December 19, 2025

❛ 𝖬𝖾𝗇 π—Œπ–Ύπ—‡π—‚ π—Œπ–Ύπ—π–Ίπ—†π–Ίπ—‡ ❜

πŸ‘πŸ— - πͺ𝐒𝐬𝐦

ππŽππ”π’ π’π„π‘πˆπ„π’

" π–Έπ–Ίπ—„π—Žπ—‡π—‚π–½π–Ί 𝖻𝖺𝗋𝗂𝖻𝗂𝗋 𝖻𝖺𝗑𝗍𝗇𝗂𝗇𝗀 π—ˆ'𝗓𝗂 π—ˆπ—‹π—π—‚π—‡π—€π—‚π—“π–½π–Ίπ—‡ π—Œπ—‚π—“π—‡π—‚ 𝗂𝗓𝗅𝖺𝖻 𝗄𝖾𝗅𝖺𝖽𝗂.."

πŸ” - 𝐨𝐲𝐝𝐚𝐧 𝐬𝐨'𝐧𝐠 - Australia deb atalmish Jannatmakon o'lkaning " Moviy Tog'lar" deb atalgan chekka manzilida yashay boshladik. Sydney ga ilk bora kelganimda shaharning hayratlanarli darajadagi go'zalligidan aqildan ozay dedim. Men hayotim davomida hech ko'rmagan go'zal binolaru, okeanning bebaho manzarasi shunchaki hayot bizga bergan ne'matlar naqadar go'zal ekanligining isboti edi.

Taehyung - men hayotim davomida udek mehribon akani uchratmagandim. U juda masuliyatli yigit, oz ogriqlarini korsatmaslik uchun mening yonimda doim kuladi zero kechalari yig'layotganini va narsalari orasida doim bir qizning suratini yashirib kelsada ammo uning urinishlari koshki kor qilsa, men u insonni hech qachon unutmadm, unuta olmadim, unga bo'lgan sog'inchim bazida meni telbaga aylantiradi, aqlini yoqotgan inson kabi nima qilayotganimni bilmay yig'lashga va hamma yoqni ostin ustun qilishga tushaman, shunda Taehyung yonimga kelib meni bag'riga bosadi va ozimni bosmagunimcha meni qoyib yubormaydi. Tan olaman hayotimda agar Taehyung bo'lmaganda - men allaqachon Jiminning ortidan ketgan bo'lar edim.

Australia - Sydney

Bilaszmi ular hayotimizdan ketganda go'yo hech qachon bo'lishmagan kabi faqatgina xotiralarni qoldirib ketishdi. Uning har bir ovoz toni quloqlarim ostida jaranglar, uning kulgulari tuni bilan quloqlarim ostida chalinaverib meni tinch qoymasdi, u yonimga kelar endi qolidan tutdim deganimda yoqolib qolar va yig'lab uyg'onib ketardim. Nega biz ayrildik? Nega o'limingni qabul qila olmayapman? Men aqildan oza yozdim, nahot haqiqiy muhabbat shunday tuyg'u bo'lsa unga erishilmaydi ammo telbalarcha seviladi. Shumi biz ishongan osha - muhabbat.

Selen va Taehyung uchun odatdagidek tong yana bir bora otti. Bugun Aylin va Yoongi Sydneyga va Taehyung va Selenning yoniga keladigan kun. Selenning buvisi erta tongdan hammani uyg'otgan yaqinda tug'ilgan nevarasini ko'rishga mushtoq edi. Taehyung erta tongdan dalaga chiqib ketgan. "Dalaga? " - deysizmi? Xa ! U yoshligida orzu qilgani kabi shunday katta Sydney shahrining toglar bagriga kelib ferma va dehqonchilik bilan shug'illana boshladi. Selen esa kichik qishloqchada shifokor bolib ishlaydi. Taehyung osha mudhish hodisadan keyin barcha jinoyatlar izidan tushdi. Yeom Jung-seon ning kirdikorlari ochildi. Park Jiminga buyirilgan qotilliklar, va Yeomning yashirin qurollar va narko dorilar bazasi topildi. Park Raniyaning ishi yopildi, Taehyung ning esa lavozimi oshdi u endi faqatgina Kamisar bo'lib qolmay - butun shahar, viloyat politsiyasini boshqaradigan, eng yuqori darajali ofitserga aylandi. U butun Seol shahrining bosh kamisariga aylandi. Ammo u ishdan boshadi. Lavozimidan istefoga chiqdi. Harchand bu sohani orzu qilgan bo'lmasin endi bu olam u kotara oladigandan ancha ogirlashib qolgandi.

U Selenning va oilasining farovonligini istadi, u barcha mas'uliyatni boyniga olib buvisi va Selenni bu shahar va bu davlatdan butunlay olib ketti.

Bosh Kamisar - Kim Taehyung

- Selen qizim qayerdasan? -) nabirasining ismini baralla chaqirayotgan buvining ovozida hayajon sezilib turardi.

- hozir tushyapman buvi -) Sochlarini yig'ib bo'lgan Selen, oziga xushboy ifor sepadida tahminiga ko'ra yetib kelgan akasi va Kelin oyisining yoniga tushadi.

Selen pastga tushgach kichik bolakayni quchoqlab o'payotgan buvisi va Aylinni korib tabassum qiladi.

- Salom Selen
- Xush kelibsiz Kelinoyi

Selen va Aylin salomlashgach jamadonlarni kotarib Yoongi va Taehyung suhbatlashib kirib kelishadi.

- Akaaa! -) Yoongini korgan Selen uning qollariga yuguradi, allaqanday tashvishdan biroz asabiylashayotgani sezilib turgan Yoongi Selenni bagriga bosib korishadi.
- Sen ketmadingmi? -) Taehyung ga yuzlanadi Selen
- Ularni kutib olgani ketgandim, endi ketaman, shirin ovqat tayyorlab qoyinggg! -) buyruq bergan Taehyung narsalarni qoyib chiqib ketadi.
Selenning yuziga tikilgan Yoongi uning ishib qolgan ko'zlaridan yana yig'laganini sezdi chog'i Singlisining kozlari ostiga barmoqlarini yuritadi. Va hech narsa demay ichkariga kiradi.

Selenning buvisi nabirasi va kelinini yaxshi kutib olib ularni darhol ovqatlanish uchun tayyor stolga olib boradi. Ajoyib suhbatlar va kulgularga to'la bolgan tushlik mobaynida Yoongining nigohlarini payqagan Selen uning ozgacha ekanini sezib biroz tashvishlandi.

Selen va Yoongi

Tushlikdan so'ng Aylin va Buvisini yolgiz qoldirgan Selen ozini biroz yomon his qiladi. U doim endi kuldim deganda yodiga tushgan Jimin sabab ozining qobig'iga yana oranib oladida xonasiga chiqib ketadi.

Eshikdan ichkariga kirgan Selen xonaga kirishi bilan kozlarini yumib chuqur nafas oladi. Va " Sabr ber " - degancha koksi ustidagi koylagini g'ijimlab oladi. Chuqur nafas chiqargan Selen yotogi ustida turgan gullarni korib joyida harakatsiz qoladi.

Xa yotoq ustida osha sevgi ramzi bo'lgan bir dasta " Smeraldo gullari " turardi. Selenning oynasi esa ochiq. Gullar tomon titroq bilan qadam bosgan Selen ularni qoliga olib ochiq deraza tomon yuguradi.

– Nimalar bolyapti -) titroq bilan shivirlagan Selen. Qaltiroq bosib xonasidan osha gullar bilan chiqadi.

Selenning aqli goyo hech narsani tahlil qilolmas telba kabi harakatlangancha uydan chiqib ketadi. Na buvising va na Aylinning sozlarini u eshitmaydi.

- Selen qayerga!! -) endi uning ortidan chiqmoqchi bolgan buvini Yoongi to'xtatadi. Va yo'q degancha bosh chayqaydi.

- yurag urishim tezlashib borar, oyoq yalang telba kabi yashil o'tlar ustidan tinmay yugurardim, men bilan bunday o'yin o'ynamang o'tinaman, hayot , men bilan o'yin o'ynama, nafas olishim tobora qiyinlar kozlarimdagi yosh sabab hech qayerni ko'rmasdim. Ammo qarshimda yalang dalani tomosha qilib turgan bir tanani korib turardm. Tanam titrab - Jimin deya shivirladim.. U esa sekin o'girildi. Bu osha kozlar va osha tilla sochlar egasi edi. Yuragim shu qadar tez urdiki qolimdagi gullarni otgancha u tomon otildim, oyoqlarim , tanam u tomon yugurdi u esa bagrini men uchun ochdi men yetib keldim uning bagriga o'zimni otdim, ishonmayman bu u ekanligiga ishona olmayman ammo bu ifor bu uning ifori edi. Bu Park Jimin edi.

Ikkimiz ham telba kabi bir birimizni bagrimizga bosardik. Uning vujudi hozir tushlarimdagi kabi uchib keti, yonimdaligida iforidan toyib olishim kerak, men mana shunday oylagancha qattiqroq uni bagrimga bosar va tinmay yiglardim, u esa meni qattiq quchar va osha yig'loqi shaxzoda kabi yiglardi, sariq sochlari biroz o'sgan ammo uning ifori osha osha . Biz hansiragancha bir birimizga qaradik, uning kozlari yoshdan qizargan men esa yigidan inqillagancha nafas oladim.

- senmisan? Tiriksana? Bu tushing emasde, o'tinaman tushing emasde.
- tush emas, bu tush emas -) Jimin shunday shivirladi bu uning ovozi baqirgancha qayta yigladim va uni qayta quchoqladim

- hayotdan umidim so'ngandi, ovozning, men bu ovozni eshitishni orziqib kutardim, kechalari telba kabi uygonar va osha issiq quchog'ingni aqildan ozgan kabi sog'inardim, men ishonmasdm, sen keta olmasding, sen meni tashlab keta olmasding. Seni sogindim, Jimin seni juda sogindim, judayam soginib kettim.
- seni 2 oy izladim. Chet elga ketganingni eshitib jinni bola yozdim. Endi seni topa olmayman deb oylagandim. Oyqizi - seni bir zum unutmadim -) Jimin shunday degancha yanoqlarimdan tutdi u mening men esa uning koz yoshlarini artdim.
- Jimin.. Seni telba kabi sevaman.
- Men esa sening ishqingda devona man.

Men ilk bora kuldim uni qayta bagrimga bosib jilmaydim va yigladim haliyam u kelganiga ishona olmasdim.

Selen va Jiminni tomosha qilib turgan Yoongi kozlaridagi yoshni sekin artdi va uy tomon yurib ketadi. Endi Selen ishonchli qollarda edi

Jimin & Selen va Yoongi

Doim.. Har doim.. Uning yoniga borgim kelardi.. Ammo meni mas'uliyatim va ishimga bo'lgan sadoqatmi yoki shubhalarim toxtatib qolardi... Osha kuni uning ketayotganini korib aqildan ozay dedim ana o'shanda u men uchun hayotimdan ham qadrli ekanini tushundim. Uning tanasiga tekkan o'q goyo mening qalbimga tekkandek boldi, songgi bora hushimdan ayrilayotganimga qaramay uning qolidan tuta oldim va shu bilan uni qayta kormadim.. Men aqildan ozmadim deb oylaysizmi? Yoq.. Men aqildan ozmadim chunki menda u yoq edi uning osha hushsiz tanasini korgan onim dunyoyim vayron bolib bolgandi. Men uni chindan sevdim, ammo korsata olmadm ayta olmadim, ketma sensiz yashay olmayman deya olmadim. Raniya - sen hayotim mazmunisan deya olmadim.. Kechikdim..

Taehyung

Dalada ishlayotgan Taehyung o'tlar orasida o'sgan kichik moychechakka kozi tushgach qolidagi kuragichlarni qoyadida kichik moychechakni ehtiyorkorlik bilan uzadi va unga uzoq tikiladi . " Sen xuddi unga oxshaysan.. - begona o'tlar orasida o'sgan kichik moychechak. Xuddi mening malagim kabi.. " Taehyung chuqur nafas olib kozlarini yumadi va moychechakning iforidan bahra oladi labiga tabassum yugurgach sekin kozini ochadi qarshisida turgan oyoqkiyimga avval kozi tushadi va yuqoriga qaraydi. Sevgi o'lmapti - u qaytdi.

O'rnidan hatto turmagan Taehyung sozsiz shunchaki qarshisida turgan Raniyaga tikiladi, yosh bola kabi sekin koz qorachiqlari yoshga tolgach, qoli bilan kozini yopib yiglab yuboradi. Kichik moychechak esa hamon uning qolida turardi. Raniya sekin uning yoniga o'tirib Taehyung yuzini yopib turgan qollaridan tutadi.

Taehyung bir zum ham sarf qilmay Raniyani qattiq bagriga tortadi. Taehyung ning bagriga borib urilgan Raniya soniyalar guvohligida qollarini uning boynidan o'tkazib oladi.

- tush ko'rmayapsan de..
- tush bo'lsamchi?
- unda uyg'otma, meni uyg'otma, shu yerda abadiy qol.

Raniyani qattiq bagriga bosayotgan Taehyung uning boyniga boshini qoyib chuqur nafas oladi.

- men bu ifor uchun o'lishga tayyor edim.

Raniya shirin kulib qoyadi. Taehyung bu kulgidan song goyo uyqusidan uygongan inson kabi kozlarini ochadi. Raniya ning yanoqlarini kaftlari orasiga oladi.

- kulyapsanmi? Yuragimni qon yiglatibaa -) Taehyung tabassum bilan Raniyaga qaraydi, Raniya yana jilmayadi. Uni tomosha qilib turgan Taehyung yana qizni bagri bilan yuzlashtiradi

- seni telbalarcha sog'indim, lily..
- aniyaa.. Lily ortiq lily bolishni istamayman..
- nega?
- u o'tmishdagi Raniya bo'lib qolsin.., men barmoqlaring orasidagi manashu moychechak bo'lishni istayman.
Taehyungning lablari sekin kengaydi va qolidagi kichik moychechak ni Raniyaning sochiga taqib qoydi.

- mening moychechagim.. -) u shunday shivirladi va qizning peshonasiga lablarini bosdi.

Bo'shliq.. Hayotimizda bor bo'lgan bo'shliqlarni aslida qadrli insonlarimiz bizga qoldirib ketishadi. Menimcha bu ogriqning qiymati bizni tark etgan o'sha insonning hayotimizda qanchalar yuqori yoki quyi darajada yaqinligiga bog'liq, vaholanki u mening eng qadrli insonim edi.. Sevishganlar - baxtga loyiq agar bu chin muhabbat bo'lsa, bu dunyoda birga bo'la olmadimi demak abadiyatda ular uchrashishi muqarrar.

" Jennie Kim " - qabr ustidagi yozuv ustidan barmoq yurg'izgan Mungi goyo hayolan qizing o'sha tanish dumaloq va ishib turadigan yanoqlarini silaydi.

- Endi har kun kela olmayman.. Gullaring so'lib qolsa darrov arazlab olma.. Hammasi tugashi bilan qaytaman, hech bolmasa Do'stim baxtli bo'la olsin, sen bunga qarshi emassan to'g'rimi -) Birdan esgan mayin shamol shunchalar yoqimli va sokin ediki, Mungi bir zum kozlarini yumdi shamol esa uning sochlarini tozitdi. Kozlarini ochgan Mungi qizning qabriga qarab jilmaydi

- Seni abadiy sevaman -) dedida barmoqlari ustidan o'pib " Jennie Kim " yozuvi ustiga bosdi va ornidan turib qora kozaynak taqib uni kutayotgan Sariq sochli qiz tomon qaradi, Yein unga jilmaygach

- Yein senga salom aytyapti -) dedida Jenniening qabri yonini tark etti. U qabrdan uzoqlashgan sayin shamol hamon uning sochlari va yuz kozlari bilan o'yin o'ynardi.

Mungining kozlari kormayotgan Jenniening ruhi esa uning ortidan jilmayib qoldi. " Sochlaringni to'zitish doim menga yoqqan " - deya shivirlagan ruh yana osmonga uchib ketti.

Mungi va Jennie

- yana 10 soatlik parvoz va biz Sydneyda bo'lamiz ammo yana biroz qolganingda so'nggi samalyotga ham kechikardik - ) Yein darhol Mungini koyiy boshlaydi.
- urushmasangchi yalmogiz
- kechiksak adabingni ozim beraman, Akam va Raniya allaqachon yetib borishibti
- Ko'rishishgan bo'laa kerak a?
- Selenning reaksiyasini ko'rishni istardim, ko'zlariga ishonmagan bo'lsa kerak.
- Jimin ham uni kam vaqt izlamadik axir.
- to'g'ri.. -) Yein va Mungining suhbati aeroportgacha davom etadi.

Samalyotga joylashib olgan Yein va Mungi uchish uchun kotarilgan samalyot oynasidan Koreaga termulishadi.

- barchasi shu yerda qoldi.. Barcha og'riqlarni Seoul ozida qoldirdi. -) deydi Yein
- shu bilan birga uni ham.. -) Mungining g'amg'in shivirlashi sabab Yein unga qaraydi.
- u sen bilan aka, Jennie mana bu yerimizda yashayapti, qara biz uni unutmadik -) Yein Mungining koksiga qolini qoygach Mungi ham uning ustidan qolini qoyadi.
- Sen eng yaxshi singilsan, sen aslida mening singlim bo'lishing kerak edi
- haliyam shunaqa, Jimin barbir Raniyani ko'p yaxshi ko'radi.
Yeinning arazli yuziga Mungi jilmayadi.
- senda men boraman -) deb qoyadi qizning yelkasidan turtib qoyib.
- shu gapingni Yeji eshitsa sochimga yopishardi
- to'g'ri -) Mungi yana jilmayadi. Va samalyot uzoq uchishini davom ettiradi.

Mungi va Yein

Raniyani uzoq vaqtga qoyib yubormagan Taehyung endi oziga kelgandek uning kiyimlariga qaraydi. Qiz hamon osha osha qop qora kiyimda edi.

- haliyam qora kiyyapsanmi? -) Taehyung ning bag'rida hatto besh daqiqa uxlab turishgayam ulgurgan Raniya egniga qaraydi.
- ha... -) u sekin bosh irg'iydi.
- qani to'g'ri turchi -) buyruq beradi Taehyung va koylagi tugmalarini yechishni boshlaydi
- nima qilyapsan - ) Raniya hayron bo'lib. Taehyung shunchaki jilmayib egnidagi koylakni Raniyaning ustiga tashlaydi.
- muhabbatimiz qaytadan tug'ilishiga imkon berasanmi?

Raniyaning lablari sekin jilmayadi.
- ha.. - ) Taehyung ning yalang badaniga oz ismini yozadi Taehyung unga oz koylagini kiydirib qoyguncha.
- Rani -) deydi Taehyung qizning etiborini koziga qaratib
- Hm?
- Meni kutib tur
- Nega?
- kut hozir

Raniyadan bir necha qadam ortga yurib orqasini qilib olgan Taehyung nimadir qilib Raniyaga qayta ogriladi Raniya tomon bir qadam yaqinlashgach tiz cho'kadi.
- chiroyli so'zlarni aytish uchun allaqachon kech, sabrsizlik bilan sorayman, Menga turmushga chiqasanmi -) va Taehyung yerdan yana bir moychechak uzib undan yasab olgan kichik uzukchasini Raniyaga ko'rsatadi

Raniya uzukni korib kulib yuboradi.
- yo'q seni qiynashim uchun ham kech, xaa roziman -) Taehyung dunyo qadar baxtga to'lib ketadi. Ornidan turib sakrab ikki marta aylanib song Raniyaning qoliga uzukni taqadi va qizni kelinlar kabi kotarib olib turgan joyida gir aylantiradi. Taehyungning yelkasini qattiq ushlagan Raniya kulishdan toxtamas boshi aylangani sabab bo'ldi deya baqirardi xolos.

Jiminning yelkasida boshini qoyib yotgan Selen goh gohida u shu yerdami degandek uning yuziga qarab qarab qoyardi.

- balki qaytarmiz -) deydi Jimin Selenning qolidan ushlab
- qo'rqyapman
- nega?
- hammasi tushim bo'lib yoqolib qolsangchi?

Jimin jilmayadi va Selenning kozlariga qaraydi.

- so'z beraman, endi hech qachon ketmayman
- so'z berma, shunchaki bajar

Jimin xop deya bosh irg'igach Selenning peshonasidan o'padi.

- shuncha payt qayerda eding?
- kettik, hammasini aytib beraman

Jimin Selenning turishiga yordam beradi va ular birga uy tomon ketishadi.

Selen va Jimin uy tomon kelishar va orqalaridan kelayotgan kulgilar sabab ortga burilishadi.

- Raniyaa? - ) Jiminga savol beradi Selen, Jimin ha deb bosh irg'iydi.

- RANIYAA!! -) Selen uzoqdan kelayotgan Taehyung va Raniya qo'lini silkiydi, Selenning yuzidan tabassum arimas ozi tomon allaqachon yugura boshlagan qizning yoniga yugurardi
- SELEN!! -) kelishi bilan qizni Raniya quchoqlab olgach Selen ham uni quchoqlaydi. Taehyung esa hayron Jimin ning kelishini kutmagani uchun yuzi burishib unga qarab turardi.

- sizni sog'indim Selen
- men hamm qayerlarda edingiz, axir qoravoy sizni deb ado bo'lay dedi

- Hey! Qora dema meni deganmanku senga - ) Selenning gapini eshitib yugurib kelgan Taehyung gapga qoshiladi.
- qorani qora deydida -) qoshib qoyadi Jimin va hamma unga qaraydi.
- avval ozingni bil " Sariq bosh " ! -) kozini suzgan Taehyung uyga kirib ketadi.
- Ss.. Sariq.. Bosh? -) hayron bolib takrorlaydi Jimin Selen va Raniya bir biri bilan ovora suhbatlashib ichkariga kirishadi.

Koreadan endi uchib kelgan samalyot va Sydney aeroportida qayerga borishni bilmay turgan Jin, egnida qora rangli koja kastyum va moviy rangdagi koylakka monand qora galstuklar taqib olgandi. Uning sochlari turmaklangan gohida asabiylashgancha Jimin yuborgan lokatsiyaga qanday borishni o'ylardi. Undan ham oldin Sydney aeroportidan chiqib olishi kerak. Dastlab xarita yoniga borgach aerportdan chiqish joyini topib oladi undan keyin esa mashina ijaraga olib yo'lga tushadi.

Sydney ning tor kochalari orasidan bunday gozal shaharning manzarasini tomosha qilib ketardi. Bir soniyaga roy bergan kichik aftohalokat va kimnidir urib yuborishiga oz qolgan Jin mashinaga qattiq urilmagan ammo yerga otirib qolgan qizning yoniga boradi.

- kechiring, ahvolingiz yaxshimi?
- Ko'zing ko'rmiii???

Qiz boshini kotarib Jin ga jahlini sochadi.

Xavotir bilan goh gohida ortiga qarab qoyayotgan qiz shoshqaloqlik bilan ogir sumkasini qoliga olishga tushadi

- jin ursin seni deb ushlab olishadi meni!!

Qizga hayron bolib qarayotgan Jin uning harakatlarini kuzatadi.

- Anauu! - uzoqdan eshitilgan erkaklar ovozi va Qiz Jinning mashinagasiga otirib oladi.

- bolaqoll anqaymay haydasangchi!!! -) qiz asabiylashib koz suzib qoyadi
- boshimga balo bo'lmasa boldi bu -) deya shivirlagan Jin mashinani haydab ketadi, qizning ortidan kelayotgan odamlarga qiz o'rta barmog'ini ko'rstatadi odamlar esa gazablangancha qolib ketishadi.

Qizga hayron bo'lib qarayotgan Jin boshiga hali ko'p balo bo'ladigan bu qiz bilan kelajakda hali ko'p yuzlashishini hayoliga ham keltirmasdi.

39 - qism tugadi.