๐ณ๐ง๐ค ๐ฒ๐ค๐ฎ๐ด๐ซ ๐ข๐จ๐ณ๐ธ
๐๐ข๐๐๐ข๐ง๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐๐'๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐
โ Hamma narsa go'yo chigallashib, boshqa tomonga aylanib ketganga o'shardi.. Taqdrimiz oldida ojiz ekanmiz, u bizga rejadan tashqari sovg'alarni ham tayyorlab qoyar ekan..
Ikki daqiqalik bag'riga bosish sabab biroz yengillashgan Suji boshini ko'tarib yoshlangan ko'zlarini artdi, Jimin esa uni shunchaki tomosha qilardi, qizning ko'z yosh sabab darrov ishib qoladigan ko'zlari va qizarib qolgan burni va lablari barchasi yoqimtoylik darajasini oshirib turardi.
Suji faqat bosh egib tasdiqlaydi.
- kech bo'ldi, endi uxlashing kerak
- aniya -) norozilik bilan maysa ustidan turadi Suji
- bir joyga borishim kerak
- ha demay tong otadi, seni uxlash niyating yoqmi?
Suji bosh burib uyi tomon qaraydi, u yerda otasi boshqa bir ayol bilan birga, Suji uchun bu og'ir, dadasi bir umr o'lgan onasini sevib yolg'iz o'tishga majbur emas albatta u buni yaxshi tushunadi, ammo begona ayolning onasi o'rnida ekanligini ko'rish ham juda og'riqli.
- uyga kirgim kelmayapti, a.. Ishtasang uxlayver, men o'zim borib kelaman
- aniyaa hech qachon, yashirmayman sendan shubhalanaman yana qayerga bormoqchiliging qiziq
- xuddi jinoyat ustida ushlab olgandek gaprishing g'alati
- tog'ri hali bunaqa vaziyatda ushlamadim
Sujiga uni allaqachon ko'rib bolganini bildirmagan Jimin shunchaki hech narsa bo'lmagandek jilmaydi.
- bopti kettik, seni olib boraman axir tansoqchingman
- ha ammo shu kunlarda ko'proq haydovchimga aylanib qolyapsan
Jimin har gal gaplarimdan so'ng jilmayar yoki biroz ovoz chiqarib kulardi, kulganda kozlari odatda kichrayib qoladi, yanoqlari keng yoyilib oppoq dur kabi tishlari ko'rinadi, qora sochlari esa oy shulasi ostida xira tovlanadi bu juda g'alati his ammo yuragim bezovta, bilaman bu g'alati men uni ilk ko'rishdayoq yoqtirmadm ammo nega nega yig'lagan onim paydo bolib ko'z yoshlarimni artaveradi, men erkak kishiga suyanishni istamayman ammo unga kelganda kuchsiz bo'lib qolyapman unga suyanib qolmayman degan umiddaman
Yo'l boyi Jim ketgan Suji kozlarini derazadan uzmay faqat osmonni va yulduzlarni kuzatib ketti, u ozining hayollaridan va Jiminning yonida tez urayotgan yuragidan bezovta edi..
- bitta to'xtay olasanmi shu yerda iltimos -) Birdan boshini ko'targan Suji Jimindan mashinani to'xtatishini sorardi.
- Suji bu yer yo'l usti bolsa mumkin emas
- Toxta dedim!
- aiishhh
Jimin mashinani chetga olib to'xtatdi. Darhol mashinadan tushgan Suji yo'l yoqadida bir nechta dasta moychechak va atirgul ushlab turgan bolakayning yoniga bordi. Avvaliga tushunmagan Jimin bolani payqamagani uchun ozini biroz aybladi.
- bolakay -) g'ujanak bo'lib sovuqda turgan bola horg'in ko'z ochdi
- bu yerda nima qilyapsan? -) Suji undan soraydi
- Gulimni sotib oling -) aftidan bolakay juda charchagan
Suji darhol hamyonini olib undan 100 dollar chiqarib bolaning qoliga beradi.
Hayron bolgan bola esa Bir pulga bir Sujiga qaraydi.
- bu ko'p opa
- uying qayerda -) savolni javobsiz qoldiradi Suji
- bir bekat narida
- bu yerda nima qilyapsan
- dadam gulni sotmay uyga kelma degan
Bolakayning javobidan hayron bolgan Suji va Jimin bir biriga qarab oladi.
- bu pulni dadangga ber -) Suji 100 dollarni korsatib va hamyonidan 20 ming won chiqarib bolaning shimidagi kichkina cho'ntagiga soladi.
- bu esa senga, buni ularga ko'rsatma -) bolakayga qarab jilmayadi Suji chamasi 12 yoshlar atrofidagi bolakay Sujini bo'ynidan quchoqlaydi va Rahmat deydi.
Ularni kuzatib turgan Jimin yana hayratlanadi, qiziq bu qanday inson ozi? Bu qiz bunchalar mehribon bo'lmasa? U qopol va odobsiz ko'rinadi, poyga o'ynaydi, chekadi ammo kechalari yig'laydi, hayotda otasidan bo'lak hech kimi yoq, hech kimga suyanmaydi, har gal o'ylagan narsalarim butunlay boshqa narsa bo'lib chiqyapti hayratdaman -) Suji va bolakayni kuzatgan Jimin ham bu gal ular bo'yi o'tirdi va bolakayning sochini siladi
- seni uyingga olib boramiz -) dedi
Bolay Jiminniyam ozi tomon tortib u va Sujini birdan quchoqladi, go'yo tashqaridan bir oiladek koringan Suji Jimin va bolakay xuddi haqiqiy oiladek korinardi.
Bolakayni orqa orindiqqa qoyishgach Suji Jimining yonidagi old oringa o'tiradi va mashina yo'lga tushadi.
- xolajon -) sukutni buzadi bola Suji hayron unga qaraydi
- Xola?! Shunchalik qariga o'xshaymanmi?
Birdan ruldagi Jimin kulib yuboradi
- Uzur opa -) deydi bolakay gapini togirlab
- Aniyaa aniya, xola deyver unga yarashdi -) deydi Jimin mazax qilib
- uni esa amaki de -) deydi Suji Jiminga ishora qilib , bolakay ham kuladi
- Xola amaki, meni bolangiz bilan tanishtiring, uyimizga mehmonga keling, kichik singlim bor tanishtiraman -) kozlari quvnab ketgan bolakay Suji va Jimin batamom noqulay vaziyatga soldi
- ah.. Biz.. Bola -) Jimin Sujini toxtatadi
- albatta bir kun seni oldingga ularni olib kelamiz -) deb qoydi, Suji nimaa!? Deya ishora qildi ammo Jimin shunchaki jim deb qoydi.
Narigi bekatda otib bolakayni uyiga olib borishdi, Suji gullar uchun rahmat deb qoydi
- aa hey shoshma isming?
- Ismim " Ali " -) bolakay shunday deb uyga kirib ketti, Korea uchun noodatiy bo'lgan bu ism unga juda yoqti , u " Ali " deb shivirlab qoydi
- ozi yuzi boshqacha edi, koreys emasligini tahmin qilgandim -) xitob qildi Jimin
- toxta sen nega unga unaqa deding??
- nima dedim??
- Bola deding!
- ha umi, etibor berma barbir uni boshqa uchratmaymiz vaziyatni tushuntirgandan xop deb qoygan yaxshi deb o'yladim -) Suji javoban hech nima demadi shunchaki boshini egib qoydi.
Uzoq tun yakunlanib soat tonggi 4 dan ham oshib qoldi. Ular esa Sujing onasining qabri yoniga kelishdi.
Suji gullarni qoliga olib qabr yoniga ketti Jimin esa mashinadan tushib biroz uzoqda qoldi. U uzoqdan Sujini kuzatib turdi, dastlab qabr ustidan barmoqlarini yugurtirgan qiz, horg'in qabr yoniga o'tirdi va qurib qolgan gullarni qabr ustidan oldi va yangilarini qoydi.
U onasi bilan suhbatlashdi va yana ko'z yosh to'kdi. Jimin uni uzoq kuzatdi, u bu mag'rur qizning yig'lashini ko'ra olgan yagona erkak bo'lsa kerak.
Ortiq buni kuzatib tura olmagach Sujining yoniga bordi va unga romolchasini berdi.
- bo'ldi, yetar boshqa yig'lama
- yig'layverib joningga tegdimmi?
- unday emas, boshqa yig'lama yetar -) Jimin buyruq ohangida dedi.
Suji xop deb koz yoshlarini artdi
- ketamizmi -) Jimin soraydi
- haa.. - ) Suji qabrga yana bir qarab oladi, Jimin allaqachon mashina yoniga ketti
- Omma.. Bu o'sha.. Ovozini eshitdingiza.. Uni yaxshi ko'rib qolyapman shekilli.. Ha mayli.. Etibor bermang men yana kelaman -) Suji ornidan turib libosini tog'rladi va orqasini qoqib qoydi va mashinaga ketti.
๐ฅ๐๐บ๐๐๐๐๐บ ๐ฏ๐บ๐๐๐ - Charles de Gaulle ๐ ๐พ๐๐๐๐๐๐๐ |
- bugungi uchrashuvmi nima bolsa hammasini bekor qil, bugun faqat dam olaman -) Alice ga shunday degan Raniya bizness classdagi u uchun ajratilgan o'rindiqqa o'tiradi.
- tashvishlanmang bugunga reja yoq, haya onangiz qo'ng'iroq qildi, Koreaga kelibti
- kelibtimi? Xitoyda bir oy qolaman degandiku?
- ishlari tez bitgan ko'rinadi
- mayli samolyotdan tushgach gaplashaman, Alice bo'yin yostiqchamni olib ber biroz uxlamoqchiman
- bir daqiqa - ) Alice ornidan turib jamadondan yostiqchani olgunicha bizness classga yana bir mehmon kirib kela boshlaydi.
- bu yer bandku, boshqa samalyot yoqmidi?
- uzur janob TWS, Raniya xonim va siz uchun bitta bizness class ajratishibti
Menejerining sozidan song " - Raniya? " deya o'ylagan Taehyung bu galgi uchish zerikarli bo'lmasligini o'ylab kulib qoyadi.
- nega kulyapsiz?
- aniya hech nima
Taehyung o'girilib ko'zaynak taqib boyin yostig'ini to'g'irlash bilan ovora Raniyaga nigoh tashlab qoyadi. Uni payqagan Raniya darhol ko'z oynagini oladi.
- Salom -) Taehyung doimgi jilmayishi bilan
- Salom -) deydi Raniya ham xijolatli koz olib qochib, Taehyung joyiga o'tiradi, Raniya bilan Taehyung deyarli yonmayon ketardi faqat chap tomonda gi deraza yonida Taehyung o'ng tomonda esa Raniya.
Kozlari to'qnashib qolishidan xafsiragan Taehyung va Raniya bir birga umuman qaramas va ozlarini be etibor qilib korsatishardi garchi ich ichidan qizib ketayotgan bolishsada.
Keyingi galda TWS guruhi azolari birin ketin kirib kelishadida Taehyung va Raniyaga salom degancha oldindagi bir nechta o'rindiqqa joylashishadi, shu bilan bizness class ham yopiq.
๐ช๐๐๐พ๐บ ๐ฒ๐พ๐๐๐ - ๐๐๐บ๐ ๐จ ๐ ๐บ๐ ๐บ๐๐๐๐ฟ๐ |
Qabristonni ancha ortda qoldirgan mashina allaqachon Sujining xohishi bilan shaharning tinchroq hududida to'xtagan, mashina ichidagi qiz va yigit esa tongni mashinada ortirishgan.
Endi shaharni yoritayotgan quyoshning iliq nuri Sujining yuziga xiyol tushib Jiminning yonidan o'tgandi. Savuqlashgan havo sabab uyg'ongan Jimin yonidagi o'rindiqda yotgan qizni korib bir soniya jim qoldi. Uni kuzatdi. Aftidan sovuq qotgan Suji qollari bilan o'zini o'rab olgan buni payqagan Jimin egnidagi kastyumni yechib ehtiyotkorlik bilan qizning ustini yopib qoyadi, qizga yaqinlashganda undan kelgan ifor sabab joyida qotgan Jimin shirin vanilla iforini sezadi. Va kozlarini yumib bu iforni his qilib koradi.
Bir soniya nima qilayotganini anglagan Jimin tez harakatlar bilan o'zini ortga oladi va telefonini qoliga olib mashinadan tushadi.
Mashinadan tushgan Jimin kam uyqu sabab ko'zlarini ishqab ovozsiz rejimda qolib ketgan telefoniga qaraydi.
O'tkazib yuborilgan 10+ qo'ng'iroqlar sabab tashvishga tushgach birinchi bo'lib singlisi Yujin ga qo'ng'iroq qiladi.
Tongda Sujini uyg'otish uchun kirgan xizmatkor, Sujining hatto g'ijim bo'lmagan yotog'i to'shaklarini ko'zdan kechirgach yuvinish xonasiga ham qaraydi ammo uyning erkatoy qizi hatto uyga kelmagan ham
Darhol jazavaga tushgan ayol janob Yoo ga bu haqida xabar beradi.
Va shu bilan to'polon boshlanadi. Suji qayerda telefoni ochirilgan ozidan esa darak yoq, va aniqlanishiga ko'ra uning tansoqchisi ham yoq endi savol tug'iladi bu nima degani? Ular birgami? Yoki Jimin Sujini olib qochdimi? U dushmanlardanmi? Chunki unga bo'layotgan qo'ng'iroqlar ham javobsiz.
Hali to'liq chaqirib ulgurmagan qo'ng'iroqni Yujin darhol ko'taradi.
- Akkaaaaa!! Xayriyat!!
- nima boldi? Tinchlikmi?
- nima?? Xabaringiz yoqmi?
- nimadan??
- Suji xonim yoq dadasi hamma yoqdan izlayapti siz ham bexabarmisiz???
- aishh -) yoqimsiz tarzda peshonasini biroz siqqan Jimin endi sababni tushunadi
- tashvishlanmang u men bilan
- xayriyat.. -) Yujin chuqur nafas oladi
- qayerdasizlar tezroq keling, suratga tushib qolmadingizmi ish qilib?
- kimsasiz ko'chadamiz menimcha unday emas, hozir yarim soatda boramiz.
- men janob Yoo ga xabar beraman
- yaxshi
Shu bilan qo'ng'iroq tugaydi. Jimin mashina tomon ogiriladi va yana biroz unga qarab turadi keyin sekin eshikni ochib unga o'tiradi ammo deyarli shovqin solmaslikka urinadi uning xohishi shunchaki qizni qo'rqitib uyg'atib yubormaslik.
Jimgina uxlayotgan Sujining bir tutam uzun sochi uning kozlari oldida turardi, qo'rg'onga qaytishga umuman shoshilmayotgan Jimin avval shu sochlarni sekin ortiga oladi va yana joyiga qaytadi.
- Suji.. -) dastlab past ovozda
- Lee Suji uyg'on, ketishimiz kerak
Suji sekin kozini ochadi va ustidagi kastyumga qaraydi
- Bu seniki, menga beribsanmi qachon? -) kastyumga yaxshiroq o'ranadi Suji
- xayrli tong birinchidan, ikkinchidan sovuq qotib yotganding shu un tashlab qoydim
- oo jentlmen, atiring xushboy ekan, kastyumingni qaytarib bermasam maylimi
- nima? Nega?
- bergim kelmayapti shu
- xohlasang olaver
Suji rulni boshqarayotgan Jiminga shunchaki jilmayib qoyadi va yana kozini yumadi.
- bizni hammayoqdan izlashayotgan ekan
- kim?
- Kim bolardi, janob Yoo
Suji hech nima demaydi shunchaki uning kulib turgan yuzi yana tekis bolib qoladi.
โ allaqachon yo'lga tushganiga bir soat bo'lgan samalyot Fransiyadan chiqib ketib bolgan, qulog'ida qo'shiq eshitaverishdan charchagan Taehyung sabrsiz gohida oyog'ini qimirlatar, yoki sadosiz osmon va bulutlarni tomosha qilishdan zerikib ketgan, uxlay desa uyqisi ham kelmaydi.
- hoy.. Hoyy -) yonida uxlab qolgan menejirini uyg'ota olmagan Taehyung burchakchadan qanday chiqishni o'ylaydi, Alice allaqachon boshqa orindiqda Raniya esa kozaynak taqib ozini uxlaganga solib ketardi.
Yonidan o'tib ketayotgan Stuardessani toxtatadi Taehyung
- kechirasiz
- nimadir kerakmi janob?
- joyimni almashtirsam bo'ladimi?
- mazur tuting parvoz vaqtida xafvsizlik uchun o'rningizdan turmaganingiz yaxshi
- juda tez boladi
- aynan qayerda
- anau xonimning yoniga - ) Taehyung Raniyani korsatadi.
- xonim norozi bolsachi?
- bo'lmaydi, u bilan tanishmiz
- janob.. Mayli faqat tezroq
Taehyung tez menegerining yonidan o'tib Raniyaning yonidagi oringa o'tadi, achkisini ko'targan Raniya Taehyung ga hayron qaraydi. Stuardessa esa yana ishiga qaytadi.
- Salom.
- Salom -) deydi Raniya ham javoban
- tasodif ni qara, yana birgamiz
- shunchaki bir samalyotdamiz bu oddiy hol
- nega buncha kibrlisan?
- Kibr?
- xa menga doim kibr bilan gapirasan, go'yo pisand qilmayotgandek
- senga shunday tuyiladi, shunchaki xarakterim shunaqa
- bilmadm hozir ham ko'zoynak taqib uxlashga urinyapsan
Raniya asabiy ko'zoynaklarini oladi va Taehyung ga qaraydi, nigohlari tutashgan Taehyung togri Raniyaning kozlariga qaraydi.
- bo'ldi.. -) Taehyung Raniyaning koziga tushib turgan cholkasini togirlab qoyadi , takror xijolat bolgan Raniya yana qizib ketadi va kozini Taehyung dan olib qochadi buni sezgan Taehyung labini tishlab kulmaslikdan ozini saqlab turadi.
- suhbatlashib ket
- 12 soatmi?
- yo'q 11 soat, 1 soat o'tib boldi.
Raniya shunchaki ko'z qorachiqlarini aylantirib oladi. Va " Bekorchi " deb qoyadi.
- kel musiqalarimdan eshitib kor
- aniyaa xohlamayman!
- boshqa ilojing yoq!
- Ufff Taehyung!
Qo'rg'on hovlisiga kirib kelgan mashina hovlida ularni kutib turgan janob Lee ning yonida toxtaydi, birinchi bo'lib tushgan Jimin, Sujining eshigini ochib beradi.
Dadasini hatto korgisi kelmayotgan Suji majbur uning yoniga boradi.
- Lee Suji?
- Dada
- xonangga bor.
- nima?
- Park Jimin ortimdan!
Janob Yoo ning ortidan Jimin ketadi.
- yana nima boshlayapsz dada -) Ularning orqasida qolgan Suji ular xonalariga kirishgach eshikning yoniga borib quloq soladi.
- endi gapir qizim qayerda edi?
- tashvishlanishga hojat yoq u..
Jimin gapini yakunlolmaydi Janob Yoo baqiradi.
- SEN!! uning tansoqchisimisan O'zi??? Bu NIMA??!
Stoli ustiga planshetdagi yangilikni ochib qoyadi. Planshetda yana bir yangi sarlavha va Suji Jimin va bolakayning quchoqlashgan Surati
Sarlavha nomi : " Mashxur model turmushga chiqqanmi? "
- Mashxur model turmushga chiqqanmi?? Aqildan ozganmisiz odamlardan uni uzoqroq olib yur desam u bilan suratga tushib yuribsizmi?? Qayerga borayotgandingiz ??
- Xonim aylanib kelishni xohladi shunga -) qabriston maslasini aytishi kerekmi yoqmi bilmagan Jimin bu mavzuni ochmadi
- Park Jimin, Suji mening yagona merosxo'rim, umid qilamanki o'z o'rningizni bilasiz -) ular orasidagi tabaqani ochiq aytmagan janob Yooning gaplarini Jimin yaxshi tushundi.
Gaplarni eshitib bolgan Suji eshikni shart ochib kirdi.
- Onamning oldiga bordim! Uni tinch qoying! U meni xohishimni bajardi xolos!
Janob Lee o'tgan ayoli haqida eshitgach Jimib qoldi va sokin tortdi.
- nega yana bording?
- Jirkanch uyda qolgim kelmadi, tansoqchimni tinch qoying -) gapini yakunlagan Suji xonadan chiqib keta boshladi.
- Bu nima deganing??? - ) ammo uning savoli javobsiz qoldi.
- qabristonga uni boshqa olib borma
- tushunarli janob
- ketaver, maqolalarni hal qilaman -) Jimin xop degach xonadan chiqib ketti va chuqur nafas chiqardi. Uning boshida faqat bir gaplar aylanardi " Umid qilamanki o'rningizni yaxshi bilasiz.. " " U meni yagona merosxo'rim.. "
Xonasiga asabiylashib kirgan qiz egnidagi kastyumni yechib uloqtirib yubordi va sochlarini g'ijimlab yig'lab yubordi.
- jonimga tegdi.. Yashash jonimga tegdi.. -) uning horg'in ovozi xonada sokin yangradi..
- xayrli tong mehribonim -) onasining yuzidan o'pgan Jongkook ko'ylagining oxirgi tugmalarini o'tkazib joyiga o'tirdi.
- xayrli tong shaxzodam, qayerga? Bunday yasanib
Gazeta o'qib tushayotgan janob Jeon ham nonushtaga qoshildi
- oh.. Ishdan juda charchapman, korea menga yaxshi tasir qilyapdi -) kulib kelgan janob Jeon ham o'g'lining kiyimiga qarab oldi.
- hay unday qaramanglar, bir joyni sotib olaman degandim, bugun qo'ng'iroq qilishdi, endi o'z kasmetika kampaniyamni yo'lga qoymoqchiman
Janob Jeon va Jihye xonim ishonqiramay bir birlariga qarab olishadi, nihoyat o'g'illari bir ishga jiddiy qarayapti, u shu kungacha dadasining kampaniyasida ishlagan ammo hech unga jiddiy qaramasdi.
- tabriklaymiz unda, buni nishonlash kerak
Jungkook kuladi.
- nishonlaymiz, hozircha joy tayyor endi hamkorlar to'plash kerak.. Balki.. Umm..
- Jeon holding hamkorlik qilsin demoqchi u aniq -) deydi onasi gapni buzib
Jungkook va Dadasi kulishadi
- mensiz ishing bitmaydi barbir, mayli o'g'limni qo'llayman -) deydi Janob Jeon.
- Balki " Libre " jamg'armasi ham yordam qilar -) Onasiga erkalanib Jungkook
- Jamg'armamiz uncha ko'p pul topmaydi
- Ommaya aldamasangizchi, dadamni kampaniyasidan ham ko'p topasizlar
- faqat kelin evaziga hamkorlik qilamiz.
Jungkook ichayotgan choyiga tiqilib qoladi
- nimaa??
- Onang yomon joydan urdi
- Kelin kerak menga!
- O'zingiz topib olavering
- aniqmi?
- aniq
- unday qo'rqinchli kulmang
- ovqatingni ye, kelin masalasi menda
- hamkorlik chi?
- hamkor bo'lamiz
- kelishdik
Ona bola qo'l tashlashadi. Janob Jeon esa o'g'li va ayoling har tonggi suhbatlariga o'rganib bolgan.
Oradan ancha o'tib, Lee Suji keyingi mahsulot reklamasi uchun suratga olish maydonida band edi. Jimin esa shunchaki uzoqdan uni kuzatib turardi. Shu payt unga qo'ng'iroq boladi. Tanish raqamga qarab turgan Jimin uni ko'tarib odamlar yoq joyga chiqadi.
- Xayrli kun
- Ishingni yaxshi udallagan ko'rinasan, maqolalarni o'qidim
- hammasi rejangizdagidek ketyapti xavotir olmang
- bundan xursandman, unga ko'proq yaqinlash, seni yoqtirib qolsin, rolingni ajoyib qilib o'yna
- tashvishlanmang
- bugun bir narsa yuboraman, uni Sujining ichadigan narsalariga solib berasan
- qanday narsa?
- zahar emas har xolda, qorqma zararli narsa emas.
- tushundim, endi ochirishim kerak, shubhalanishmasin
- yaxshi
Jimin qo'ng'iroq ni yakunlab yana joyiga qaytadi.
***
Sujini izlab kelgan Jungkook uni chalg'itmaslik uchun suratga olish maydoniga yaqin bormaydi.
- Yujin sizmisz? Siz bilan gaplashdimmi?
- Ha janob menman, Suji xonim bir soatda bo'shaydi
- Yaxshi kutib turaman -) Jilmaygan Jungkook Jiminni korib qolgach Yuzini buradi, Jimin ham uni korib boldi, ikkisi bir birini o'lgudek yomon ko'rishi nigohlaridan ma'lum.
๐ฃ ๐๐๐บ๐๐ฝ๐บ๐ ๐๐'๐๐ |
Kiyimini almashtirib chiqqan Suji bugungi ishini ham yaxshi uddaladi, korinishidan ancha xafa korinayotgan qiz dastlab unga qo'l silkiyotgan Jungkook ni ko'rib hayron boldi.
Suji Jiminga koz tashlab Jungkook ning yoniga bordi
- ajoyib qilding
- rahmat qachon kelganding
- bir soat boldi
- nima bir soatdan beri kutyapsanmi?
- ha
- nimadir boldimi?
- Bugun soat 8 larda seni olib ketaman deyish uchun keldim
- nima 8 ?? Qayerga?? Nega??
- unisi sir
- yoq xohishim yoq
- aniyaa bolmaydi, 8 da uyingni yonida bolaman, anau sovuqni ogohlantir, oramizga suqulavermasin
- aishh istamayman
- men kettim tayyor bol
- boshqa ishing yoqmi seni???
Sujiga havoyi bosa yuborgan Jungkook kulib u yerdan ketadi. Tentak deya uni ortidan qarab qolgan Sujining yuzi bugunning hisobida ilk bora kichik jilmayadi