Vaqtni toΚ»xtatgan bola
Chronos Yuragidagi yoriqlar tobora kattalashardi.
Har bir yoriq bilan ibodatxona larzaga kelardi.
Chronosning oxirgi so'zlari uning xayolidan ketmasdi.
"Uni faqat tanlov bilan to'xtatish mumkin."
Kron yana Chronos Yuragi tomon yugurdi.
β Nihoyat... hammasi tugaydi! (Kron)
β Men bunga yo'l qo'ymayman! (Kael)
Bu safar zarba shu qadar kuchli ediki, ibodatxonaning tomi butunlay qulab tushdi.
Ren esa joyidan qimirlamay turardi.
β Tanlov... qanday tanlov?.. (Ren)
Shu payt qo'lidagi cho'ntak soati o'z-o'zidan ochildi.
Ichida avval bo'lmagan yozuv paydo bo'ldi.
Renning ko'zlari katta ochildi.
β Demak... narx shumi?.. (Ren)
Noma'lum mavjudot sekin bosh irg'adi.
β Chronos Yuragini muhrlash uchun bitta Vaqt Egasi o'z kuchidan butunlay voz kechishi kerak. (Noma'lum mavjudot)
Kael bu gapni eshitib baqirdi.
β Yo'q! Ren, buni qilma! (Kael)
β Demak, afsona rost ekan... (Kron)
Va qulab borayotgan ibodatxona...
Agar u hech narsa qilmasa, hammasi tugardi.
β Men tanlovimni qildim. (Ren)
Ren cho'ntak soatini ikki qo'li bilan ushladi.
β Men kuch uchun kurashmaganman. Men odamlarni himoya qilish uchun kurashganman. (Ren)
Soat oltin rangda porlay boshladi.
Chronos Yuragi ham xuddi shu nur bilan javob qaytardi.
Ikki nur bir-biriga qo'shildi.
β To'xta! Agar buni qilsang, boshqa hech qachon Vaqt Egasi bo'la olmaysan! (Kron)
β Balki shunday bo'lishi kerakdir. (Ren)
U soatni Chronos Yuragiga qo'ydi.
Shu zahoti butun ibodatxona oppoq nurga to'ldi.
Hech kim hech narsani ko'ra olmay qoldi.
β "Rahmat, Voris..." (Chronos)
Osmon yana moviy tusga kirgan.
Qo'lidagi cho'ntak soat esa endi oddiy, ishlamaydigan eski soatga aylangandi.
Orqasidan Kaelning ovozi eshitildi.
Uning nigohi osmondagi bitta qora nuqtaga qadalgan edi.