๐ณ๐ง๐ค ๐ฒ๐ค๐ฎ๐ด๐ซ ๐ข๐จ๐ณ๐ธ
๐๐ข๐๐๐ข๐ง๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐๐'๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐ .
Bir soat avval Suji Jungkookning mashinasiga o'tirgan vaqt |
Suji notanish raqamlarni telefoniga teradi va qo'ng'iroq qiladi.
- Alo -) telefon ortigan Sujiga tanish yigitning ovozi eshitiladi.
- Rang, hozir Hyundai rusumli qora mashina darvozadan chiqadi, osha mashinadaman ortimizdan bor, vaziyat bolishi bilan yonimga kelib meni olib ketasan tushunarlimi.
- tushundim -) yigitning tasdig'idan song 2 daqiqa ham davom etmagan qo'ng'iroq tugaydi.
Jimin bilan gaplashib bo'lgan Jungkook mashinaga keladi va ular xiyobonga ketishadi.
Xiyobonni tark etgan Suji ayni damda Rang ning matatsiklida edi.
- Yana Jeon Jungkook bilan yuribsizmi? - ) matatsiklida ketayotgan yigit ovozi eshitilishi uchun balandroq gapiradi
- U bolmaganda chiqolmasligim mumkin edi.
- Nega u bilan yuribsiz ozi, bu menga yoqmayapti.
- Nima??! Senga nega yoqmas ekan?
- Sizga men uylanaman deganmanku
- Hey, sen hali 18 ga kirib ol, menga uylanarmish, matatsiklingni hayda
Rangning hazillariga o'rganib qolgan Suji suhbat mobaynida, chekka hududdagi yalang maydonga yaqin uylar yonida toxtadi. Bazim allaqachon avjida, qizlar va erkaklar hayotning bir daqiqasidan zavq olib Barbaraning hovuzida kechani davom etishardi.
- Oh hey Suji, seni ko'rmaymiz deb qorqqandik go'zalim
Deya qilingan doimiy hushomadlardan o'tib olgan Suji, Rangni tashqarida qoldirib Barbaraning yoniga boradi.
Sujini korgan Barbara ichimligini simirib uni kutib oladi.
- sen qiz doim vadangda turasan
Tabassum bilan uni quchoqlaydi Suji.
- Moviy dengiz ni sog'indim axir, u bilan bugun ancha chigalimizni yozishimiz kerak.
Javoban dastlab jilmayadi Barbara : Moviy dengiz garajda avval kiyimingni kiyib chiq, bugun senga ajoyib raqib bor -) Kozini qisib qoyadi qiz
- yog'eey ko'rinishi qanday
- ketvorgan yigit ishonaver
Barbaraning javobidan Suji baland ovoz da kuladi va Kiyimini almashtirish uchun ketadi.
Yo'l boyi matatsikl ortidan kelgan Jimin hashamatli uy va u yerda bolayotgan hodisalardan hayratdaligi aniq, America muhitida katta bo'lgan erka qiz, hatto bunday joylarga ham tashrif buyurishi uni juda hayratga solgan. Dastab oziga bolgan notanish qarashlardan noqulay bo'lgan Jimin, do'stim bilanman deya uzoqda qaysidir qizga hushomad qilib turgan Rangni ko'rsatib o'tib ketadi. Oradan uncha uzoq o'tmay hammaning etibori mikrafon ovozi sabab o'sha tomonga qaratiladi.
- Ladies and Gentlemen! -) suhbatni boshlaydi Barbara
- Chempionimiz shu yerda, poygani boshlashimiz mumkin -) olqishlardan so'ng paydo bo'lgan Suji uy ichidagi mehmonlarning hatto hushtak chalishiga sabab bo'ladi.
Uzun qora sochlar to'lqinsimon turmaklangan, lablarning ham rangi o'zgaribti, u endi avvalgidek muloyim va pushti emas, yovuzlik va qon kabi alvon rangda tovlanib turardi, belning yarim qismini yopib turgan qora kofta va pastki qismga kiyilgan koja qora shimlar ortidan qizning tanassi sut rangi kabi oq ko'rinardi. Uni kuzatib turgan Jiminning hayrat darajasi yanayam yuqorilab ketti.
- kechirasiz bu yerda nima bo'lyapti o'zi -) vaziyatga tushunmay olomonlarning biridan soraydi u
- nima bo'lardi poyga bo'ladida oshna -) etiborsiz javob bergan yigitning ham diqqati markazda
- bu gal ham moviy dengiz yutishi aniq -) xitob qiladi u ozicha
- moviy dengiz kim? -) tushunilmagan savolni beradi Jimin
- kim? Kim dema ogayni, nima de nima!? , javobing esa anau yerda -) Rang haydab chiqayotgan Moviy rangli Ferrari sport aftomobilini ko'rsatadi unga.
" Moviy dengiz " - deya ataladigan bu hashamdor chopqirning rangi butun uyning tarovatini yanayam oshirdi, mukammallik bilan ishlangan qirralari va etibor bilan yuvilgan badanida hatto o'z aksingizni ham bemalol ko'ra olasiz.
Keyingi galda hammaga raqib yigit tanishtiriladi.
- Suji endi Seni raqibing bilan tanishtiraman -) olomon orasidan chiqib kelgan gavdali yigit Sujining tanasiga shahvoniylik bilan qarab oladi, qollari koksiga o'ralgan Suji uni hatto pisand ham qilmayotganga o'xshardi.
- Robert Wheel tanishganimdan xursandman - ) Suji tomon oz qolini eltadi, yoxud u odob bilan tanishish niyatidadek
- Lee Suji -) yigitning qoliga javoban u ham barmoqlarini eltadi, Sujining qolidan tutgan Robert undan koz uzmay qizning qoli ustiga muloyimlik bilan lab bosadi.
- hayotta ofatijonroq ekansan -) yigitning betarbiya tarifi sabab kozlarini suzadi qiz
- bu sozlaringni qanday tushunay
- gozalsan degani bu qizaloq -) Sujiga kozini qisib qoygan yigit ozining " Lambarjini " rusumli mashinasiga qarab oladi
Dugonasida asabiylikni sezgan Barbara vaziyatni qoliga oladi.
- tanishib oldingiz qani hamma endi tashqariga, Rang mashinalarni maydonga olib chiqing
- kerakmas " Moviy dengiz " ni o'zim haydayman -) qoliga qo'lqoplarini kiyib olgan Suji ko'zni tortadigan hashamatli mashinasini egallab odamlar orasidagi Jiminiing yonidan o'tib ketadi. Ammo u Jiminni ko'rmaydi.
Ochiq maydon , tekis va ravon yo'lning oxiri ko'rinadiganga o'xshamasdi, poyga boshlash chizig'i yonida toxtadan moviy mashinadan Suji tushadi, qolida ichimliklar olib chiqqan olomonning bahslari butun kochani tutib olgan.
- Moviy dengiz yutadi garov o'ynayman
- Ha yoq, menimcha bu gal Robert yutadi, chunki u oziga juda ishongan, menimcha nimanidir biladi
- tayyormisan, go'zalim -) Ferarri yonida turgan Sujini asabiylashtirish uchun unga yaqinlashadi Robert
- Men allaqachon tayyor edim, avval o'zingni tayyorlab ol
Labini tishlagan yigit qizning bir tutam sochini qoliga oladi.
- menga yoqib qolyapsan, bu ketishda shartlarni ozgartirib yuboraman
- qo'lingni sochimdan ol
Keskin ohangdagi bu sozlar va o'tkir nigohlar tasirini korsatgan Robert ikki qolini ko'tarib undan uzoqlashqdi.
- Barbara kel shartlarga o'zgartirishlar kiritaylik
Qizlar bir biriga qarab oladi odamlar esa endi nima bolishiga qiziqishardi.
- Agar men g'alaba qozonsam har ikkala mablag' ham sizda qoladi.
- evazigachi?
- evaziga manabu benuqson tanani olishni sorayman -) ishora qiladi Ferarriga suyanib turgan qizni ko'rsatib
Olomon orasida har xil suhbatlar boshlanadi. Asabiylik sabab kulayotgan Suji bu yigitni qanday jazolasa yaxshi bo'ladi? Uning miyyasi shu haqida o'ylardi.
- bunday bo'lmaydi -) etiroz bildiradi Barbara ammo uni Suji toxtatadi
- shoshma, mendayam taklif bor
Endi suhbat yanayam qizg'inlashmoqda
- Agar sen yutsang pul bizda qoladi ammo sen soraganingni olasan, ammo agar men yutsam -) mag'rurlik bilan yigitning qarshisiga keladi qiz
- unda agar men yutsam, boshqa qizlarning tanasini his qilolmaydigan bo'lasan, asbobni ozing tanlashingga ruhsat beraman -) kinoyali jilmayish bilan qarshisidagi yigitning ustidan batamom kulgan Suji sevimli mashinasi " moviy dengiz " deya atalgan Ferarrining eshiklarini ochib o'tirib oladi.
Odamlar yigitning ustidan hatto kulishar, Sujiga esa qarsaklar chalinardi bu Robertni g'azab otiga mindirgani aniq.
- Kelishdik!! Vadang yodingda tursin! Bu oyinda men yutaman! -) qahrli ohang bilan Lambarjini ham o'z egasini topadi.
Ko'z o'ngimda bo'layotgan hodisalariga aqlim ishongisi kelmasdi, nimalar bo'lyapti, bu ulkan maydon va qarshimdagi ikki hashamdor mashina, men umrimda ko'rmagan bu manzara nahot Lee Sujining odatiy hayoti.. Ozida ko'p sirlarni yashirgan bu qizni qolga ola olish qo'limdan kelarmikan?
Odamlar orasidan shunchaki barini tomosha qilib turgan Jimin boshqalar qatori faqatgina yakunga qiziqar edi. Yakun nima bo'ladi Lee Suji yutqazadimi yoki bu gal ham u g'alaba qiladimi?
Start chizig'i yonida ikki mashina hoziroq uchishga tayyor turardi, oziga ishongan Robert koziga ko'zoynak taqib havo orqali Sujiga bo'sa yuboradi, ko'ngli ozayotganini ochiq ko'rsatib turgan Suji yigitni hatto pisand ham qilmasdi.
Qolida ikki qizil bayroq tutgan Barbara start buyqug'ini berishi bilan Robert Sujidan avval mashinani haydab ketadi.
- qani bo'laqol, o'zingni charchatib ol -) deya jilmaygan Suji undan keyin erkin yo'lga tushadi.
Qolida durbin ushlagan odamlar ikki mashinaning shiddat bilan ketishini tomosha qilardi.
Mashinalar soniyalar ichida odamlardan ancha yiroqlashgan, qolganlar esa ulardan qolgan changlar sabab nima bolayotganini korishga qiynalishardi, qalblarni hayajon o'rab olgan garov o'ynaganlar barmoqlarigacha titrab ketti, hammasi juda qizg'in, Sujidan oldinga o'tib olgan Robert unga yo'l bermay qizning yo'lini takror to'sar bu esa Suji tomondagilarni ancha qo'rqitib qo'ygandi nahot " Moviy dengiz " yutqazsa?
- yo'limdan qoch!!! As*hol! - ) so'kinish uchun fursat boybermagan Sujining qaltis harakati bilan rul burilib ketti va Suji musobaqa yo'lidan chetga chiqib qoldi ammo to'xtamadi.
- yutqazding ! -) ozining g'ayir niyatlarini allaqachon o'ylay boshlagan Robert g'alaba taftini his qilib ulgurmasidan mashinani orqamachalikka haydab kelayotgan Suji uning yonidan oson o'tib ketti, hozirgina nima bo'lganini tushunmagan Robert soniyalar orasida ko'z oynagini qanday kozidan olib tashlaganini ham bilmaydi uning korgani faqat Sujining bir ko'zini qisib olib jilmaygani boldi. Daqiqalar ichida Suji birinchi va atigi 5 soniyadan keyin Robert ning mashinasi chiziqni kesib o'tti mashinalar shunchalar yaqin ediki kim birinchi kelganini hech kim sezmay ham qoldi.
Shoshib mashinadan tushgan Robert ichidan qo'rquvni his qilib turardi, erkinlik bilan tushgan Suji esa barakalla deya "moviy dengiz" ni silab qoyadi.
- kim birinchi keldi? -) shoshqaloqlik bilan savol beradi Robert
- menimcha baravar kelishdi -) deydi odamlardan biri
- Baravar keldikmi? - ) ishora qiladi Suji Rangga va undan bilmayman ishorasini oladi.
- yaxshi kamerani ko'ramiz, Suji va Robert men bilan -) Hamma Barbaraga ergashadi.
Jarayonni kozdan kechirish uchun kelgan bir nechta guvohlar va ishtirokchilarimiz Suji va Robert ning ham kozlari kamerada, yozuvlar aynan korinmagan bo'lsada video to'xtatilganda oradagi farq yaqqol ko'rinib turardi.
Farqni ko'rgan Suji dastlab ovoz chiqarib jilmayib qoydi keyingi gal u nigohini videodan uzmayotgan Robertga qaratdi.
Yigitning dastlab terlay boshlagan peshonasi, va yutunish ovozidan uning nimalar haqida o'ylayotganini tahmin qilish mumkin.
Barbara yaxshi degancha boshini videodan kotardi va odamlarning yoniga ketti, uning ortidan Suji va qolganlar.
Tashqarida odamlar javobni kutib turardi. Ular orasida Jimin ham bor. Hammayoq sukut hamma faqat javobni bilishga qiziqadi Moviy dengiz yoki qora Lambarjini qay biri bugun g'olib?
- bugungi o'yinimiz g'olibini aniqladik, ishtirokchilar orasida uncha kop vaqt yoq ammo 5 soniya barini hal qildi... - ) Barbara sukut qilar odamlar esa sabrsiz g'olib ni bilishlari kerak.
- G'olibimiz.. -) yana sukur va u tabassum bilan Sujining o'ng qo'lini ushlab ko'taradi
- tabriklaymiz " Moviy dengiz " - ) va odamlar baqirgancha olqishlay boshlashadi, javobni sabrsiz kutgan Jimin birdan erkin nafas oladi va odamlarga qoshilib barakalla deb qoyadi hatto u ham atmasferaga allaqachon tushib qolgan edi.
Mag'rurlik va shahvoniy nigohlardan mutlaqo asar ham qolmagan yuz, hatto kozlarini yerdan uzolmayotgan Robert uyattan yer yorilib uning ichida yoqolib qolishni istaydi, uning tarafidagilarning ham hafsalasi pir bolgan.
Endigi gal Suji ohista yuradi, uzun barmoqlaridan birini lablari orasiga olarkan o'tkir va uzun tirnog'i bilan Robert ning iyagiga teginadi.
- qaraya, juda osmon eding, qani ola olasanmi? Tanamni? -) endigi gal Sujining baland ovozda kulishi eshitiladi, bu qiz telbami? U aqldan ozganga o'xshardi.
- ayollarni qayta haqoratlay olmaysan! Sen va senga o'xshagan pastkashlar eshitsin! Biz haqoratlaringiz uchun yaralmaganmiz, kalta kiysa bit*, uzun kiysa xunuk, oziga qarasa etibor tortishga urunadigan, qaramasa oziga qaramaydigan yoqimsiz, kuchli bolsa feminist, kuchsiz bo'lsa ojiza - siz uchun hech qachon Mukammal bo'lmagan ayollar siz haqorat qilishingiz uchun emas, sevishingiz uchun yaralgan! Sevolmas ekansiz, hech bolmasa hurmat qiling! Zero sizni ham ayol kishi dunyoga keltirgan! -) Sujining shidatli nutqi, uning kozlaridagi g'azab va sozlaridagi aniqlik butun to'dani jim qildi. Bu yerdagi har bir shaxs o'z gunohlari va uyida tashlab kelgan ayoliyu, unga ishongan sevgan yori haqida o'ylardi.
- Tana a'zolaring o'zingda qolsin, ammo qayta ayollarga o'zingning iflos hayollaring bilan boqa ko'rma! -) Suji ortiq hech nima demadi. U moviy dengizni mindida ozining hashamdor mashinasi bilan ketti.
- qoyil.. Lee Suji.. Sen men o'ylagandan boshqacha ekansan -) Sujining ortidan qarab qolgan Jimin ham u joyni tark etti.
๐ค ๐๐๐บ๐๐ฝ๐บ๐ ๐๐'๐๐ ๐๐๐บ๐ ๐ฝ๐พ๐๐บ๐๐ ๐ ๐๐๐๐๐๐ ๐ฅ ๐ ๐บ๐ ๐ผ๐๐บ๐๐บ๐๐ |
Uyga kelganiga bir soatdan oshgan Jimin haliyam Sujning kelishini kutardi. Uyqusizlik sabab kozlari kichrayib qolgan mudragancha mashina ichida o'tirardi.
Tashqaridan shovqin eshitildi, aftidan Suji kelgan, darvoza ochilib oddiy kiyimlarda qaytgan Suji u tomon kelayotgan Jimin ni qorong'uda hatto ko'rmay shoshib uyi ichiga kirib ketti, Sujiga yetib ulgurmagan Jimin yana mashinaga qaytdi.
- aish..jin ursin* muhimi qaytdi -) deya shivirladi.
Uyga kirgan Suji oyoq kiyimlarini yechib qoliga oldi va ohista yurgancha xonasi tomon ko'tarila boshladi, dastlab dadasining xonasi yonidan o'tayotgan Sujining xayollari yana eski onlarini esladi, onasi dadasi birgalikda uxlagan kunlari, xona yonidan hali ketib ulgurmagan Suji uxlab yotgan dadasini korishni istadi, u qadrli va yagona oilasini juda kam koradi va kam gaplashadi ammo dunyo qadar yaxshi ko'radi.
Ohista eshikni ochgan Suji qorongu xonaga sekin kirdi, u shunchaki bugun dadasi bilan uxlashni istaydi ammo qandaydir mato ustiga oyoq bosganini sezdi
- oh.. Bu nima -) sekin egilib matoni qoliga olgan Suji bu ayollar kiyimi ekanini anglagach matoni shunchaki tashlab yubordi va qoli bilan og'zini yopgancha xonadan chiqib ketti.
- bo'lishi mumkin emas - ) nafas olishi qiyinlashgan qizning kozlari batamom yoshga to'lgan, u aniq kordi, yerda yotgan kiyimlar barchasi aniq ko'rinib turardi. Suji shoshib oyoq kiyimlarini kiydi. Va uydan hovliga chiqdi va hovli o'rtasida o'tirib yig'lab yubordi.
- oyijon.. -) kuchsiz chiqqan bu tovush qizning qalb og'riqlarini yaqqol ko'rsatib bergandek go'yo.
Hali ozi uchun ajratilgan xonaga borib ulgurmagan Jimin Sujini korib biroz hayratlandi, qorong'u osmonda yulduzlar porlab turardi, oyning xira shulasi va u yaqqol korish mushkul bolsada uning yig'layotganini tahmin qilish mumkin.
Yuz ifodasi xavotir bilan almashgan Jimin Sujining yoniga yugurib keldi.
- Lee Suji.. Yaxshimisan nima bo'ldi??
Osmonda yulduzlar porlar, oyning xira Shulasi esa uning qora kozlarini yoritib turardi, u birdan paydo boldi, va keliboq yanoqlarimdan tutib yoshlangan kozlarimga tikildi va soradi " - ahvoling yaxshimi? " yuragim ogriqli bong urdi, hech narsa deya olmadim.. Uning kozlariga qarab shunchaki yig'ladim, uning yuzi yanayam xavotirli nigohlar bilan almashdi.
" - qayeringdir og'riyaptimi? " u takror savol berdi, men esa yuragim deya olmadim va yoq deya bosh chayqadim
" - unda ayt nima boladi? " u yana savol bilan yuzlandi.
- bir narsa sorasam qilasanmi? -) yoshlangan kozimdan yana bir tomchi men otirgan maysa ustiga tushdi
- albatta -) u ham javob berdi
- unda meni bag'ringga bos.. -) o dastlab menga ishonqiramay qarab turdi keyin esa bag'riga bosdi. Yulduzlar porlagan osmon ostida u meni bag'riga bosdi. Men esa uni..