๐ณ๐ง๐ค ๐ฒ๐ค๐ฎ๐ด๐ซ ๐ข๐จ๐ณ๐ธ
๐๐ข๐๐๐ข๐ง๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐๐'๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐
Oshxonadan ozi uchun qahva tayyorlattirib olgan Jimin Sujining tarifini har bir xizmatchidan allaqachon eshitib ulgurdi, Singlisini uyiga yubordi ammo ozi bugun ham qoriqchilik qilishi kerak, qulogiga maxsus qulochinlarni taqib uyning kameralari qarshisiga o'tirdi qolida kotarib kelgan qahvasini stoli ustiga qoyadi, shu payt eshik taqilladi.
Kirishi mumkinligini eshitgan xizmatchi qiz qolida ramyeon tayyorlangan idish va yaxna ichimlik kotarib kiradi, Qiz yubkalarini odatagidan ko'ra biroz ko'targan va oq koylagining bitta tugmasi ham yechib qoygan edi, shu bilan birga uning sochlari ham yoyiq, yigitning etiborini tortish uchun pushti lab boyog'ini ham surib olgan.
- bugun tuni bilan qolasiz deb eshitdim shunga ramyeon bilan ichimlik olib kelgandim -) tovlanib kelgan qiz patnisni Jiminning stoli ustiga qoydi va bu gal undan etibor kutib turadi.
- rahmat qoldiraver -) qizga qaramagan Jimin ozi olib kelgan qahvadan bir hoplam ichib yana diqqatini kameralarga qaratadi.
- ah.. Endi doim shu yerda ishlaysizmi..? -) soraydi qiz ikkinchi urinish bilan
- qayerda bo'lishim menimcha Suji xonimga bog'liq
Yana bir urinishni boy bergan qiz kozlarini suzadi * Shu yalmogiz arzanda jonimga tegdi * deya o'ylaydi ichida va yana bir urinib ko'radi.
- haa.. Aytagancha ismim Kan Jiah - ) qolini Jimin tomon cho'zadi qiz
Jimin kameralardan kozini bir uzdida Jiah ga etiborsiz ko'z tashlab qolini siqib qoyadi. Va Sujining daraxtga tirmashib Jungkook ning uyiga otishini tomosha qilishda davom etadi.
- rahmat Jiah, menimcha meni ishim bor, sen bularni o'zing yeb qoyarsan - ) shunday degancha Xonadan chiqib ketti Jimin.
Jimin chiqar ekan Sujining kulgili holati sabab paydo bo'lgan tabassumni ham inkor qilib bo'lmasdi.
Jungkook ning uyidan chiqqan Suji darvoza dastagida qolgan qolini sekin oladi va yarqirab turgan tinniq osmondagi yulduzlarga qaraydi, ular porlab turardi.
Havodagi sof va toza ifor uning qalbini allanechuk qilib o'tadi, Suji osmondan koz uzib barmoqlarini sumkasi tomob eltadi, ichidan doim chakadigan sigaretini oladi va uni yoqib chakkancha piyoda yurishni boshlaydi.
Qolidagi tutayotgan zararli sigaretga qaragan Suji yol yolakay daraxtlarga gapiradi.
- siz tozalayotgan havoni buzayotganimdan xafamisiz? - ) yolida davom etadi u
- xafa bo'lmang.. Ozi men bu dunyoga zarar keltirish uchun tug'ilgan bo'lsam kerak.. -) gapi orasida kuladi u
- balki shuning uchun ham onam tashlab ketgan.. - ) mayus tortib qolgan Suji u tomon kelayotgan matatsikillni ko'rmasdi.
Egniga kapushonkali kiyim kiyib olgan Jimin, hech narsa demay Sujining ortidan uni kuzatib kelardi. Qizning chekayotgani unga yoqmas ammo shunga qaramay hech narsa demay uni kuzatib ketish go'yo yoqimlidek tuyilardi.
Birdan yo'lda matatsikil paydo bo'ladi. U burilmas va to'g'ri Suji tomon kelayotganini korgan Jimin Sujini ogohlantirishga ulgurmasdi.
Matatsikil kelmasidan uning yoniga bor kuchi bilan yugurdida yo'l yoqasidan ketayotgan Sujini qolidan ushlab chetga tortishga ulgurib qoldi.
Nima bolganini tushunmagan Suji qolidan tushib ketgan sigareti va uni bosib o'tib ketilishini kora oldi xolos, kozlarini yon tomonda burganda qarshisida turgan Jiminni korib hayron boldi va sekin undan biroz orqaga tisarildi.
- bu yerda nima qilyapsan??
- shhh.. Bizni kuzatishyapti -) Sujining qolini takror ushlaydi Jimin, Suji esa Jimin ushlagan qoliga qarab qoladi.
- men bilan yur
- qayerga???
Jimin Sujining qolidan ushlab uni notanish tomonga buradi va qayergadir olib ketadi.
Xitoyning eng mashxur mehmonxolaridan biri :
Ayolni qolida ko'tarib ketgan erkak mehmonxonaning yumshoq yotogida uni joylagach ayolning nafis sochlarini silaydi va keyingi urinish bilan uning lablariga bo'lgan ishtiyoqini ko'rsatib ayoling lablariga yopishadi. Erkakka qarshilik qilmagan ayol ham uning harakatlariga birma bir javob berishni boshlaydi.
- bunchalar go'zalsiz.. - ) ko'zlaridagi ishtiyoqni yashira olmagan erkakning qo'llari gapirish mobaynida uning ko'ylak iplari tomon oralab u iplarni sekin ocha boshlaydi.
- aminmisiz? - soraydi ayol erkakning qoli ustidan tutib
- siz buni xohlamaysizmi?
- albatta xohlayman.. Ammo bolalarchi?
- ularni menga qoyib bering -) ayoling gapini bolgan erkak bu gal uning boyin qismiga yo'naladi.
Suji notanish joylarga ketishayotganigan tashvishlanib qolini siltagancha Jimindan tortib oladi.
- QOLIM OG'RIB KETTI !! SURDAYVEMA MENI !!
- Tinchlaning Suji
- Meni nega odam topmas joylarga olib kelding!!
- nima kulgili!!
- odam topmas joyga olib kelganim yoq -) dedi Jimin ozini kulgidan to'xtatib
- men bu joylarni bilmayman - ) qolini koksiga boglagan sujing ohangi bu gal biroz tinchlangandek edi
- siz bilmaysiz degani bu unaqa joy degani emas
- sen meni.. Toxta ozi qanday kelding?
- Sizning tansoqchingizman shekilli?
- Nima biror yerimga kamera o'rmatganmisan -) Suji sumkasi va ust kiyimiga qaraydi
- tashvishlanmang kamerani sizga o'rnatmaganman
Cho'ntagidan qora maska chiqargan Jimin uni Sujining yuziga taqib qoyadi va uning sochlarini to'g'irlaydi.
- tashqariga chiqayotganda buni taqishkerakligini bilasizmi?
- axir kech tushdiku
- Suji.. Siz kim ekanligingizni o'zingiz bilasizmi?
- bu nima deganing?
- Suji -) kozlarini ochib yopgan Jimin chuqur nafas oladi.
- sizningcha otangiz faqatgina sizning yomon odatlaringizni deb meni chaqirdimi? Shunday kichik narsalar uchun maxsus tansoqchimi?
- nima demoqchisan?
- Otangiz yaqinda deputatlikka nomzodini qoyadi ana o'shanda uni yo'q qilish uchun sizdan foydalanadiganlar ko'payadi
- nimalar deyapsan??? Otam deputatlikka nomzod qoydimi?
- ha va hozirgina alla qachon dushmanlaringiz ko'payib bo'lganining guvohi boldingiz, osha matatsikil sizni o'ldirish uchun yuborilganini hali tushunmadingiz chog'i
- kamida atrofda paparazzi lar ham bor edi, ertaga gazetalarda chiqsak ham ajab emas
Suji hech narsa demay boshini egib turardi xolos.
- nega buncha o'ylamay ish qilasiz? Qayerga ketayotgandingiz?
- qayerga ketayotganimni senga aytaman deb o'ylaysanmi? Yaxshi, tansoqchimisan unda dushmanlarimdan himoya qil shaxsiy ishlarimga sen ham dadam ham aralasholmaydi.
Jiminning yelkasidan qattiq turtib ketadi Suji, joyidan biroz siljigan Jimin kozlarini ochib yumadi va boshini biroz qimirlatib qoyadi.
- Yur!! Qandaydir joyga olib kelib qotib turishga nima bor?! Yo'l ko'rsat!
- Hey ehtiyot boling zahringiz ko'ylagingizga tombib qoladi - ) axiri qo'pollik joniga teggan Jimin ichidagini aytadi
- xavotir olma zahrim senga zarar bermaydi qo'riqchim meni -) sumkasidan sigaretni olgan Suji jiminga havoyi bo'sa yuboradi. Bu esa Jiminni beixtiyor tabassum qildiradi.
- tovba.. Shunday ham bo'ladimi odam - ) Jimin ichida shivirlab qoyadi
- Sujii - ) uning ortidan yugurgan Jimin Sujining bilagi ustidagi kiyimidan siqib to'xtatadi.
- Tegmaa!!
- voy xudo yemayman xavotir olmang
Bu gal Sujining labi kuladi.
- nima demoqchi eding?
- men bilan bir joyga borasizmi?
- sen deyishing mumkin, katta bolsang kerak va qayerga boramiz? Odam topmas joygami?
- ozing aytding men senlayman, va odam topmas joyga emas albatta -) qolini Suji tomon etadi Jimin.
- qayerga?
- borganimizda ko'rasan
Biroz o'ylab turgan Suji Jimin uzatgan qo'lidan tutadi.
๐๐๐๐๐ ๐๐ ๐๐๐.. ๐ถโ๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐ฆ๐ข๐๐๐ข๐ง๐๐๐ ๐ฃ๐ ๐ ๐๐ ๐ฃ๐ ๐๐๐.. ๐ต๐๐๐ ๐ฆ๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐
U qolimdan bemalol tutib ketardi.. Gohida qoliga, gohida yuziga qarardim. U kulib nimalardir haqida menga aytib berardi.. Ammo quloqlarim hech narsani eshitmayapti.. U kim boldi.. Yuragimni hayajonga solaveradi.. -) Suji gohida sochlarini togirlar Jimin siqib turgan qoliga qarar ammo uni oziga qaytib olmasdi...
Ular bir sotuvchining yoniga borishadi.
- shu yerda turing men hozir -) Jimin ikkisi uchun corndog olib qaytadi.
- tsss nima bu -) lablari kuladi Sujining
- Corndog yemagansan shundaymi?
- xa.. Yemaganman
Jimin corndogni Sujining qoliga beradi. Ular uyga qaytuncha suhbatlashib Corndog yeb kelishadi..
Soat millari yarim tundan oshgan Jimin Sujini xonasigacha olib keladi.
- xayrli tun, yaxshi dam ol -) Jimin jilmayib unga qo'l silkydi Sujining yuragi takror tez uradi va shunchaki sen ham.. Deb qoya qoladi.
Soat yarim tungi 3 bolayotganiga qaramay uyqisi etmayotgan Suji kozlarini yumganda paydo bolayotgan Jiminning yuzidan asabiylasha boshlaydi
- chiqib ket xayolimdan!! - ) va u shu tarzda tong orttiradi
Tong sahardan yo'lla chiqqan samalyot 12 soat deganda nihoyat Franciya - Parij aeroportida qo'nadi. Uzoq muddatli uchish oyoqlarini og'ritgan Raniya samalyotdan tushib biroz chigalini yozadi.
Aeroportda uni kutib turgan muxlislar bilan salomlashgach bir nechta dasxat qoyib jamoaviy guruhi bilan Aeroportni tark etadi.
Parijning ๐๐๐๐ฃ๐ฉ-๐๐ค๐ฃ๐ค๐ง๐โ - ko'chasida joylashgan eng mashxur mehmonxonalardan biri " ๐๐คโ๐ฉ๐๐ก ๐พ๐ค๐จ๐ฉ๐๐จ " yetib kelgan Raniyani jamoasi uni mehmonxonaga olib kirishadi.
- Qani tezroq kiyimlarni oling -) menejerning buyrugiga ko'ra Raniya uchun olib kelingan buyumlar stilist va dizaynerlar bron qilingan xonaga kira boshlashadi.
- men nima qilishim kerak -) yumshoq kresloga otirish barobarida soraydi Raniya
- 20 taqiqadan so'ng Vogue jamoasi keladi ungacha ovqatlanib ol
Chuqur xo'rsingan Raniya ornidan turib yuvinish xonasiga kirib ketadi.
Hali uyqudan uyg'onmagan Sujining xonasini taqillatgan Yujin ruxsatsiz xonaga kiradi. Va pardalarni ochib xonani yoritadi.
- ufff - yuzini nolish bilan yana yopadi Suji
- Xonim sizni stilistlaringiz kutyapti
- Senga ularni chaqir dedimmi
- Xonim turing
- Ufff - ) gal yuzini ochgan Suji asabiylashib yuvinish xonasiga kirib ketadi.
- hey buyaqqa kel - ) tishini yuvayotgan Sujining yoniga kiradi Yujin
- kun tartibi?
- ah ha.. Kun tartibingizda birinchi bo'lib otangizni aeroportda kutib olishga boramiz, undan keyin " Elle " uchun suratga olish jarayoni bo'ladi. Kechqurun esa oilaviy uchrashuv bor
- oilaviy? Qanday uchrashuv?
- bunisini bilmayman, otangizning menejeri kechga tayyorlanishingizni aytdi boshqa xabar berishmadi
- yaxshi unda otamning yoniga boramiz oldin.
Vogue bilan bo'lib o'tgan interview yakunlangach Raniyani Celine uchrashuvi uchun olib ketishadi.
Mehmonlar kelishni boshlagan va u yerda mushxur yuzlarni korish mumkin edi.
Tashqarida kutib turgan muxlislardan o'tib olgan Raniyani navbatda turgan mashxurlar suratga olish joyiga olib borishadi.
Raniya chetda menegeri bilan Kendal Jennerning suratga olish jarayoni tugashini kutib turadi. Navbati o'tgan Kendal Raniyaga " Hi " deya iliq salomlashuv bilan zalga kirib ketadi endi navbat Raniyaga.
- mazur tutasiz, Raniya xonim ming bor uzur, hozir ro'yxatimizda Kim Taehyung yozilgan ekan - ) Raniyani suratga olish joyiga borishdan toxtatadi xodim
- Lekin bizga Kendal dan keyin Raniya deyishgandi -) norozilik bildiradi Menegeri
- ammo janob Taehyung kutib turibti
- Janob Taehyung ozining navbatini kutsin! Bu qanday xurmatsizlik bo'ldi.
Norozilik bilan ovozini kotaradi Raniya va yonidan kelgan ovoz sabab yuzini buradi.
- muammosiz Madamimizni birinchi o'tkazishingizga qarshi emasman -) Taehyung ning muloyim muomalasi sabab tinchlangan xodim Raniyani otkazib yuboradi.
Raniya gavdasini tik tutgancha kameralar yoniga borib oladi.
- Kim u? -) yonidagi menegerdan past ovozda soraydi Taehyung
- Raniya Manobal , yaqinda mashxur bo'lgan yosh Model
Taehyung hech narsa demay bosh egib qoyadi va ozining otkir nigohlari bilan Raniyaning har bir harakatini tomosha qiladi.
Tonggi stili tayyor bo'lgan Sujining sochlariga so'nggi sprayni sepishadi va Yujin va jamoaviy guruh bilan tashqariga chiqa boshlashadi.
Tashqariga chiqishidan oldin ust boshini yana bir marta kozdan kechirgan Suji Jiminning yonida chiroyli korinishga urinayotgandek edi.
Suji va Yujin ni mashinaga otirishiga yordam bergan Jimin mashinani Incheon aeroportiga olib boradi.
Yo'l boyi mashina oynasidan Jiminni kuzatib kelgan Suji Incheon aeroportini korgach boshini biroz kotaradida tushish uchun tayyorlanadi.
- Mashinadan tushmang, men avval atrofni kozdan kechiray keyin chiqasizlar
- Yaxshi deya boshini eggan Suji mashina ichidan Jiminni tomosha qiladi, Kastyum shim va quloqchinlar unga shunchalar yarashgan ediki agar u tansoqchi bo'lmaganda mashxurroq bolishi aniq.
- yaxshiyam u mening tansoqchim meniki -) kulib qoygan Suji oziga ozi shivirlaydi.