Blood & Desire
Quyosh ufq yuzini tark etib, oʻz oʻrnini oyga boʻshatib bergan mahal Nail uni kelishini kutayotgan katta qoʻrgʻon oldida toʻxtadi. Bu katta qoʻrgʻon baland devor bilan oʻralgan boʻlib, har burchagida xavfsizlik kameralari mavjud edi. Qoʻrgʻon ichida butun bir armiya kabi tish tirnogʻigacha qurollangan qotillar turishardi.
Bu yollanma qotillarning hammasi oʻz rahbarini ohirgi nafasigacha himoya qilish uchun yigʻilishgandi. Ularning har biri mohir yollanma qotil boʻlsada Nailni oldida ularning kuchi sezilmasdi.
Nail asta uyning yon tomonidagi devorga maxsus asboblar yordamida chirmashib, qoʻrgʻon ichiga kirishga muvaffaq boʻldi. U huddi sharpa kabi havoga singib hech kimga bildirmay uyning ichiga kirdi. Uy ichida sas-sadosiz oʻz oʻljasi tomon borarkan, uy ichida qoʻriqchilik qilayotgan bir qotil uni payqab qoldi.
Qotil sheriklariga habar berish uchun ogʻiz juftlagan ham edi, Nail unga qarata oʻtkir tigʻli pichoqni otdi. Pichoq qotilning toʻgʻri borib tomogʻiga sanchildi. Qotilning nafasi tomogʻiga sanchilgan pichoq tufayli qisqa hirrillash bilan chiqdi, tomogʻidan qon favvora kabi otilib chiqib, tanasi yerga gursillab yiqildi. Nail yana boshqa qotillar uni kelganini sezib gʻimirlab qolmasliklari uchun yon tomonidagi xonaga jasadni yashirdi.
U tepa qavatga ogʻir qadamlar bilan yuqorilarkan uning yuzida hech qanday ifoda yoʻq edi. Huddi bu ish u uchun bir oʻyindek edi. Nail uchinchi qavatga olib chiquvchi zinalarni ortda qoldirib, oʻz oʻljasining xonasi oldida toʻxtadi. Belidan qurolini olib, ovoz pasaytirgich moslamasini qurol ogʻziga mahkamladi. Soʻnggi soniyalarda eshikni zarb bilan ochib ichkariga kirdi. Ichkarida u koʻrishni hohlagan odam yoʻq edi. Atrofni sinchiklab koʻzdan kechirarkan, divanning tagidan koʻrinib turgan oyoqlarga koʻzi tushdi.
–Park Jihyung! Qoʻrqoq quyonga oʻxshab yashirinmasdan buyoqqa chiq! Men sen bilan quvlashmachoq oʻynash uchun kelganim yoʻq – istehzoli jilmayib oʻljasini chiqishini kutdi.
Jihyung boʻlsa divan tagida koʻzlarini mahkam yumgancha jim yotardi. Uning nafasi tartibsiz, yuragi qoʻrquvdan gursillab urardi. Hech qachon hudoga sigʻinmagan odam bugun tirik qolish uchun ich-ichidan yalinib iltijo qilardi.
Lekin endi buni foydasi yoʻq. Yirtqich boʻri oʻz oʻljasini yemasa ham tishlab, burdalab tashlaganidek Nail ham uni osonlikcha qoʻyib yubormaydi.
–Demak chiqmaysan? Mayli oʻzim chiqarib olaman – kuch bilan Jihyungni oyogʻidan tortib qarshisiga chiqardi.
Jihyung yordam soʻrab baqirmoqchi boʻldi, ammo Nail uni ogʻzini yopdi. Barmogʻini labi ustiga qoʻyib jim boʻlishini buyurdi.
–Park Jihyung sen qilgan xiyonating va Sigma 13 tashkilotining qoidalarini buzganliging uchun oʻldirilasan! Oʻlimingdan oldin aytadigan gaping bormi? – uning soʻzlari hissiz va qandaydir sovuqlik bilan yangradi.
Jihyung endi oʻlim muqarrarligini anglab, qilgan hatosi uchun tavon toʻlashini onggiga singdirdi. Ichidagi qoʻrquvni bosish uchun chuqur nafas olib, titrayotgan labini tishladi. Soʻng oʻzida kuch topib gapirishni boshladi.
–Men hato qildim. Endi esa jazolanaman... Lekin shuni yodingdan chiqarma... Kim Taehyung Sigma 13 hech qachon abadiy hukmron boʻla olmaydi... Hattoki sen ham! Bir kuni Sigma 13 ni tag-tomiri bilan qoʻshib yoʻq qiladiganlar keladi. Mana, men aytdi deysan. Hammangizni boshingizga shunday kunlarni solishadi-ki sizlar butunlay sinasiz! Oʻsha payt sen sen boʻlmaysan! Nail Nail boʻlmaydi! Sen tugaysan... Sigma 13 tugaydi! – oʻzini qanchalik sokin tutishga urinmasin har gapirganida soʻzlari boʻgʻzidan titrab chiqardi.
Nail uning bunday telbanamo gapidan keng tabassum qilib Jihyungni masxara qildi.
–Sigma 13 hech qachon tugamaydi. Eahitdingmi meni..? TUGAMAYDI! – qoʻlidagi qurolini Jihyungni boshiga tirab ketma-ket 3ta oʻq joyladi.
Jihyungni tanasi shilq etib yerga yiqildi. Nail boʻlsa yana oʻzining jiddiy qiyofasiga kirib, yuziga sachragan qonni artdi. Qurol ovozsizlantirilgani uchun qoʻrgʻondagi qotillarning hech biri Jihyungni oʻlganini bilishmadi.
Nailning endigi navbatdagi ishi qoʻrgʻonni kulini koʻkka sovurish edi.
U xonadan chiqib uyning har bir burchagiga soatli bombalarni oʻrnatdi. Eng soʻnggi bombani oʻrnatib, asta uydan chiqayotganda, birdaniga bitta qotil kelib unga hujm qildi. Nail uning hujumiga chap berib, qoʻliga tepdi va qotilni qurolsizlantirdi. Keyingi soniyada esa belidagi oʻtkir tigʻli pichogʻi bilan qotilni soʻyib tashladi.
Bomba soatli boʻlgani uchun Nail iloji boricha tezroq qoʻrgʻondan chiqib ketishi kerak edi. Ammo boshqa qotillar Nailni kelganini payqab qolishdi va chumolidek uning ustiga yopirilib kelishni boshlashdi.
Nail bor kuchi bilan darvoza tomon yugurdi. Lekin hujum qilayotganlarning soni koʻp boʻlgani uchun buni uddasidan chiqa olmadi. Endi esa faqatgina ular bilan kurashish kerak edi. Nail unga tomon kelayotgan barcha qotillarni birma-bir yer tishlatardi. Ularni suyaklarini sindirib, tomogʻidan soʻyib tashlardi.
Qotillar biroz siyraklashgach, u yana darvoza tomon yugurdi. Darvoza oldida turgan qoʻriqchilar tomon aylana shaklidagi uch tigʻli hanjarni otdi. Hanjarlarning biri tomogʻiga, keyingi hanjar kkinchisining toʻppa-toʻgʻri borib chap koʻziga tegdi. Qoʻriqchilardan favvora kabi qon oqib, birin-ketin yerga qulashdi.
Ohirgi soniyalar... va nihoyat Nail darvozadan chiqishga ulgurdi. U qoʻrgʻondan sal nariroqqa borib toʻxtadi va....
Biroz oldin savlat toʻkib turgan bu qoʻrgʻon, ichidagi odamlari bilan birga, bir lahzada kuli koʻkga sovurildi.
Nail yuzida mamnunlik ifodasi bilan alangalanib yonayotgan qoʻrgʻon qarshisida bir necha daqiqa jim turdi. Soʻng topshiriqni bajarganini yetkazish uchun oʻz tashkiloti tomon yoʻl oldi.
Sigma 13 Yollanma Qotillar Tashkiloti
Nail ogʻir qadamlar bilan bino ichiga kirib bordi. Nafasi yengil, yuzida hech qanday ifoda yoʻq edi. Karidorda uni koʻrgan tashkilot a'zolari hurmat yuzasidan taʼzim qilib, yoʻl berishardi. U esa har doimgidek hech narsaga parvo qilmay toʻgʻri Kang Namgilning xonasi tomon yurdi.
Rahbar xonasiga yetib kelgach biometrik skaner Nailning yuzini tekshirib, uning shaxsini tasdiqladi. Soʻng eshiklar asta ochildi. Ichkarida Namgil oʻzining sadoqatli qotillariga maxsus topshiriq berayotgan edi. Nail xonaga kirishi bilan hammaning diqqati unga qaratildi. U hech bir soʻz demay yurib borib, Namgilning qarshisidagi stulga joylashdi.
Sigma 13 Tashkilotidagi Toʻrtta Yetakchi Qotil.
Nail~Kim Taehyung – Kang Namgilning oʻng qoʻli, eng ishonchli va sadoqatli odami. U kamgap, hissiz va nihoyatda xavfli.
Jeon Jungkook – Kang Namgilning chap qoʻli va Nailning eng yaqin doʻsti. Aqilli, sadoqatli va chaqqon. Uni tashkilotda qisqacha JK baʼzida oʻlim sharpasi deb chaqirishadi.
Ruka – Sigma 13 dagi yagona ayol qotil. U chaqqon, hiylakor va xavfli. Ruka Nailni sevadi va unga erishish uchun koʻp harakat qilgan. Biroq barcha urinishlari besamar ketgan. U hozir ham Nailni oʻziniki qilish payida.
Kim Dohyun – Yonsuning ota-onasini oʻldirgan yovuz qotil. U ayollar va boylikka oʻch, jirkanch shaxs. Oʻz manfaati uchun hech narsadan qaytmaydi. Foyda koʻriladigan joyda xoinlik qilishdan ham choʻchimaydi.
Namgil, Nailning usti-boshiga tekgan qon izlariga bir koʻz yugurtirib, mamnunlik bilan kulimsiradi. Bu holat ular uchun allaqachon kundalik hayotning bir qismiga aylangan edi.
–Demak, hammasi a'lo darajada bajarildi, Nail! – yuzida kulgu bor edi, ammo ohangi keskin yangradi.
–A'lo darajada – qisqa va sovuq javob qaytardi.
Namgil yana jiddiy qiyofaga kirib, xonadagi odamlarga chiqib ketishni ishora qildi. Dohyun hammadan birinchi boʻlib xonani tark etdi. Uning ortidan JK ham chiqib ketdi. Ruka esa shoshilmasdan, yengil qadamlar bilan Nailga bir koʻz qisib, ularni yolgʻiz qoldirdi.
Hamma xonadan chiqqach, Namgil oʻtkir nigohlarini Nailga qadadi. Bu qarashlarda sirli, oʻqib boʻlmas hislar mujassam edi.
–Vazifangni yaxshi bajarding. Barakalla! Senga ishonib xato qilmaganim yana bir bor isbotlandi.... Lekin bu uzoq davom etmasligi mumkin – dedi u salmoqli ohangda.
Bu soʻzlardan Nailning qoshlari biroz chimirildi. U rahbarini hammadan yaxshi bilar edi. Namgil bunday gaplarni bejizga aytmasdi.
–Nima demoqchisiz? – yuzida hech qanday ifoda boʻlmasada, ichida havotir uchqunlashga ulgurgandi.
–Bilasanmi? Ayol erkakning zaif nuqtasi. Agar erkak bir ayolni sevsa... u qanchalik qudratli boʻlmasin, aynan oʻsha ayol tufayli hayotiga nuqta qoʻyiladi... Shuning uchun sen hech qachon ayolga koʻngilingni berma! Ayol kishi sen uchun xavf! Hatto oʻlishing mumkin... Meni tushunyapsanmi?! – uning ovozi sokin, ammo ogʻir yangradi.
Bu ilmoqli gaplar Nailning ichidagi xavotirini alangalatdi.
–Mendan nima istaysiz? – stuldan sal egilib, savol berdi.
Bundan Namgilning yuz ifodasi qorayib ketdi. Oʻrnidan sapchib turib gʻazabini sochdi:
–Mendan qachongacha uyingdagi qizni yashirmoqchi eding? Sigma 13 ni obroʻsini yer bilan bitta qilmoqchi boʻlgan odamni qizini uyingda saqlayotgan ekansan. Aslida u ham oʻlishi kerak edi. Dohyun uni oʻldirmoqchi boʻlganida nega unga qarshilik qilding?!
–Uning aybi yoʻq! U begunoh. Bizga uning zarari tegmaydi – dedi jiddiy ohangda.
–Taehyung! U seni yoningda boʻlishini oʻzigina katta zarar. U allaqachon seni ojiz tomoningga aylanib boʻlgan! Qanday qilib zarari tegmasligi mumkin? – Namgil borgan sari asabiylashar u tom ma'noda Nailni oʻlimdan saqlashga urinayotgandi.
–U meni ojiz tomonim emas. U shunchaki... Shunchaki mening qoʻgʻirchigʻim. Unga nisbatan menda hech qanday tuygʻu yoʻq! – u bu gaplarni aytganiga ishongisi kelmasdi. Chunki haqiqattan ham Yonsu uning ojiz tomoniga aylangandi.
–Kimni aldamoqchi boʻlyapsan Kim Taehyung? Yolgʻon gapirsang ham, koʻzlaring haqiqatni aytyapti – Namgil Nailga yaqinlashib, koʻzlariga tikildi.
–Gapni qisqa qilaman. Yo undan voz kechasan, yo uni oʻldiraman. Qaysi birini tanlaysan? – uning soʻzlari zaharli shivirlashdek, Nailning tanasiga titroq tarqatdi.
Nailning gʻazabdan jagʻ qismi qisildi, koʻzlari olovdek yondi. Tim qora koʻzlari esa tubsiz jarlikga oʻxshab, Namgilni yutib yuborayotgandi.
–Bu mening shaxsiy hayotim rahbar! Siz bunga aralasha olmaysiz! Barcha topshiriqlarni nuqsonsiz bajaryapman. Bundan ortigʻi sizga kerak emas. – Nail qatʼiyat bilan oʻrnidan turdi va javob kutmasdan xonani tark etdi.
Namgil esa uning ortidan jimgina qarab qoldi. U yaxshi bilardi, Nail aytganidan qaytmaydi. Uni bunga majbur qilmoqchi boʻlsa, hech ikkilanmay yoʻq qiladi.
Nail indamay binodan chiqdi va mashinasiga oʻtirib uni katta tezlikda haydab ketdi.
Koʻp oʻtmay u yoʻldan gʻoyib boʻldi.
*Bunday boʻlmasligi kerak... Men uni sevmasligim kerak. Agar yuragimni unga bersam uni oʻldirishadi. Meni deb u halok boʻladi. Men esa farishtamga zarar yetishini istamayman. U juda begʻubor, huddi farishtadek...
Ammo men uni oʻz zulmatimga tortib keldim. Uni qorongʻillikka choʻktirdim.
Uni ozod qilishim kerakmi? Yoʻq... men bunday qila olmayman. Uni ozod qila olmayman. Chunki men oʻz yuragimni unga allaqachon topshirganman.
U xohlasa ham men undan voz kecha olmayman. Hech qachon!
Nail shu qadar hayolga berilgan ediki qanday qilib uyiga yetib kelganini sezmay qoldi. Mashinadan tushib, eshikni ochmoqchi boʻlganida esa qulfi buzilganini payqadi. Koʻzlari chaqnab, darhol uy ichiga otilib kirdi.
Ichkaridagi manzara daxshatli edi. Uy ichida hamma narsa ostin-ustun, yerda siniq shisha boʻlaklari, va xonalar boʻylab qizil izlar.... qon izlari tarqalgan edi. Bu izlar Nailni oshxonaga yetaklab borardi.
Uning har bir qadami ogʻir, har bir nafasi ogʻriqli edi. U yurarkan, hayolidan oʻtgan eng yomon tahminlar yolgʻon boʻlishini istardi.
Ammo oshxonaga kirgan zahoti yuragiga tosh bosilgandek boʻldi.
Farishtasi... u sevgan ayol, qonga belangan holda, hushsiz yotardi...