytilgach xodimlar ham narsalarini yig'ib keta boshlashdi, Suji ham shular qatorida.
Suji va Yujinni olib chiqqan Jimin ularga mashinaga otirishiga yordam berdi.
- Jimin, avval Yujinni uyiga olib boraylik, keyin meni dadamning yoniga olib borasan, Saylov sabab u ham ishxonada bo'lsa kerak, biror yegulik olib boramiz
- Tushunarli -) deya javob bergan Jimin mashinani yolga tushirdi.
Mashinada qo'yilgan sokin, musiqa va tashqaridagi bulutli havo barchaning kayfiyatiga g'oyibona tasir qilgan, Yujin ni manzilga eltishgach Suji dadasi uchun tanish qahvaxonadan marinad qilingan mol goโshti qovurmasi - Bulgogi nomli yegulikni sotib olgach kampaniyaga ketishadi.
Manzilga kelganimizda Jimin doimgidek mashinani ochib berdi, jilmaydim va rahmat aytdim.
- sen ham borasanmi? -) sorayman men bilan kelayotganini korib
- albattada, tansoqchingmanku -) u jilmayib yol boshladi, eshiklarni ochib berdi, men uchun lift tugmasini bosdi, jentlmenlardek menga birinchi yo'l ochdi, liftdan chiqqanimizda menga ergashib keldi va dadamning xonasi tashqarisida qoldi. Men esa haliyam ishlayotgan dadamning yoniga kirdim.
Kichik eshik taqqilashidan so'ng, qomati chiroyli, oziga meyor bilan qaragan ayol qoliga yegulik kotarib kirib keldi, Janob Yo ayolni korishi bilan tabassum qildi va aylanadigan stulini u tomon burdi.
- xush kelibsiz azizam -) quchog'ini ochishi bilan ayol ham uning oyoqlariga otirdi.
- bugun bu yerda kechgacha qolishingizni bilib darrov yetib keldim. -) deydi u kozlarini Janob Yo ning lablariga xiyol tikib
- siz keldingizu barcha charchog'im yoqolgandek boldi azizam -) dedi u ayolning sochlarini togirlab.
- siz energiyangiz bolish baxt -) ovoz chiqarib kuladi ayol va Janob Yo ning boynidan quchoqlaydi.. Toki xonaga Suji kirib kelmagunicha...
Dadamga doim Bulgogi yoqqan, ayniqda u doim dam olish kunlari Oyimning u uchun tayyorlaydigan maxsus Bulgogilarini yeyishni yoqtirardi, Oyim tayyorlaydigan Bulgogi juda ajoyib bolardi osha paytlari juda baxtli edik, tez orada saylov boladi, Dadam bilan biroz uzoqlashdik, bugun uni oilam sifatida juda sogindim, sevgan ayolini ham qabul qilishga urinyapman, u hali yosh baxtli bolishga haqli..
- Surprise, anyong.. Dad.. -) goyo vaxt toxtadi, Dadam va Youngmi xolam.. Raniyaning onasi.. Onamning ornini olgan o'sha ayol.. Raniyaning onasi.. Onamng dugonasi, xola deb katta bo'lgan ayolim ekan..
- ah.. Suji, xush kelibsan.. Haligi biz.. -) shoshib qolgan Youngmi xonim Janob Yoning quchogidan turishi bilan kozlarini yerga qadab bahona izlash boshladi
- Suji.. Xush kelibsan qizim.. Tasodifan kelganingga..
- Aniya.. Men.. Buni sizga olib kelgandim.. Xayrli kech.. -) Suji karaxt ahvolda idishni stol ustiga qoydi va hech kimni eshitmay xonadan chiqib ketti.
๐ฃ๐ฃ - ๐๐๐๐ ๐๐๐๐บ๐ฝ๐.
๐ด๐๐๐ ๐๐๐ฝ๐ฝ๐บ๐๐ ๐ ๐๐บ๐๐บ๐ฟ๐ฟ๐๐ ๐๐ผ๐๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐'๐๐บ๐๐๐บ๐, ๐๐๐๐๐๐ ๐ ๐๐๐๐๐ ๐บ๐บ ๐ค