Vaqtni toΚ»xtatgan bola
Quyosh allaqachon botishga yaqinlashgandi. Atrofdagi odamlar hech narsa bo'lmagandek yo'llarida davom etishardi.
β Hammasi... tushmidi?.. (Ren)
Cho'ntakdan eski kumush soat chiqdi.
Renning yuragi tez ura boshladi.
β Axir... bu o'sha soat-ku... (Ren)
Soatning millari o'z-o'zidan aylana boshladi.
Ichida bitta jumla yozilgan edi.
Ren hayrat bilan yozuvga tikilib qoldi.
Shu payt orqasidan sovuq ovoz eshitildi.
β Nihoyat seni topdim. (???)
Qora plash kiygan, yuzi niqob bilan yopilgan yigit devor ustida turardi.
Faqat uning moviy ko'zlari ko'rinardi.
β Hozir ismimni bilishing shart emas. (???)
Uning nigohi Renning qo'lidagi soatga tushdi.
β Demak... u seni tanlabdi. (???)
β Nima deganing? Bu oddiy soat emasmi? (Ren)
β Oddiy soat vaqtni to'xtatolmaydi. (???)
Renning nafasi ichiga tushib ketdi.
β Demak... kecha ko'rganlarim rost edi... (Ren)
β Bu hali boshlanishi, xolos. (???)
Ko'k yuzida ingichka qora yoriq paydo bo'ldi.
Ajablanarlisi, atrofdagi odamlar uni umuman ko'rmayotgandi.
β Nega hech kim bunga qaramayapti? (Ren)
β Chunki uni faqat Vaqt Egalari ko'ra oladi. (???)
Qora yoriq asta-sekin kengaydi.
Ichidan uzun qora qo'l chiqdi.
Oradan bir necha soniya o'tmay, yuzi yo'q, butunlay qora mavjudot yerga sakrab tushdi.
Uning tanasidan muzdek havo taralardi.
β Ular odamlarning umrini o'g'irlaydi. Vaqti tugagan inson bu dunyoda hech qachon yashamagandek izsiz yo'qoladi. (???)
Mavjudot birdan Ren tomonga otilib keldi.
Ren qochishga ham ulgurmay qoldi.
Shu zahoti cho'ntak soati yorqin nur taratdi.
β Uch soniya! Faqat uch soniyang bor! (???)
Ren vahima ichida atrofga qaradi.
Yo'l chetida zang bosgan temir quvur yotardi.
Ren mavjudotning boshiga qattiq zarba berdi.
Vaqt yana harakatlana boshladi.
Keyin qora tutunga aylanib, ko'zdan g'oyib bo'ldi.
β Men... uni yengdimmi? (Ren)
β Bu eng zaiflaridan biri edi. Asl dahshat hali boshlanmagan. (???)
Qora yoriq avvalgidan ham kattalashayotgan edi.
β Agar bu yoriq ochilib ketsa... vaqtning o'zi parchalanadi. (???)
U oddiy o'quvchi emasligini endi tushuna boshlagandi.
Shu payt qora plashli yigit niqobiga qo'l uzatdi.
β Endi ismimni bilishga haqqing bor... (???)