πππππ
π π»πΊπ½ππ ππππΊπ»π»πΊπ - ππΊπ π»π πΊπππ π»πππ πΊπππππππΌππ ππππ'πππππ πΊππππ πΊπππππ.
ππππππ ππππππππ | π - πͺπ’π¬π¦
Kim bilibti deysiz Kyotoning kichik shaharchasida tug'ilib ulg'aygan kichik qizaloq bir kun kelib korea nomli mamlakatga ketadi va u haqida kitoblar yoziladi deb.
Men Rizunna Ann, Yaponiyaning Kyoto nomli jannatamkon shaharchasida otamning istalmagan farzandi sifatida tug'ilganman. Kyotoning tabiati juda go'zal ayniqsa bahor faslida sakura gullaydi, o'sha paytlari Sakura daraxtining pushti rangda tovlanadigan shoxlari ostidan ketishni istamay qolaman, chunki har gal kichik shamol esganda ham sakuraning yaproqlari go'yo yomg'ir yogayotgandek osmonda uchib yuradi va yo'l ustida gilamlar to'shaydi, u taratadigan hushboy tarofatli ifor sizni bu yoqimlilikka asirga aylantirib oladi.
Yaponiyaga borganingizda "Arashiyama Bamboo Grove" nomli bambuk o'rmoniga tashrif buyurib ko'ring, bu joyni sehirli deyishadi, siz osmono'par binolar o'rniga, tabassum bilan o'z soyasini siz bilan ulashayotgan bambuk daraxtlari ostida orom ola olasiz.
Onam bilan biz kichik tog yon bagrida joylashgan qishloqda yashardik, u joy shahardan uzoq bo'lgani uchun har gal maktabga kech qolmaslik uchun bekat tomon yugurardim, egnimdagi kalta Yapon formasi shamolda ko'tarilib ketar ammo bu meni hecham bezovta qilmayotgandek maktab avtobusiga tomon onam bilan yugurardim, u har tong erinmy men uchun nonushta tayyorlab men bilan baktgacha chiqardi.
Har doim yaxshi oqishim va aqilli qiz bolishim kerakligini aytardi. Men qishloqda yashardim va bu menga yoqardi. Bilasizmi nega? Yaponiyada metroitlar xavfi juda kop va 1992 yilda shunday hodisa ham bo'lgan, men shunga o'xshash Anime lar ham tomosha qilganman ulardan biri " Your name " deb nomlanadigan Mitsuha va Taki nomli yigit o'rtasidagi tilsimli bog'lanishlar haqida hikoya qiladi
Men manashunday fantastic hayollar qilib har tunda katta va ochiq osmonga qarab, yerning yonidan o'tishi mumkin bo'lgan ehtimol hech qachon ko'ra olmaydigan kometamni kutardim. Uyimiz kichik, yoz kunlari derazamizni ochib qoyardik, keng dalalar ostida yulduzlar aniq ko'rinar, yuragim esa allaqanday notanish va beg'ubor quvonch bilan hapqirardi, uchayotgan yulduzlarni sanab har oqshom bir kuni baxtli bo'lishimiz haqida orzular qilardim.
Men boshlang'ich sinflarni tugatdim va yuqori sinfga qadam qoydim, yoshligimda unchalik chiroyli bo'lmaganman ammo o'smirlik davrim boshlanganidan so'ng tamoman o'zgardim. Onam yig'ib qoygan pullarini jamlab menga ilk bora yuqori sinflar kiyadigan Yapon formasini olib berdi, u juda qimmat va shunga yarasha juda chiroyli edi. Uning xohishiga ko'ra biz sochlarimni kesdik va Yaponiyaning o'rta yoshlarining sochlari uslubida turmakladik. Men yuzimdan nolimasdim chunki yetarli darajada husnim borligini odamlarning menga havas bilan qarashidan bilish ham oson edi.
Har doim koinotga qiziqqanim uchun kutubxonaning burchaklarida astronountlar haqida kitoblar va hikoyalar o'qirdim. Hayotim sokin, Kyotoda otamsiz bo'lsa ham baxtli yashardim. Ammo bir kun hammasi o'zgardi.
Maktabdagi rasm chizish tanlovida birinchi o'rinni olib kelgan kunim, qolimda quyosh sistemasi ning aqilbovar qilmas darajadagi chiroyli surati, mening yoshimda bunday chiroyli rasm chiza olish tasavvur qilib bo'lmas bolsada, mendagi iqtidor buni aksini korsatib turardi.
Men birinchi o'rin olganim va keyingi galda Tokiyoga yollanma qolga kiritishim mumkinligini onamga aytish uchun zavq bilan kichik uyimizga sabrsiz kirib bordim ammo ikki notanish erkak meni mehmonxona eshigi yonida toxtatib qoldi. Men osha yerda turib barchasini eshitib turardim.
- Xonim, otangizning kasalligi zo'riqa boshlagan, u sizni qaytishingizni so'rayapti -) yoshi 40 lardan oshgan Xitoymi yoki onam kabi Koreys erkak g'amgin ovozda sozlab turar uning yonida esa Kastyum shim kiygan va qulogiga nimadir taqib olgan qorqinchi jim va qimirlamay turardi, men qorqib kettim, kim ular.. Va nega bu yerda.
Qorquvdan boshlangan hiqchoqim sabab erkak va oyim men tomon ogirilishdi.
- Oh.. Bu Ann bolsa kerak a? -) odam menga qarab kuldi.
- kimsiz? -) soradim ovozimdagi titroq bilan
- Sen Uchun Kyonnam amaki -) dedi u kulganda ajinlari bilinib qoladigan yuzini onamga burib.
- javobing qanday Xyori? - ) savoldan song onamning javobini kutdim nahotki rozi bolsa..? Endi hech qachon kametalarni kora olmaymanmi.. Kozlarimni yumdim va indamay xonamizga chiqib kettim. Goyo xayrlashuvni oldindan sezgandek kozlarim yoshlandi, va ajoyib tush kabi hayotim tugadi.
Endi men bu jannatmakon tog'lar, derazam tagida o'tlab yuradigan echkilar, tomlarda yalpayib yotadigan baqaloq mushuklarni, osmonda charaqlab miltillaydigan yulduzlar va ehtimol hech qachon kelmaydigan kometani ko'ra olmayman.
Xonamga kirib olib yum yum yig'ladim va onamdan ketmaslikni iltimos qildim. Ammo u hayotimiz ancha yaxshilanishini, bobom juda badavlat mulkdor shaxs ekanligini va uning yagona merosxo'ri men va onam ekanligimni aytganda vujudimda paydo bolgan qorquv hissi , Korea nomli mamlakatni allaqachon yomon ko'rib bolgandi.
Allaqanday kichik va yogochdan qilingan, oddiy qishloq uyida yashaydigan men ertasi kuni Koreaga uchadigan samalyotning Business class bo'limida notanish mamlakat tomon yolga otlangandim, derazadan ortda qolib ketgan vatanimni tomosha qilib unga xayr deyish bilan kozlarimdagi tomchini sekin barmoqlarim orqali sidirib olgandim, shunday qilib mening hashamatli hayotim samalyotning business classidan boshlandi.
Biz Koreaga yetib kelganimizda, bu mamlakat umuman o'zgacha ekanligi bilan Yaponiya vaholanki Kyoto dan ancha farq qilardi. Kyotoda osadigan baland Bambuklar o'rniga bu yerda ular binolar qad kotarib turar. Odamlar esa alla nimadirlar bilan juda band va hech kim bir biriga etibor ham bermasdi, Kyotoning sokinligini aynan ilk kundan sog'ina boshladim.
40 yoshlardagi Ozini Kyonnam amaki deb tanishtirgan odam bizni bir qo'rg'onga olib keldi. Men hatti hayotim davomida hech qachon ko'rmagan o'ta hashamdor uy qarshisida hayratdan tilimni ham tishlab oldim. Bunday hashamat.. Men uni hatto orzu qilmaganman.
Onamning aytishicha u dadam bilan sevishib qolganda bobom bu munosabatga qarshi bolgan. Ular qarshilikka qaramay Koreadan qochib ketishgan va Yaponiyada dadamning uyida yashashgan. Ammo uning aytishicha dadam vaqt o'tib zerika boshlagan u doim munosabatlarni buzish uchun kichik bahonalar bilan urush chiqargan va oxiri yosh Yapon juvon bilan ketib qolgan. Men esa bechora onamning qornida onamning boshiga yuk bolib dunyoga kelganman.
Bobom mening borligimni yaqinda eshitibti va darhol biz bilan bog'landi va mana korib turganingizdek men uning uyi qarshisidaman.
Kyonnam amaki yo'l boshladi. Biz hashamdor qo'rg'onga kirib bordik. Darvozadan kirganingizda katta bogni korasiz. Atrof har xil men bilmaydigan daraxtlar bilan bezalgan, asosiy uy esa ichkarida edi.
Hashamatli uy 2000inchi yillar uslubida juda zamonaviy zihozlangan, devorlar esa tushinib bolmas suratlar bilan dizaynlashtirilgandi. Yuragimda yana bir alanga shu rasmlarni chizib korishga undardi.
Bobomning xonasiga kirganimizda u bizni iliq kutib oldi. Avval men bilan korishdi. Uning kozlari qisiq, ancha qarigan bolishiga qaramas egnida kastyum shim kiyib olgan va kozlarida ko'zoynak taqib turardi. Uning yuziga etibor bilan qarasam xa u onam bilan juda oxshardi.
- Ann -) savol berish uchun ehtimol ozining yog'on ovozi bilan meni yoniga chaqirdi.
- yoshing nechida? -) dedi u nabirasidek meni quchogiga tortib
Avval qorqib onamga qaradim u ha ishorasini qilgach yoshimni aytdim.
- 14 yoshdaman, yuqori sinfga chiqdim -) deyman goyo ozimni dunyodagi eng katta odamdek tutib, xonada esa jarangdor kulgu yangraydi. Nega kulishyapti? Xato gapirdimmi?
- juda shirin qiz bolibsan -) bobom mehr bilan meni bagriga bosganda, hayajon va notanish his meni chulg'ab oldi. Uni men ham quchoqlashim kerakmi?
Koreys tilini uncha tushunmaganim uchun uning gaplarini toliq anglolmadim ammo manosini tushundim, oyim doim menga bu tilni o'rgatib kelgan. Shu kundan song maxsus koreys darslariga qatnadim, Yapon tili esa yuragimda abadiy ko'mildi, men u mamlakatga endi qaytmasligimni bilardim.
Hayotim iziga tushdi, men koreani yaxshi kora boshladim, biz Seoul deb atalgan gozal shaharda yashardik. Bobom menga haydovchi berdi u esa meni har kuni "Hana Academy" nomli chet tillari o'qitilishiga iqtisoslashgan maktabga olib borardi. Maktab ancha yillar avval qurilgan katta qasrlardek chiroyli va begona davlat bayroqlari osib qoyilgandi, ehtimol bu qaysidir g'arb mamlakatidir.
Bobom bilan shunchalik tez chiqishib kettikki, maktabdan chiqiboq uning ofisiga yugurardim, chunki u baholarimga qiziqar axmoqona suratlarimni korib meni maqtar va maktab haqidagi hikoyalarimni tinmay eshitardi. U mening bobom bolibgina qolmay, qimmatli topilmamga aylandi.
Bir kuni U mendan gitara chalishni o'rganishimni soradi, men avvaliga qorqdim ammo men buniyam uddalay olardim. U menga hozirda koreada juda mashxur Kpop yulduzlari bo'lgan " Bigbang " guruhi azosidan imzo olingan gitara sovga qildi. Oshanda aqildan ozgudek quvonib ketgandim.
Tezroq gitara chalishni juda xohlardim. Bobom menga maxsus oqituvchi topdi va men gitara chalishni juda tez o'rganib oldim, har tun bobomga va oyimga gitaram bilan o'rgangan yangi qoshiqlarimni kuylab berar va baxtli oilamning erka qiziga aylandim. Aynan shu paytlar mening eng baxtli onlarim edi.
Biz bobom bilan kop bora Incheon, Jeju va boshqa sohillarda dam olib kelardik, bobom yosh bolalardek erinmay vaqtini menga sarflardi. Ehtimol u ham hayotining eng shirin onlarini men bilan o'tkazardi.
Men 4 yil davomida bobom bilan yashab juda baxtli hayot kechirdim, ingliz tili, koreys tilini mukammal o'rgandim, yapon tili esa ona tilim edi. 18 yoshga tolganimda meni Buyuk Britaniyaga Oxford nomli katta universitetga o'qishga yuborishdi.
Men g'arb mamlakatlarini kormaganman va ularning madaniyatiga juda qiziqardim. Onam va Bobomni tashlab ketishni istamagan bolsamda men kelajak uchun intiladigan, qalbi doim nimagadir intiladigan, jo'shqin Ann edim.
18 yoshimda, men uchun mutlaqo begona bolgan Londonga tashrif buyurdim, bobom mendan juda xavotir olgani uchun menga uyimizdagi xizmatchi Soyon xola va haydovchimniyam qo'shib yubordi.
Londondagi ilk kunimoq shahar aylanishga chiqdim, oh bu mamlakat hatto koreadan ham rivojlangan, odamlari shovqinli va juda tez gapirishardi ammo bu xalqqa tegishli bolgan har bir yangi narsa meni yanayam jo'shqinlantirardi.
Soyon xolam va haydovchimni juda charchatib birinchi kundanoq shaharni aylanishga olib chiqdim, va shuni deb kechagacha uyga joylashishimizga togri keldi.
Oxforddagi ilk oqish kunimda, men Jensy shim va oddiy futbolka kiydim bu yerda maxsus forma yoq ekan, buni eshitish naqadar yoqimli, togrida har kuni bir xil oq kofta va yubkadan juda zerikib ketardim.
Ilk darsimiz Ingliz tili adabiyoti ga kirish, maruza edi, Janob Michael Anderson bugun bizga maruza qilishi kerak. Yelkamda gitaram va qolimda portfelim bilan maruza xonasiga kirdim, juda kotta zal, yangi oquvchilar hayajon bilan deraza yonidagi joyni egalladim, hali maruza boshlanishiga bir necha daqiqa bor, men esa ungacha derazadan korinib turgan chiroyli manzarani chizish uchun qalam va daftarimni oldim.
Birdan burnimga mayin lavanda va mandarinning o'tkir iforini beradigan xushboylik urildi, boshimni yon tomonimga burganimda, Bizdan bir pog'ona yuqori sinfda o'qigan Lee Mire ni ko'rib turardim.
- aishh, shibalsekkiyyaa -) u koreys tilidagi yomon jumlani ishlatib yonimga kelib o'tirdi, yuzidan asabiyligi ko'rinib turardi. Hech narsa demay rasmimni chizishni boshladim.
- βWhat an idiotβwho does he think he is?! It hasnβt even been two days since we started dating, and heβs already seeing someone else!β -) u oziga shivirlab allaqanday yigitni haqoratli so'zlar bilan so'kardi. Bu galati ammo negadir meni bu kulgimni qistatib turardi.
Men introvert xarakterim bilan unga hech nima demadim, u biroz tinchlanib menga etibor qildi. Va suratimni korib qoldi.
- oh.. What a beautiful picture?! -) u ozining ravon aksenti bilan hayratini ifodalab meni suhbatga tortdi.
Nima deyishni bilmadim, u qolimdan suratni oldi. U bilan ingliz tilida surat haqida gaplashdik, u birdan koreys ekanligimni payqadi
- Hey.. You are Korean?
- Japanese and Korean - ) dedim qisqa qilib, u koreys tiliga o'tdi.
- Sizni Hana da ko'rmaganmanmi?
- Xa, bir maktabda o'qiganmiz
- Oh my God! -) u hayajon bilan meni quchoqladi. U hissiyotlarga boy va kutilmagan ishlar qiladigan qiz ekan, meni quchoqlab olganda hayron boldim.
- Inglizlar orasida siqilib ketgandim, kel senlaymiz va dost bolamiz-) u bunday taklifni juda oson berdi. Men ham hech kimni tanimayman, Yosh otgan Soyon xonim va haydovchimdan farqi o'laroq, bu qiz bilan uncha zerikmasligim aniq.
Mening eng yaqin insonim Lee Mire bilan bo'lgan tanishuvim shunday juda tez boshlanib ketgan, u va men tez chiqishganmiz. Unga gitara chalib berardim, u majburan o'zining suratlarini menga chizdirib olardi va ikki kun munosabatda bolgan yigiti haqida aytib ozining ustidan kop kulardi. U quvnoq va xushchaqchaq qizligi uchun ham menga yoqardi. U maktab paytida yaxshi korgan bir sinfdoshi haqida kop aytib berar va haliyam uni unutolmaganini aytib bazida yig'lab olardi. Qanday g'alati qiz tog'rimi?
U bilan sohamiz bir xil emasdi, u huquq yo'nalishida advokatlik boyicha o'qirdi, men esa Tarjimonlik soham boyicha o'qirdim, osha kuni Abadiyot xonasiga shunchaki osha yigitdan nari bolish uchun kirgan ekan ammo ehtimol bu taqdir u va meni shu orqali uchrashtirgan edi.
Mire bilan sohilda diving qilardik, u esa o'zi o'qiydigan romantic kitoblar haqida gapiraverib qulog'miyyamni yerdi kamiga allaqanday xayolidagi yigit haqida hikoyalar ham yozardi. Uning oilasi boy advokatlar oilasi bo'lgani uchun Mire ni ham shu sohaga yonaltirishgan ekan ammo Mire doim yozuvchi bolishni xohlashini aytardi, unga qiyin, oilasi uchun ozi qiziqmagan sohada o'qishga majbur edi.
Mire bilan Londondagi har kun qiziqarli edi, biz bu yerda kop dostlar ortirganmiz goh gohida Soyon xonimni aldab clublarga borib turardik, haydovchimni esa Soyon xonimga aytib bermasligi uchun zo'rg'a ko'ndirardik.
Hammasi juda qiziq va ajoyib boshlandi va davom etardi, Oyim va Bobom bilan deyarli har kuni telefonda gaplashardik, hayotim judayam yaxshi edi toki o'sha mudxish xabardan so'ng koreaga qaytmagunimcha.
Londondagi ikkinchi yilim o'qishning yangi yilgacha boladigan qismi o'tdi hozir imtihonlar vaqti edi. Osha kuni Mire bilan yangi yil uchun uyimda katta archa bezayotgandik, birdan menga qongiroq boldi. Va Bobom olamdan o'tganini aytishdi. Osha onda hech narsani eshitmadim, koz oldimda faqat bobom bilan o'tgan baxtli kunlarim va uning ovozi kelardi.
Ichimda judayam ogriqli bir tuyg'u yugurdi, yuragim qattiq tortishib, tomogimda alamli hissiot tiqila boshladi va baqirib yig'lab yubordim, Mire darhol telefonni qolimdan olib, allaqachon tanish bolib qolgan onam bilan gaplashdi, men esa faqat Bobomni endi kora olmasligimni o'ylab qattiq siqila boshladim.
Hayotimning eng ajoyib onlari Bobom meni tashlab ketgan kundan boshlab tugadi.
Men Koreaga zudlik bilan qaytdim, dafn marosimiga barcha katta odamlar tashrif buyurgan, hamma qora kiyimda onam esa menga notanish bir erkakning yelkasida yig'lab turardi. Unga hayrat bilan qaradim ammo uning ishqiy hayoti haqida sorash uchun menda kuch yoq edi, bobomning kulib turgan surati qarshisida kuchsiz tizzaladim va alam bilan yiglab yubordim.
- Nega tashlab ketdingiz.. -) men zorga shivirlagan tovush ozimdan boshqa hech kimga eshitilmadi.
Dafn marosimidan so'ng yana Londonga qaytdim, na onam va na uning oldidagi odam bilan suhbatlashmadim, hech kimni eshitishni ham istamadim, imtihonlarim bahonasida Londonga uchib kettim.
Ammo ko'p imtihonlarim dan song Koreaga qaytdim. Hayotimni jahannamga aylantirgan o'sha kimsaning ismi esa Kang Jaehyun onamning kozlariga parda tortib uni o'ziga og'dirib olgan, pulga ruju qoygan kimsa edi.
Koreaga qaytdim onam chaqirdi ammo buning hammasi Jaehyunning o'yini ekanini ikkimiz ham bilmasdik. Uyga qaytganimda bobomning fayzli uyi juda ozgartirilgan, Pardalar mebellar hatto uning xonasi ham va oyim osha odamga tez orada turmushga chiqishini eshitib shock holatida qoldim. Onam yosh albatta sevilishga haqli edi ammo bu odam eng notogri tanlov edi.
Bu uyda o'zgarmagan faqat bir joy bor edi, Bobomning kitob javoni ortidagi osha yashirin xona, buni faqat men bilardim Jaehyun va onam bu haqida bilishmasdi, men osha yashirin xonada eski kunlarimni eslab yiglar va sevimli gitaramni chalardim.
Kampaniyamiz boshqaruvi toydan song Jaehyun ning qoliga o'tdi ammo qanday? Onam oz ulushlari boshqaruvini sevgilisiga bergandi. Menga esa ulushlarim bor yoqligi haqida hech kim gapirmadi men ham soramadim, chunki menga qiziq emasdi.
Toy otgach Londonga qaytmoqchi boldim ammo Jaehyun buni ruhsat bermadi. Onam yangi brendi bilan mashg'ul bolganda Jaehyun meni kaltaydigan odat chiqardi. Oqishim Koreaga kochirildi, Telefon raqamim almashdi, Mire bilan xatto xayirlasha olmadik.
Bir kuni xonamda gitara chalayotganimni eshitib qolib qolimdan gitaramni olib sindirib tashladi. - NIMA QILDINGIZ!!! BUNI BOBOM BERGANDI -) alam bilan baqirib uning sochlariga yopishdim va oxirida singan gitaram va kaltaklangan tanam bilan tanish yotog'im ustida uxlab qoldim. Mening qorqinchli hayotim Jaehyun kirib kelishi bilan oz startini boshladi. Singan gitaramni shu holicha saqlab bobomning yashirin xonasida yashirib qoydim va boshqa hech qachon gitara chalmadim, surat ham chizmadim, chunki endi hayotim rangsiz tusga kirib bolgandi.
Rizzunna Ann ning hikoyasi mana shunday boshlandi.