"Yaxshi Tun, Punpun" 1-bob, 1-qism: "Men yaxshi bola bo‘lishim kerak"
Punpun oddiy bola edi. Kamgap, kamtar, ko‘zlari yerda, fikrlari osmonu samo. U boshqalarga o‘xshamasdi, lekin har doim bir savol bilan yashardi:
Dadam uydan chiqib ketgan kuni uy jimjit edi. Onam esa ko‘z yoshlarini yutib, kechki ovqat pishirdi. Oshxonada bir hilatli sukunat suzardi. Suvning qaynashi, pichoqning taxtachaga urilishi — hammasi musiqaga o‘xshardi, lekin bu musiqa yurakni tirnab o‘tardi.
Punpun lablarini tishlab, ichida shivirladi
| " Men yaxshi bola bo‘lishim kerak. Onamni hapa qilmasligim kerak..."
Ammo yuragidagi nimadir "yaxshi bola" bo‘lish og‘irligini his qilar, go‘ yo bu rolda u o‘zini yo‘qotayotgandek edi.
Ertalab maktabga boryotganda havo loyqalanib turgan, lekin yomg‘ir yog‘mas edi. Osmonda bulutlar titrab, soyalar yerga qorayib tushardi. Sinf eshigini ochganda, birinchi bo‘lib eshitgan narsa - o‘qituvchining ovozi:
— Yangi o‘quvchi bor. Aytmoqchimanki Aiko Tanaka.
U qiz kirgan zahoti sinf bir lahzaga to‘xtab qoldi. Aikoning nigohi boshqacha edi –– u sinifni ko‘rmasdi, go‘yo qalbning ichkarisiga qarayotgandek edi.
|"U men bilan gaplashadimi?... Yoki men shunchaki yana bir soyadamanmi?"
Uchrashuv shu sodda lahzada boshlangan edi. Ammo bu oddiy uchrashuv emas, yurakning asta-sekin yemirilib boradigan sarguzashti edi.
Kechqurun, Punpun yana osmonga qaradi:
|"Allohim,"— dedi u ichida,— " iltimos menga baxt bering. Men yaxshi bola bo‘laman..."
Uning Allohi jim edi. Faqat yuragidagi ovoz ohongdor va sokin javob berdi: