Flame of Passion
Baxt... O'zi nima bu? Pulmi? Tinchlikmi? Yolg'izlikda bo'lgan osoyishtalikmi yoki yoningda boʻlgan bir insonmi?
Ba'zilar baxtni katta orzular bilan bog'laydi. Ba'zilar esa uni oddiy bir kulgi, bir chashka issiq choy, yoki kimningdir nigohida topadi.
Ammo baxtga erishish – hech qachon oson bo'lmagan. Ko'pincha u og'riq, kurash, va yo'qotishlar ichidan chiqadi.
Yoningda kimdir borligi – bu baxtning o'zi emas. Balki uni asrash uchun sinovdir.
Baxt, aslida topilmaydi. U yaratiladi.Va har kimning baxti – o'ziga bog'liq.
Qorongʻu va zax xona ichini lipillab yonayotgan chiroq bazo'r yoritardi. Xona ichi dim va qon hidiga to'lgandi. Devorlarda turli xil qiynoq asboblari osilib turardi. Yerda toʻkilib qurib qolgan eski qon izlariga yangi qon izlari toʻkilgan edi. Xona o'rtasida Taeyang stulga bogʻlangan holda oʻtirar, Taehyung esa uning ustida turib tanasi va yuzlariga tinimsiz musht tushirardi. Kechagi avtohalokatdan olgan jarohati yetmagandek, Taehyungning kuchli zarbalari uni chalajon axvolga keltirdi. Yuzi esa tanib bolmas darajada abgor axvolga kelgan, boshi va ogʻzidan tinmay qon oqardi.
–Sen ablax menga tegishli insonga suiqasd qilmoqchi bo'ldingmi? Gapir lanati! – uning har bir soʻzi gʻazabdan yangradi.
–M..men faqat vazifamni bajar..dim – ogʻriqdan yuzi burishib zoʻrgʻa gapirdi. Uning bu gapidan keyin Taehyung hech ikkilanmasdan uni otib tashladi. Yuzida hech qanday ifoda yoʻq edi.
–Endi navbat xo'jayiningga – dedi.Soʻngra ustidagi qonlardan halos boʻlib, toza kiyim kiydi. Omborxonadan chiqib, mashinasiga o'tirayotganda Yejun uni toʻxtatib qoldi.
–Janob, kompaniyada bir ikki hujjatda muammo bor ekan. Shunga oʻzingiz bormasangiz bo'lmaydi.
–Aytganingizdek uyni yaxshi qo'riqlayapmiz
*Ertalab uygʻonganimda yonimda Taehyung yoq edi. Menga indamasdan ketib qolganiga biroz ranjidim. O'rnimdan turmasimdan oldin xizmatkor ayol kirib, Taehyungni zarur ish bilan ketganligini, kechga yaqin kelishini aytdi. Men yengil bosh chayqab qo'ydim. Keyin u xonani tark etdi. Men esa yalangʻoch tanamni ko'rpaga o'rab asta oʻrnimdan turdim. Lekin ostimdagi kuchli og'riq sabab ingrab, bukchayib qoldim. Og'riq oʻtib ketgach hammom tamon yurdim. Yaxshilab yuvinib, garderobga kirdim. Garderobda juda chiroyli kiyimlar bor. Taehyungni didi yomon emas. Meni harid qilishga olib bormagan bolsa ham ozi men uchun juda kop kiyim buyurtiribdi. Hammasi juda chiroyli va nafis. Yana kiyimlar orasida tungi kiyimlar borligini ham ko'rdim. Umuman olganda bularni kiyim deb boʻlmasdi. Ularning hammasi toʻrli va juda ochiq edi. Uyga Taehyungdan boshqa erkak kirmasdi. Shuning uchun koʻzimga yopiqroq ko'ringan tungi kiyimni kiyib pastga tushdim. Allaqachon nonushta tayyor edi. Nonushta qildim, Taehyung menga uyni barcha joyini koʻrsatgan bo'lsa ham yana bir marta aylanib chiqdim, xizmatkorlar bilan suhbatlashdim. Lekin ich-ichimdan gʻalati bir tuygʻu o'tar, hayolimda esa faqat va faqat "men hato qilmadimmikan? Bundan afsulanmasmikanman?" degan savol qiynardi. O'zimni chalgʻitishga boshqa narsa haqida o'ylashga koʻp bora urindim, lekin foyda bermadi. Bu oʻy-hayollardan charchab xonamga chiqib yotdim.
Bu orada Jaemin ham uning buyrgʻisiz oʻzboshimchalik qilgan odamlarini boshqalarga oʻrnak boʻlsin deb hammani koʻz oʻnggida vaxshiylarcha qiynadi. Bittasini chap oyogʻini tepib sindirdi. Erkak jon holatda dod-voy solardi. Ikkinchisining esa ikkala qoʻlining tirnoqlarini uchli qaychi bilan birma-bir sugʻurib oldi. Erkakning qoʻllari qon talash axvolga keldi. Har bir tirnogʻi qoʻporilganda qattiq baqirib yigʻlardi. Qoʻriqchilar va xizmatkorlar bu erkaklarning axvolini koʻrib dagʻ-dagʻ titrashardi. Soʻng Jaemin belidagi qurolini olib bittasini peshonasiga tirab otib tashladi. Navbat ikkinchi erkakga kelganda, oʻsha erkak yalinib yigʻlashni boshladi.
–Iltimos qilaman janob un.... – gapi oxiriga yetmasidan Jaemin qurolni uning ogʻziga tiqdi.
Erkakning ovozi faqat gʻoʻgʻillashga oʻxshab chiqardi. Jaemin bir soniyani boy bermasdan uni ham otib tashladi. Ikkala erkakning ham tanasi joni chiqguniga qadar titradi. Oq marmardan boʻlgan pol esa ularning qizil qoni bilan belandi.
–Hamma meni diqqat bilan eshitsin! Kimda kim mening buyruqlarimga qarshi chiqib, ortimdan ish qilsa, uni bundanda ayanchli ahvolga solaman! Tushunarlimi?! – uning ovozi gʻazab va ogohlantirish bilan yangradi.
–Tushundik janob Jaemin! – barcha hizmatkor va qoʻriqchilar baravariga gapirib boshlarini egishdi.
Jaemin barchaga sovuq va oʻtkir nigoh bilan bir koʻz tashlab, oʻz xonasiga koʻtarildi. Boshidagi kuchli ogʻriqqa chidolmay, boshidagi doktor bogʻlagan bogʻichni yechib tashlab, oʻzini yotoqqa tashladi.
*Men qasos olishim kerak. Otamni oʻldirganingni javobsiz qoldirolmayman Taehyung. Lekin... lekin sendan qasos olaman deb Yonsuga zarar berib qoʻysamchi? Uh... Nima qilsam ekan. Lekin men shunday qilaman-ki, seni sindiraman... Na yashaysan va na oʻlasan! Tirik murda boʻlasan! – uning ichida alam, gʻazab va qasos alangalanardi. Shuningdek koʻp yillik sof sevgisi ham.
Kim Industries kompaniyasida ishlar qizgʻin kechardi. Xodimlarning barchasi oʻz ishlariga masuliyat bilan yondoshib, diqqat bilan ishlashardi. Xodimlarning xonasidan faqatgina qogʻozlarning shitirlashi, klaviaturaning va printerning past ovozi eshitilardi. Eng yuqorigi qavatda, Taehyung xonasida hisobotlarni koʻzdan kechirardi. Uning yuzidan charchagani yaqqol sezilib turardi. Shunday boʻlsada u tez ishlarini bitirib oʻz sevgilisini yoniga borib, dam olishni istardi. Shu payt eshik ochilib, xona ichida ogʻir qadam tovushlari yangradi. Taehyung hujjatlardan boshini koʻtarib eʼtiborini xona ichidagi odamga yoʻnaltirdi.
–Xush kelibsiz janob Kim – o'rnidan turib, u tomon yurdi.
–Xush vaqt bo'l o'g'lim – deb Taehyungni yengil bag'riga bosdi.
–Bu yerga sizni qaysi shamollar uchirdi? To'g'risi kutmagandim – Janob Kim bilan birga divanga o'tirishdi.
–Ko'rib turibman, band ekansan lekin ko'p vaqtingni olmayman. Senga muhim gapim bor – orqasini divanga suyab, o'tkir nigohlar bilan Taehyungga qaradi.
–Qanday gap ekan? Qulog'im sizda – ichida chalkashlik paydo bo'lsa ham, o'zini jiddiy qiyofasini yo'qotmadi.
–Bilasan... men qariyapman. Bir kun men ham bu dunyoni tark etaman. Shuning uchun men ko'zim ochiqligida seni to'yingni va nabiramni ko'rishni istayman - deb to'xtadi. Taehyung otasini keyingi so'zlarini eshitish uchun sukut saqladi. Janob Kim bir chuqur nafas olib gapida davom etdi.
–Mafia ishlarida hamkorim bo'lgan Janob Minning qiziga uylanasan – uning gapi xonada aks sado berib, qotib qoldi.
Taehyung otasining bu gapidan tanasiga sovuqlik urilganini his etdi. Ichida nimadir g'alayon ko'tardi. Otasining gapiga qarshi chiqa olmaydi. U ikki o't orasida qoldi... nafasi siqildi... ko'z oldida Yonsu gavdalana boshladi. U uni zulm, qayg'u, dard-alam girdobidan olib chiqgandi. Endi yana uni o'sha g'am-qayg'u to'la dunyosiga tashlab ketadimi?
Taehyungni borgan sari nafasi siqilardi. Miyasida turli o'y-hayollar aylanardi. U juda ko'p o'yladi, lekin bir to'xtamga kela olmadi. Boshini asabiy siqib, o'tkir nigoh bilan otasiga yuzlandi.
–Men rozi emasman. Siz aytgan qizga uylanmayman! – uning so'z ohanggi jiddiy edi.
Kutgan javobini olmagan janob Kimning yuz ifodasi qoraydi. G'azabdan jag'i qisilib, ko'zlaridan o't chaqnadi.
–Sen meni rayimga qarshi bora olmaysan Taehyung! Sen mening buyruqlarimga so'zsiz itoat qilishing, istaklarimni bajarishing kerak! Chunki men seni dunyoga kelishingga sababchi bo'lgan otangman! – har bir so'zi g'azabdan, yurakni yoradigan ohangda yangradi.
–Ha, siz meni otamsiz. Sizni buruqlaringiz va istaklaringizga so'zsiz itoat qildim. Lekin... men Janob Minning qiziga uylanmayman! – uning so'zlari dadil va jiddiy yangradi.
Janob Kim o'g'lining ko'zlariga boqib, uni fikridan qaytmasligini tushunib, hech bir so'zsiz xonani tark etdi. Taehyung orqasini divanga tashlab, ko'zlarini asabiy yumdi.
*Bugun juda charchadim. Kuni bilan hujjatlardan boshimni ko'tarmasdan ishladim. Buniga ustiga dadam meni u hohlagan qizga uylanishimni hohlayapti. Men qushchamdan boshqa hech kimga uylanmayman. Hech kim u kabi bo'la olmaydi, hech kim u kabi meni tinchlantira olmaydi. Hech kim u kabi jozibali va maftunkor bo'la olmaydi... Jin ursin! Men uni hohlayman!
Taehyung hayollar og'ushidan chiqib, barcha ishlarini tez tugatib, qushchasining yoniga shoshildi. Darvozadagi qoʻriqchilar Taehyungni mashinasini koʻrishlari bilan unga yoʻl ochishdi. Taehyung mashinadan tushib, toʻgʻri uyga kirdi. Xonasiga chiqish uchun zinalar tomon qadam tashlarkan, mehmonxonadan Yonsuning kulgan ovozi eshitildi. Taehyung lab chetida kulib mehmonxonaga kirdi. Mehmonxonada Yonsu komedik kino korib oʻtirardi. Qoʻlida qulupnay bilan toʻldirilgan idish, egnida qora rangli tungi koʻylak bor edi. Taehyung Yonsuni boshdan oyoq analiz qilarkan, ogʻir yutunib qoʻydi.
–Qushcha nima qilyapsan? – asta yurib borib divanga oʻtirdi.
–Kino koʻryapman. Hohlasangiz birga koʻramiz – mayin tabassum qildi.
–Men sen bilan gaplashmoqchiman – Yonsuni belidan ushlab tizzasiga oʻtirgʻizdi.
–Ayt-chi nega kecha uydan chiqma desam ham, uydan chiqib ketding – tungi koʻylagidan koʻrinib turgan sonlarini mayin silab gapirdi.
Yonsu biroz sukut saqladi. Koʻzlariga yigʻilgan yoshlarni tiyib gapirishni boshladi.
–Aslida kecha men uydan ketmoqchi emasdim. Lekin meni shifoxonaga chaqirishdi. Ustozim doktor Lee menga qoʻngʻiroq qilib, dadamni ogʻir ahvolda olib kelishganini aytdi. Buni eshitib men ikkita qoʻriqchi bilan shifoxonaga bordim. U yerga borganimda dadamni operatsiya qilishyotgan ekan. Oyim va akam meni koʻrib meni shifoxonadan haydab chiqarishmoqchi boʻlishdi. Boshida nega bunday qilishganiga tushunmadim. "Men dadamni yonida qolmoqchiman, ulardan havotirdaman" deganimda akam menga qarab oʻshqirib ketdi. U menga "Dadam sening dadang emas! Sen bir yetimchasan halos. Seni uyimizni oldiga tashlab ketishgan, keyin esa buvim seni asrab olganlar. Sen hech qanaqasiga bizga qondosh emassan" dedi. Shu payt men oʻzimni yoʻqotib qoʻydim. Yuragim juda ogʻridi. Hech narsaga tushunmasdim. Miyam chalkashliklarga toʻlib ketgandi. Soʻng qabristonga buvimni qabriga bordim... Keyin esa siz keldingiz bori shu – Yonsu gaplarini tugatib Taehyungga qaradi.
–Qulupnaydan yeb koʻring, juda mazali – idishdan bitta qulupnay olib Taehyungga tutdi.
–Rostdanmi? Unday boʻlsa oʻzing yedir – qulupnayni Yonsuni qoʻlidan olib ogʻziga soldi.
–Chayna va keyin meni oʻp! – Yonsuni oyoqlarini beliga oʻrab oʻziga yanada yaqinroq tortdi.
Yonsu ogʻzidagi qulupnayni asta chaynarkan, nima qilishni bilmay jim oʻtirardi. Soʻng Taehyung uning sochlari orasidan qilarini oʻziga yaqin tortib lablarini birlashtirdi. Boshida mayin va ehtirosli olinayotgan boʻsa asta qoʻpollasha boshladi. Taehyung huddi och boʻridek Yonsuni lablarini shimib, tishlab tortib uning pastki labiga tishlarini qattiq botirdi. Yonsu sekin ingrab yubordi. Paytdan foydalanib Taehyung tilini uning ogʻziga kiritdi. U shunday boʻsa olardi-ki Yonsuni suv kabi yutub yuborayotgandi. Boʻsa olayotgan payt Taeni qoʻllari bosh turmasdan, bir qoʻli Yonsuning oppoq sonini silar, ikkinchisi esa koʻkraklarini oʻynardi. Taehyung boʻsani buzmasdan xonasiga koʻtarildi.
Eshikni oyogʻi bilan ochib, toʻgʻri yotoq tomon yurdi. Yonsuni yotoqqa irgʻitib, egnidagi kiyimini yechib xonaning bir burchagiga otib yubordi. Keyingi soniyalarda labini Yonsuni boʻyniga bosib, qulogʻi ostida ehtirosdan boʻgʻilgan ovozda shivirladi.
–Bugun menga qaynoq tun tuxfa et qushcha!