Vaqtni toΚ»xtatgan bola
Shahar yana odatdagi hayotiga qaytgandi.
Mashinalar yo'llarda harakatlanar, odamlar ishiga shoshardi.
Go'yo hech qachon Vaqt Urushi bo'lmagandek.
Ren parkdagi o'rindiqda yolg'iz o'tirardi.
U cho'ntagidan eski soatini chiqardi.
Na millari harakatlanardi, na yorug'lik taratardi.
Kael uning yoniga kelib o'tirdi.
β Ha... Sen Chronos Yuragini saqlab qolding. (Kael)
β Endi men oddiy odamman. (Ren)
β Balki shu yaxshidir. (Kael)
Shu payt Renning telefoni jiringladi.
Onasi qo'ng'iroq qilayotgan edi.
β Qayerdasan? Kechki ovqat tayyor. (Onasi)
Oradan bir necha soniya o'tib, Kael sekin o'rnidan turdi.
β Men ketishim kerak. (Kael)
β Vaqt Qo'riqchilari endi kerak emas. Bizning vazifamiz tugadi. (Kael)
β Rahmat... Hammasi uchun. (Ren)
β Yo'q... Rahmatni men aytishim kerak. (Kael)
Birdan havoga aylanib g'oyib bo'ldi.
Onasi ovqat tayyorlayotgan, televizor esa yangiliklarni ko'rsatayotgan edi.
Ren xonasiga kirib, eski soatini stol ustiga qo'ydi.
Stol ustidagi soatning soniya mili...
β Bu... qanday qilib?.. (Ren)
Soat qopqog'i o'z-o'zidan ochildi.
Ichida bitta yangi yozuv paydo bo'lgan edi.
Shu lahzada deraza ortida qora siluet paydo bo'ldi.
β Nihoyat seni topdim... (Sirli kishi)
Lekin tashqarida hech kim yo'q edi.
Faqat yerda bitta qora pat yotardi.
Pat bir lahzada kulga aylanib ketdi.
Uzoqda, bulutlar orasida juda ingichka qora yoriq yana paydo bo'layotgan edi.
Ren buni ko'rib faqat bitta gapni aytdi.