July 29

Vaqtni toΚ»xtatgan bola

.Epizod 15
By: Senpai

Soatning So'nggi Tiki

Oradan bir hafta o'tdi.

Shaharda hayot yana iziga tushgandi.

Ren ham odatdagi hayotiga qaytgandek edi.

Maktab...

Do'stlar...

Uy...

Ammo stol ustidagi eski cho'ntak soati har kecha bir marta jiringlardi.

Tik...

Faqat bir marta.

Va yana jim bo'lardi.

Ren buni hech kimga aytmadi.

Bir kuni kechqurun u yana soatni qo'liga oldi.

β€” Nima demoqchisan?.. (Ren)

Birdan soatning qopqog'i ochildi.

Ichidagi yozuv yo'qolgan edi.

Uning o'rniga bitta sana paydo bo'ldi.

"7 yil oldin."

Ren yozuvga tegishi bilan ko'z oldi qorong'ilashdi.

...

U o'zini eski soat minorasi oldida ko'rdi.

Yomg'ir yog'ardi.

Atrofda hech kim yo'q edi.

Birdan tanish ovoz eshitildi.

β€” Nihoyat uyg'onding. (Kael)

Ren ortiga o'girildi.

Kael yoshroq ko'rinardi.

Uning qarshisida esa yana bir bola turardi.

Taxminan o'n yoshda.

Ren asta-sekin yaqinlashdi.

Keyin yuragi to'xtab qolgandek bo'ldi.

O'sha bola...

O'zi edi.

β€” Bu... menman... (Ren)

Yosh Ren qo'lidagi eski cho'ntak soatni ushlab turardi.

Kael tizzalab uning oldiga o'tirdi.

β€” Uni yaxshi asra. Bir kun kelib bu soat butun dunyoni saqlab qoladi. (Kael)

Kichkina Ren bosh irg'adi.

Shu lahzada hozirgi Ren hammasini tushundi.

Soatni tasodifan topmagan ekan.

Uni Kael yillar oldin ataylab Renning qo'liga bergan ekan.

Demak...

Boshidan oxirigacha hammasi taqdirning bir qismi bo'lgan.

Ren yana hozirgi vaqtga qaytdi.

Qo'lidagi soat asta-sekin mayda yorug'liklarga aylanib yo'qola boshladi.

Ren uni mahkam ushlamoqchi bo'ldi.

Ammo kech edi.

Soat butunlay g'oyib bo'ldi.

Kaelning ovozi so'nggi marta eshitildi.

β€” Rahmat... Vaqt seni tanlagani bejiz emas edi. (Kael)

Ren sekin kulimsiradi.

β€” Yo'q... Men vaqtni tanladim. (Ren)

U derazani ochdi.

Tong otayotgan edi.

Quyoshning ilk nurlari shaharni yoritdi.

Ren chuqur nafas oldi.

Bu safar qo'rquv yo'q edi.

Faqat xotirjamlik.

U osmon sari qarab pichirladi.

β€” Xayr... do'stim. (Ren)

Shamol esdi.

Va uzoqdagi eski soat minorasidan bitta ovoz yangradi.

Tik...

Bu safar u yangi urushning emas...

Yangi hayotning boshlanishi edi.

β€” TAMOM β€”