April 13, 2025

Darcromance

Ah mayli 😢

Thv: nimalar bolyapti lanati ufff olish Kirani moshinadan chiqarish
Sugani topish

O‘sha portlashdan so‘ng...

Qora tutun havoni bosib olgan. Atrofda favqulodda xizmatlar, ammo bir narsa aniq — Kira mashinasi endi yo‘q. Faqat qizil rangda yonib turgan olov, yerda parcha-parcha bo‘lib sochilgan metall bo‘laklari...

Taehyung qichqiradi: — KIRAAAAAAAA!!!

U olovga qarab yuguradi, ammo qo‘lidan mahkam ushlab qolishadi. Ichkariga kirib bo‘lmaydi. Juda kech edi.

Suga esa... jim. U hozirgina devorga bosh urib yurgan odam emas. Uning ko‘zlarida — bo‘shliq. Umidlar, dardlar, hammasi yonib ketdi. U faqat bir so‘z takrorlaydi: — Jin... Jin... Jin...


3 kun o‘tdi...

Maxfiy bunker. Jin.

Jin qora ko‘ylakda, oynaga qarab o‘tiribdi. Uning ko‘zlarida g‘alaba emas, quvonch emas. Faqat sovuq hisob-kitob. Yonida Cristella — uning singlisi. Qattiq, sovuq ayol. O‘limdek sukunat ichida yuradigan. Jin unga qaraydi:

— Kira ham endi o‘liklar ro‘yxatida.

Cristella kulimsiraydi: — U yashayotgan bo‘lsa-chi? Men portlashdan so‘ng bir jasad ham topilgani haqida eshitmadim...

Jin jilmayadi: — Shuning uchun keyingi harakatimizni boshlaymiz. Endi Sugani sindirish vaqti keldi.


Boshqa sahna. Maxfiy xonada. Bir ayol hushsiz yotibdi.

Kamera asta yaqinlashadi. Tanasi kuygan, lekin u hali ham tirik. Qattiq jarohatlangan. Bu Kira. Uning yonida niqobdagi noma’lum odam. U Kiraning yuziga sovuq suv sepadi. Kira chinqirib uyg‘onadi.

Niqobli odam: — Sen hali Jin bilan tugatmading. Sening azobing endi boshlanadi.

Kira hushsiz holatda, ammo yuragida faqat bir narsa: qasos.


Bu orada...

Taehyung yotoqxonasida bir xat topadi. Xat qonga bo‘yalgan. Unda bitta jumla:

“Men hali yashayapman. Jin meni sindirolmadi. Namra va Minsu uchun qasosimni olaman. – K.”

Taehyung qaltirab xatni mahkam ushlaydi: — U tirik... KIRA TIRIK!!!

Suga ko‘zini ochadi. O‘sha daqiqada. Ichida yana olov alangalanadi. Bu endi azob emas, bu jang.

Suga: — Jin... seni yo‘q qilaman. Sen bizdan bir-bir olib ketayotgan bo‘lishing mumkin. Lekin... men seni hammasidan battarroq azobda qoldiraman...


Jin qora fonli xonada o‘tiribdi. Ekranda yozuv:

“Operatsiya yakunlanmoqda. Endigi nishon: SUGA.”

Ammo Jin bilmaydi...

Qora qorong‘ilik ichida, Kira hushsiz emas — u rejada. Yolg‘iz emas — u bilan dushmanlarining eng yirtqichlari. Va bu safar u o‘zi emas, bir butun jamoa bo‘ladi...

Kira

Qorong‘u xona. Devorda Namraning rasmi. Uning atrofida shamlar yonib turibdi. Havoda ifloslik, og‘ir hid. Shu yerda, burchakda, o‘zini butkul yo‘qotgan bir inson... Suga.

U yerda o‘tiribdi. Sochlari to‘zigan, ko‘zlari ichi qip-qizil, lablari titrayapti. U Namraning suratiga tikilgan. Unga pichirlab gapiryapti:

— Namra... seni qutqarolmadim... meni kechir... sen... sen ketding, meni yakkalab...

U birdan qichqiradi: — NEGA MEN EMAS??? NEGA MEN O‘LMADIM???

U bir zarb bilan ko‘zgu devorga boshini uradi. Qon oqadi. Keyin u o‘rnidan turadi, dolapdan pichoq chiqaradi. Ko‘zida hech narsa yo‘q — na hayot, na o‘ylash, faqat telbalik.

U o‘zining yuragiga yaqin joyiga pichoqni tiraydi...

Ammo eshik ochiladi!

Taehyung yugurib kiradi: — YO‘Q! SUGA! TO‘XTAAA!!!

U pichoqni tortib oladi, Suga yig‘lab, yiqilib tushadi.

Suga: — U ketdi... men ham ketishim kerak edi...

Taehyung uni mahkam quchoqlaydi: — Jinni o‘ldirmasdan sen ketmaysan. Namra seni shuni qilishni istagan!


Oradan 2 kun o‘tadi...

Taehyung nihoyat Kiraning izini topadi. U eski fabrika ichida maxfiy ravishda qamoqda saqlanayotganini aniqlaydi. U qiziqchi kabi niqob kiyib, qorong‘ida bazaga kiradi. Kira hushsiz, qiynoqlardan holdan toygan. Tanasi chandiqlar bilan to‘la.

Ammo Taehyung uni topadi.

Kira uni ko‘rgach, ko‘zlari ochiladi, yonoqlaridan yosh oqadi: — Tae... sen...

Taehyung uni quchoqlaydi: — Senga so‘z bergandim, senni hech qachon tashlab ketmayman, Kira...

Ammo qochishga vaqt yo‘q. Jinning odamlari bazani payqab qolgan. Otishma boshlanadi.

Taehyung Kiraning qo‘lidan tutadi: — Endi biz bu yerda qolmaymiz. Biz... qasos olamiz.


Suga oynaga qarab turibdi. U qimirlamaydi. Yuzida hech narsa yo‘q. Faqat bir ohangda pichirlab gapiryapti:

— Jin... seni faqat o‘ldirmayman. Men seni o‘zingni ichingdan yo‘q qilaman. Qanday qilib yurakni parchalashni o‘rgandim, endi sening navbating...

U orqasiga qaraydi. Kira va Taehyung eshikda turishibdi. Uchlik yana birga.

Endi esa bu uch odam emas... bu — qasos.

Kira,Suga,Taehyung

Suga: men Cristella aniqladim u Thailand dagi mafiy bunker yuqorisida ucharishuvi borakan men uyerga boraman ozim

Cristella qora plashda, qurollangan. U tepadan pastga — Kira, Taehyung va Suga turgan joyga qarab turibdi. Ammo bu safar Suga yolg‘iz chiqadi. Qonli ko‘zlari bilan, go‘yo o‘lik odam yurib kelayotgandek.

Cristella: — Kelibsanmi, jinni... oxiri nima, azoblimi?

Suga kuladi. Ammo bu kulgi yurakni titratadi. Aqldan ozgan, og‘riqqa bo‘ysungan insonning kulgisi: — Men allaqachon o‘ldim. Meni faqat Namra ushlab turgandi. Endi esa... men faqat uni yoniga qaytaman...

Cristella qurolini ko‘taradi, lekin Suga yurishda davom etadi.

Suga: — Sen uni mendan tortib olding. Endi sen ham u bilan ketasan...

Cristella otmoqchi bo‘ladi, ammo Suga to‘satdan yugurib keladi va uning belidan mahkam ushlab, birga balandlikdan tashlanadi.

Hamma narsa sustlashadi. Shamol o‘kiradi. Kamera sekin-asta ularning qulashini ko‘rsatadi. So‘nggi lahzada Suga ko‘zlarini yumadi. Lablarida pichirlab tilovat qilgan so‘z:

— Namra... men qaytdim...

BO‘M! — Pastda faqat qorong‘ulik, qonni yuvayotgan yomg‘ir, va jimjitlik...


Ertasi kun.

Taehyung va Kira ularning jasadlarini topishadi. Kira yig‘lab yuboradi, Taehyung esa boshini egadi.

Kira: — U sevganidan kecholmadi... u qasos bilan yashadi va o‘lim bilan ketdi...

Taehyung asta aytadi: — Endi Jin qoldi. Oxirgi dushman... endi u ham tinch yashamaydi.


Boshqa bir shahar. Jin qora kostyumda oynadan tashqariga qarab turibdi. Sochlari o‘zgargan. Yuzida yara izlari.

Janob: Biz Kira xonimi moshinasni tutik Taehyung buni payqamadi

Kech tushmoqda. Jinning maxfiy bunkeri — yer ostidagi qorong‘u, temirli labirint. Kirani garovda ushlab turishmoqda. Uning yuzi jarohatlar bilan to‘lib ketgan, qurolli odamlardan qochib, oxirgi kuchi bilan devorga suyangancha nafas olmoqda.

U endi umid yo‘qligini his qilayotgandek.

Jin kiradi. U endi odam emas — zulmat timsoli. Yuzida o‘sha mashhur sovuqlik, ammo bu safar undan rahm emas, nafrat oqib turardi.

Jin: — Qarang, mening eng katta dushmanim qanday qulab tushgan. Do‘stlaring o‘ldi. Endi sen ham tugaysan. Bu men uchun yakun emas, bu men uchun QASOS.

Kira: — Jin... bu senga hech qachon tinchlik olib kelmaydi.

Jin: — Menga tinchlik kerak emas.

U pichoqni chiqaradi. Shu payt... to‘satdan — devor portlaydi.

BOOOOM!

Tutun ichidan Taehyung chiqadi. Yaralangan, ammo ko‘zlarida olov. U avtomat bilan Jinning soqchilarini yo‘q qiladi va Kirani himoya qilish uchun o‘zini o‘rtaga tashlaydi.

Taehyung: — Kira, men seni yolg‘iz tashlamayman. Qachonlardir aytganman, esingdami? “Agar men o‘lsam ham, seni tirik olib chiqaman” deganman!

Jin kuladi, pichoq bilan unga tashlanadi. Ular o‘rtasida shiddatli kurash boshlanadi. Har bir zarba — yillar davomida yig‘ilgan og‘riq, xiyonat va qasos aralashmasi.

Ammo Jin kuchliroq chiqadi. U Taehyungni yengadi, pichoqni yuragiga suqadi.

Taehyung (pichirlab, oxirgi nafasda): — Uni... qutqar...

Kira qichqiradi. Jin yana unga yaqinlashadi, ammo…

TOVUSH. QADAM TOVUSHLARI.

sekin buriladi — qorong‘ulik orasidan FELIX chiqib keladi. Uning qiyofasi o‘zgargan. Yuzida chandiqlar, ammo ko‘zlarida yashin.

Felix: — Kira uchun qaytdim. Endi sen, Jin... tugading.

Felix va Jin o‘rtasida so‘nggi jang boshlanadi. Ular bir-biriga kuchli zarbalar berishadi. Jin yengilmaydi. Ammo Felix unga o‘zining maxsus pichog‘i bilan bo‘yin tomirini kesib yuboradi. Jin hushidan ketadi, yotadi.

Felix Kirani bag‘riga bosadi. Kira yig‘laydi, lekin bu safar... bu umid yoshi edi.


Bir necha hafta o‘tib. Tog‘lar orasida kichik bir uy. Felix va Kira birga. Kira oynadan qarab, uzoqni ko‘zlaydi. Uning orqasida Felix qo‘lini yelkasiga qo‘yadi.

Felix: — Hali ham qorong‘ilikda yurmoqchisanmi?

Kira asta boshini chayqaydi.

Kira: — Endi emas. Endi men... yashashni tanladim.

Felix jilmayadi.

Oradan 7 yil oti
X: onajon bu kimlarni qabri
Kira: Bu mening eng yaqin dustalimni qabri Tanish Bu Minsu bu judda mehribon ammo qattil bolgan men uchun judda aziz endi Oz sevgisi uchun jonidan Kechgan Bu Jimin amakin judda kelishgan va yoqimtoy edi Minsu holeni sevgilis ehhh men ohiri yahshili bln tugedi db oylagandm
Bu esa Namra meni jonim dugonam judda chiroyli mn uchun Oz jonini bergan meni qutqarish uchun Bu esa Suga Namra holeni eri u judda kelishgan va seryozni inson edi Namra olganidan song aqldan ozib qoldi va qasd olgan .....
Onajon: bu kimi qabri
Kira: bu haligi bu meni birinchi sevgim Taehyung bu ham mn uchun olgan uni judda qattiq sevganmn ammo oziga aytomagan ahhhh
Qizim endi bular biln tanishdin yoqdimi
Namra: ha onajon yoqdi ashunchun ismimi Namra qoyganmisz
Kira: ha
Felix: Azizm kettik oʻgʻlimiz kutib qoldi kettik
Kira: albatta sevgilim ketik
Kira: HAYR DOSTLARIM

Final

DARCROMANCE

Hammaga rahamat

#Kira 🖤